Tajriba sinov. Pedagogik tajriba sinovi tushunchasi ko‟p qirralidir.
Pedagogik tajribaning keng ma‟nosi – ta‟lim va tarbiya amaliyotidir, ya‟ni
maktabgacha ta‟lim muassasalarida olib boriladigan ta‟lim-tarbiya ishlari qay
darajada amalga oshirilayotganini o‟rganishdir. Pedagogikaning ko‟pchilik
muammolarini hal etish uchun real vujudga kelayotgan ta‟lim-tarbiya jarayonini
o‟rganish, tarbiyachilarning ijodiy kashfiyotlarining nazariy asosda idrok etish va
ishlab
chiqish,
ya‟ni
ilg‟or
zamonaviy
texngologiyalarni,
tajribalarni
umumlashtirish va yoyish g‟oyat katta ahamiyatga egadir.
Tajriba sinovi natijasida, olingan faktik materiallar natijalanadi, sxema,
diagramma, grafikada aks ettiruvchi matematik usul ham qo‟llaniladi. Ekologik
ta‟lim-tarbiyada, tajriba tadqiqotlari olib borishning asosiy usullarini bilish ijodiy
ishlaydigan tarbiyachiga uni qiziqtiruvchi sohada mustaqil ilmiy tajriba sinovining,
izlanishni olib borishda, boshqalarning tajribasini o‟rganish va baholashda yordam
beradi. Bolalar hodisalarni, narsa va hodisalar o‟rtasidagi aloqa hamda
munosabatlarning
sabablarini
aniqlashlari
uchun
elementar
tajribalardan
foydalaniladi, biroq bunda boshqa usullardan (kuzatishlar, evristik suhbat)
foydalanishning imkoni bo‟lmasligi mumkin. Tajriba shartining muhokamasi
tarbiyachi rahbarligi ostida o‟tadi. Tajribaning hamma shartlari tenglashtirilishi va
faqat ulardan bittasi – tajribaning natijasiga ta‟sir etadigan alohida ajratilishi,
bolalarga ko‟rsatilishi hamda ular tomonidan tushuntirilishi lozim. Tajriba uzoq
muddatli qiyoslanadigan yoki qisqa muddatli kuzatish tarzida o‟tkazilishi mumkin.
Uzoq muddatli qiyoslanadigan kuzatishda natijalar kechiktirilganligi tufayli
tajribaning ayrim alohida xarakterli bosqichlari surat (rasm) sxemalarida qayd
44
qilish lozim. Agarda vazifa qisqa muddatli kuzatish jarayonida hal etiladigan
bo‟lsa, tajriba natijalari darhol muhokama etiladi, bolalar bilan birgalikda tajriba
o‟tadigan sharoit analiz qilinadi, natijalar qiyoslanadi, xulosalar chiqariladi. Uzoq
muddatli xarakterdagi tajriba davomida tarbiyachi bolalarning qiziqishlarini sodir
bo‟layotgan o‟zgarishlarga jalb qilib turadi, ularni nima uchun tajriba
o‟tkazilayotganligini anglashlariga olib keladi.
Tajribaning
yakunlovchi
payti
olingan
tajribalar asosida xulosalar
chiqarishdir. Tarbiyachi bolalarni mustaqil xulosalar chiqarishga undaydi.
Tajribalarni tashkil etish jarayonida tirik obyektlarni halok bo‟lishiga olib
kelmaslik, ularning hayotiy muhim ko‟rinishlarini buzmaslik kerak. Shuning uchun
ham sezilarli o‟zgarishlar paydo bo‟lishi bilanoq (masalan, qorong‟i joyda
o‟simliklarning nihollari sarg‟ayadi va yotib qoladi) sharoitni darhol o‟zgartirish
lozim. Tajriba yakunida, o‟zgarishlar aniq bo‟lib qolganda, tarbiyachi bolalarga
o‟simliklarni qiyoslashni va xulosalar chiqarishni taklif qiladi.
45
Do'stlaringiz bilan baham: |