Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishlari mumkin.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimlari o'rtasidagi munosabatlar o'zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga xodimlarni ishga qabul qilish belgilangan tartibda tasdiqlanadigan namunaviy shtatlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
Tegishli pedagogik ma'lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega bo'lgan shaxslar davlat maktabgacha ta'lim muassasasida pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |