Мактабгача таьлим муассасалари тарбияланувчиларининг ақлий тафаккурини шакиллантиришда инноватцион технологияларнинг ўрни


KASB TA‘LIMI O‗QITUVCHISINING KASBIY KOMPETETLIGINI BAHOLASH



Download 7,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet434/502
Sana22.02.2022
Hajmi7,18 Mb.
#108621
1   ...   430   431   432   433   434   435   436   437   ...   502
Bog'liq
boshlangich toplam

KASB TA‘LIMI O‗QITUVCHISINING KASBIY KOMPETETLIGINI BAHOLASH 
KO‗RSATKICHLARI 
KARIMOVA N.N., ZUPAROVA D.D. TDPU. 
Ta‘lim muassasasining vazifasi talabalarga faqat bilim berish emas, balki ularning shaxsini, bilish va 
yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirishdan iborat. Kasbiy tayyorgarlikka zamonaviy talablar umumiy va kasbiy bilim, 
ko‗nikma va malakalarni yaxlit tizimini, muhim kompetensiyalarni shakllantirishni taqazo etmoqda. Bu xozirgi zamon 
ta‘lim sifatini belgilab beruvchi muhim omillardan biri hisoblanadi.
Keyingi yillarda pedagogika sohasida ―kompetentlik‖, ―kompetensiya‖, ―kompetentli‖ tushunchalaridan tez-
tez foydalanilmoqda. Bu ta‘lim mazmunini isloh qilish zarurati bilan uzviy bog‗liq. 
Umuman, ―kompetensiya‖ va ―kompetentlik‖ atamalari pedagog olimlar tomonidan bir xilda talqin etilmaydi. 
Kompetentlik deyilganda deyilganda ko‗pincha shaxsning integral sifatlari tushuniladi.Ular shaxsning umumiy 
qobiliyatida, uning ta‘lim olish va ijtimoiylashish jarayonida o‗zlashtirigan bilimi va tajribasiga asoslangan faoliyatida 
namoyon bo‗ladi. 
Shunday qilib kompetensiya va kompetentlik tushunchalari bilim, ko‗nikma va malaka tushunchalaridan ko‗ra 
kengroq ma‘noni anglatadi. Chunki ular shaxsning yo‗nalganligi (motivatsiyasi, qadriyatiy yo‗nalishlari), uning 


446 
steriotiplarini yengish, muammolarni his etish, kuzatuvchanlik, fikrlash qobiliyatini; xarakterini – mustaqillik, 
maqsadga intiluvchanlik, irodaviy sifatlarni qamrab oladi. 
Ko‗pgina kasb-hunar kollejlarining rahbarlari bugungi kunda kasb ta‘limi o‗qituvchilari faoliyatiga qanday 
pedagogik talablar qo‗yilayotganligi haqida to‗la tasavvurga ega emaslar. Kasb ta‘limini amalda muvaffaqiyatli joriy 
etish uchun o‗qituvchi qanday bilim va ko‗nikmalarga ega bo‗lishi lozim? Biz tomonimizdan ishlab chiqilgan mezonlar 
kasb-xunar kollejlari uchun pedpgogik kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qiladi, degan umiddamiz. 
Bo‗lajak kasb ta‘limi o‗qituvchisining kasbiy kompetetligini baholash ko‗rsatkichlari 
Ular bilishlari kerak: 
O‗zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‗g‗risida‖ gi qonini va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini, kasbiy 
ta‘lim konsepsiyasi mazmunini;

ta‘limdagi shaxsga yo‗naltirilgan, individual va kompetent yondashuvlarni hamda ularni amaliy 
joriy etishning metodologik asoslari; 

predmetlar bo‗yicha ta‘lim mazmuni (tayanch va kasbiy bilimlarni); 

elektiv kurslarni ishlab chiqish va tashkil etish metodkasini; 

o‗quvchilarning loyihalash va ilmiy – tadqiqot faoliyatini tashkil etish metodikasini. 
Kasb ta‘limi o‗qituvchisi quyidagilarn uddalay bilishi kerak: 

o‗qitishni maksimal darajada individuduallashtirishga yo‗naltirilgan ta‘lim jarayonini loyihalash, 
o‗quvchilarning mustaqil ijodiy faoliyati asoslarini kuchaytirish, tadqiqot faoliyati va ijtimoiy amaliyotini rivojlantirish; 

o‗quvchilar faoliyatini xilma xil shakl va turlaridan foydalanish(loyiha, individual va guruxiy 
shakllari , axborotning turli manbaliri) va tayanch ma‘lumotlari bilan mustaqil ishlash; ijtimoiy amliyot; o‗quv muxitini 
tabaqalashtirish: sinf –o‗quv xonalari, labortoriyalar va boshqalar); 

o‗quv jarayonida o‗quvchilarning bosqichma-bosqich rivojlanishini aniiqlashning yangi shakl, 
metod va vositalaridan foydalanish (bunda o‗quvchilarning o‗ziga xos xususiyalari hisobga olinadi); 

o‗quvchilarning ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda predmetini o‗qitish mantiqini 
qurish; jamoa va har bir o‗quvchining rivojlanish vaziyatini tashxis etish hamda nazorat qilish; o‗quv jarayonida 
uchraydigan qiyinchiliklarni bashorat qilish, ularning sabablarini va bartaraf etilishi yo‗llarni aniqlash; 

o‗quvchilarning axborot larni to‗rlash va tahlil etish byo‗icha amaliy malakalarini shakllantirishga, 
mustaqil ishini qullab quvvatlashga, tajribalarni mustahkamlash va ma‘suliyat bilan faoliyat ko‗rsatishiga , o‗zini o‗zi 
kamol toptirishiga, qadriyatiy yo‗nalishlarining shakllanishiga imkon beruvchi zamonaviy o‗vitish texnologiyalari va 
metodlarini qo‗llash; 

o‗quv jarayonida axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish; 

ta‘limning amaly yo‗nalganligini ta‘minlash, o‗quvchilarda ma‘lum kompetensiyalarni 
shkllantirish (intellektual, kommunikativ, bilish, informatsion, fuqoroviy-huquqiy va boshqalar); 

o‗quvchilarning kasbiy o‗z-o‗zini belgilashga ko‗maklashish. 
Ushbu mezonlar asosida kasb ta‘limini tashkil etish jarayonida o‗qituvchilar duch keladigan qiyinchiliklarni o‗rganish 
mumkin. Olingan natijalar asosida pedagogning kasbiy kompetentligi rivojlantiriladi. 
Ba‘zi mualliflarning fikricha , ―pedagogning kasbiy kompetentligi‖ tushunchasini ―pedagogning kasbiy 
faoliyatga tayyorgarligi‖ tushunchasini ma‘nosini anglatadi. Ularning fikricha, kasbiy kompetentlik o‗qituvchining 
pedagogik faoliyatni amalga oshirishga nazariy va amaliy jihatdan tayyorgarlik darajasini belgilab beradi. 
Pedagogning kasbiy tayyorgarligi tizimi o‗z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: 

psixologik tayyorgarlik; 

ilmiy-nazariy tayyorgarlik; 

psixofiziologik va jismoniy tayyorgarlik. 
Bizning fikrimizcha, ―kasbiy tayyorgarlik‖ va ―kasbiy kompetensiya‖ mezonlari ma‘no jihatidan bir-biriga 
yaqin, ammo aynan teng emas. 
Shunga e‘tibor qratish lozimki, ―kasbiy kompetensiya‖ atamasi bilan bir qatorda ilmiy pedagogik 
adabiyotlarda unga ma‘no jixatdan yaqin bo‗lgan ―professionalizm‖, ―kasbiy mahorat‖, ―malaka‖, ―o‗z kasbining 
ustasi‖ kabi tushunchalar ham qo‗llanib kelinadi. Ko‗p xollarda tadqiqotchilar mazkur atamalar o‗rtasidagi muhim 
farqlarga unchalik e‘tibor qaratishmaydi. Shu bois, ko‗p ma‘noli ―kasbiy kompetensiya‖ tushunchasini tahlil etishda 
qiyinchilikka duch kelinadi. 
Komponentlik yanada kengroq tushuncha – ―pedagogning kasbiy kompetentligi‖ tushunchasining tarikbiy 
qismi hisoblanadi. 
S.M.Vishnyakovning ta‘kidlashicha, kasbiy komponentlik umumta‘lim negizida shaxs va jamiyat uchun 
kasbiy ahamiyatga ega sifatlarning shakllanishi xarakterlaydi. Bu sifatlar esa, insonga mehnatning aniq turlarida o‗zini 
to‗la namoyon etishi uchun imkon beradi. 
Pedagogning kompetentligi tuzilishini tavsiflashda biz uni darajalarga ajratdik (jadvalga qarang). 
Insonning umumiy kompetentligi o‗z ichiga muhim mazmuniy va muhim funksional kompetentliklarni qamrab 
oladi. 
Pedagogning kasbiy kompetentligi deyilganda ma‘lum kasbiy soha bo‗yicha faoliyat ko‗rsatadaigan pedagog-
mutaxassisning tayanch kompetentliklari tushuniladi. (masalan, o‗qituvchi, tarbiyachi, pedagog-psixolog, ijtimoiy 
pedagog, pedagog-defektolog va boshqalarning kasbiy kompetentligi). 
Endi har bir ierarxik bosqich (pog‗ona) haqida qisqacha to‗xtalib o‗tamiz. Insonning umumiy kompetentligi 
darajasida muhim mazmuniy kompenentliklar (qadriyatiy-ma‘naviy, umummadaniy, intelektual, informatsion, shaxsiy 


447 
komillik) va muhim funksional kompetentliklar (o‗quv, ta‘limiy, ijtimoiy-kasbiy va ijtimoiy-rolli) shakllanadi. 
Pedagogning kasbiy kompetentligi darajasida tayanch kasbiy kompetentliklar shakllanadi. Bunda umumiy darajadagi 
muhim kompetentliklarning mazmuniy sohasida kasbiy faoliyat uchun quyidagilar aniqlashtiriladi: qadriyatiy-
motivatsion, madaniy, intellektual-pedagogik, informatsion, kasbiy va shaxsiy komillik. 
Funksional soha muhim kopetentliklar tizimi orqali izoxlab beriladi: diagnostik, prognostik, tadqiqot, 
konstruktiv, tashkiliy, kommunikativ, texnologik va korreksion kompetensiyalar. 
Ushbu kompetentliklarni operatsion kompetentliklar deb ham atash mumkin. Mazkur kompetentliklar 
ro‗yxatini pedagogning faoliyat turlariga qarab tuzish tavsiya etiladi. 
Keyingi daraja (maxsus kasbiy kompetentliklar) uchun muhim mazmuniy (motivatsion, kognitiv va refleksiv) 
kompetentliklarni aniqlashtirish xarakterlidir. Bu bosqichdagi muhim funksional kompetentliklar tizimi pedagog 
faoliyat davomida konkretlashib boradi. 
Shaxsiy kompetentliklarning tarikbiga kirgan kompetensiyalar ham pedagogning oldiga qo‗yilgan vazifalarni 
bajarishi barobarida yanada yaqqolroq ko‗zga tashlanadi. 

Download 7,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   430   431   432   433   434   435   436   437   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish