Maktabgacha ta’lim muassasalarida matematika mashg’ulotlarini tashkil etish usularini
yozing.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning asosiy bo‘g‘inidir. Avvallari bu tizim xalq xo‘jaligining turli
sohalarida mexnat qilayotgan otaonalarning ijtimoiy faoliyati uchun shartsharoit yaratishgagina
xizmat qilgan bo‘lsa, endilikda bolalar bog‘chalari ish mazmuniga qo‘yilgan talablar xam o‘zgartirildi.
Asosiy vazifalardan biri kichkintoylarni maktab bosqichida o‘qishga tayyorlashdir.
Bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilariga ta’lim berishda maktablar o‘quv dasturlariga
yaqinlashtirilgan 12 yo‘nalishli yangi
dasturlar ishlab chiqilgani
, sinovdan o‘tkazilib, joriy
etishga kirishildi.
Bog‘chalarda bu dasturlarni ta’lim jarayonida qo‘llash orqali ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi.
Jumladan, maktab oldiga yangi maqsadlarning qo‘yilishi bilan bog‘chada matematika ta’lim
berish mazmunining tubdan o‘zgarishga olib keldi.
Bog‘cha bolalariga matematikadan samarali ta’lim berish bulajak tarbiyachi maktabgacha
tarbiya yoshidagi bolalar uchun ishlab chiqilgan «Maktabgacha yoshdagi bolalarda
matematika tasavvurlarni shakllantirish» kursini o‘qish
metodikasini egallab
, chuqur
o‘zlashtirib olmog‘i zarur.
Yosh avlodii o‘z xalqi, jamiyati va yurtiga fidoiylik ruhida kelajak taqdiri uchun mas’ullikni
his eta oladigan, boy milliy madaniy merosimiz va qadriyatimizga hurmat va asrab avaylash
ruhida tarbiyalash jamiyatimiz oldida turgan kechiktirib bo‘lmas vazifa ekan, bunda barcha
ta’lim tarbiya ishi bilan shug‘ullanuvchi xodimlardan katta katta ishlarni bajarishni talab
etadi.
1. O’zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash Milliy dasturi (1997 y) uzluksiz ta’limni bir
butun tizimini yaratish vazifasini ilgari surdi va mutaxassislar tayyorlash sifatiga qo‘yiladigan
talablarni yanada oshirdi. Yana shunga bog‘liq holda Respublikadagi pedagogika oliy o‘quv
yurtlaridagi ta’lim tarbiya jarayonini takomillashtirish masalasi dolzarb masalaga aylandi.
Maktabgacha tarbiya mutaxassislarini tayyorlash tizimida «Maktabgacha yoshdagi bolalarda
elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish asoslari va metodikasi» kursi muhim o‘rin
tutadi. So‘ngi yillarda mamlakatimizda bolalar bog‘chasida matematika o‘qitish butun
tizimida o‘z ko‘lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo‘lgan o‘zgartirishlar amalga
oshiridsi.
Maktab oldiga yangi maqsadlarning qo‘yilishi bilan bog‘chada matematik ta’lim berish
mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib keldi.
Bog‘cha bolalariga matematikadan samarali ta’lim berish bo‘lajak tarbiyachi maktabgacha
yoshdagi bolalar uchun ishlab chiqilgan «Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik
tasavvurlarni shakllantirish» kursini o‘qish metodikasini egallab, chuqur o‘zlashtirib olmog‘i
lozim.
2. Bolalar bog‘chasida matematik ta’lim berish metodikaning predmeti quyidagilardan iborat:
1. Matematika o‘qitishda ko‘zda tutilgan maqsadlarni asoslash. Nima uchun matematika
o‘qitiladi, o‘rgatiladi?).
1.
Bog‘chada matematika o‘qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish. (nimani o‘rgatish?). Bolalarga
bilimlar qanday berilganda, bu bilimlar fan, texnika va madaniyatninig hozirgi zamon
rivojlanishi talablariga mos keladigan bo‘ladi.
2.
Matematika bilim berish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o‘qitish kerak?), ya’
ni
bolalar hozirgi kunda zarur bo‘lgan bilimlarni,
malakalarni
, ko‘nikmalarni va aqliy faoliyati,
qobiliyatlarini egallab oladigan bo‘lishlari uchun o‘quv ishlari metodikasi qanday bo‘lishi
kerak? Matematik bilimlarni egallash jarayonida bolalar shaxsining garmonik rivojlanishi va
shakllanishini amalga oshirish uchun qanday o‘qitish kerak?.
1.
Matematik bilim berish vositalarini darsliklar, didaktik materiallar, ko‘rsatma qo‘llanmalar va
texnik vositalarni ishlab chiqish (nima yordamida o‘qitish).
2.
Ta’limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta’limning mashg‘ulotdan tashqari
shakllarini qanday o‘tkazish? Mashg‘ulot ishlarini qanday tashkiliy metodlarda o‘tkazish
kerak? Mashg‘ulot jarayonidagi ta’limiy va tarbiyaviy masalalarni qanday qilib samara
liroq
hal qilish kerak?).
3.
Bolalarga
bilim berish maqsadlari
, metodlari, vositalari va shakllari metodik
tizimning asosiy komponentlaridir.
4.
2. Matematika fani oldida turgan maqsadlar: umumiy ta’lim, amaliy va tarbiyaviy
maqsadlaridan iboratdir.
Umumiy ta’lim maqsadlari:
5.
Bolalarga real olamdagi yuz beradigan eng sodda xodisalardagi miqdoriy nisbatlarni
tushunishga va olamdagi fazoviy shakllarni (joylashishlarini); natural son, geometrik
shakl, miqdor va boshqa tushunchalar abstrakt ammo ular real borliqdagi
predmetlarga xos bo‘lgan bog‘lanish va munosabatlarni aks ettiradigan hajmda
bilimlar berish. Bu bilimlar fazoviy tasavvurlarni rivojlantirishga mantiqiy fikrlay
bilishga yordam berishi kerak.
6.
Matematikani o‘rgatish bolalarda o‘z ona tilida xatosiz so‘zlashga, o‘z fikrini aniq va
ravon qilib bayon eta bilishga o‘rgatishda yordam berishi kerak. Matematikani bayon
etishda sergaplikka yo‘l qo‘yish
mumkin emas
, bunda har bir so‘zni o‘z o‘rnida
ishlata bilish ayniqsa muhimdir.
Maqsad:
7.
1. Bolalarni maktabda asosiy fanlardan bilim olishga o‘rgatish
8.
(shu qatorda matematikadan ham).
9.
2. Yosh bolalarga matematik bilim berish.
10.
Tarbiyaviy maqsadlar: Matematikaga doir bajariladigan ishlar bolalarni boshqa oladigan
bilimlariga qaraganda ko‘proq sabotlikka, tirishqoqlikka, puxtalikka, aniqlikka o‘z fikr va
xulosalarini
nazorat qila olishga
, ayniqsa kuzatish, tajriba va faxmlash asosida aytiladigan
fikrlarining ravon bo‘lishiga e’tibor bera bilishga odatlantiri
sh kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |