Мактабгача таьлим муассасалари тарбияланувчиларининг ақлий тафаккурини шакиллантиришда инноватцион технологияларнинг ўрни


BOSHLANG‗ICH TA‘LIM SIFAT VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA



Download 7,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/502
Sana22.02.2022
Hajmi7,18 Mb.
#108621
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   502
Bog'liq
boshlangich toplam

BOSHLANG‗ICH TA‘LIM SIFAT VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA
AXBOROT TEXNOLOGIYALAR 
QURBONOV S.R., Xorazm viloyati XTXQTUMOI. 
Bugungi globallashuv jarayonida ta‘limni tashkil etishda tezkorlik va sifat ko‗rsatkichlariga erishish muhim
ahamiyatga ega. Zero, axborot oqimi tobora shiddatli tus olayotgan ayni vaziyatda yosh avlodni zarur bilimlar bilan 
qurollantira olishga erishish har bir pedagogning kasbiy kompetentligini belgilovchi asosiy mezonlardan biri sanaladi.
Darhaqiqat, XXI asrda axborot texnologiyalariga oid bilimlarga ega bo‗lmay turib hayotiy zarur ko‗nikma va 
malakalarni shakllantirib bo‗lmaydi. Shunga muvofiq zamonaviy ta‘limning maqsad va vazifalari ham o‗zgarib, 
shaxsga yo‗naltirilgan ta‘lim ustuvorlik kasb etmoqda. Bunday yondashuv asosida o‗quvchi shaxsining to‗la 
rivojlanishi, tez o‗zgaruvchan hayotga har tomonlama tayyor bo‗lishini ta‘minlash, mustaqil bilim olish ko‗nikmalari, 
ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ulkan axborot makonida informatsiyani tanqidiy nuqtai nazaridan to‗g‗ri 
izlash, tanlash, mauammolarni nafaqat ko‗ra bilish, balki ularni ifodalash va hal eta olish layoqatini shakllantirish kabi 
vazifalar mujassamdir. 
Bunday talab darajasidagi yosh avlodni kamolga yetkazish uchun pedagoglar nafaqat faoliyatni 
osonlashtiruvchi dasturiy-texnik vositalarni o‗zlashtirishi va amalda qo‗llashi, balki fanga oid intellektual va ijodiy 
masalalarni hal eta oladigan dasturlardan foydalana olishi lozim. 
Har bir fan o‗qituvchisi AKT savodxonligi bilan chegaralanmay, undan ta‘lim samaradorligini oshirish yo‗lida 
oqilona foydalanish metodikasiga ham ega bo‗lishi ya‘ni, darsda kompyuter qurilmalaridan didaktik vosita sifatida 
foydalanish malakasiga ega bo‗lishi zarur. Ammo kompyuter savodxonligiga ega bo‗lish undan amalda samarali 
foydalanilayotganini bildirmaydi. Tahlillar shuni ko‗rsatadiki, savodxonlikka ega bo‗la turib, ba‘zi o‗qituvchilarning 
dars jarayonida AKTdan samarali foydalana olmasligi ta‘lim tizimiga xos muammo. 
Boshlang‗ich ta‘limni modernizatsiyalash, o‗qitish jarayonida innovatsion pedagogik va multimediali 
texnologiyalardan unumli foydalanish, kadrlar salohiyatini oshirishga alohida e‘tiborni qaratgan holda, boshlang‗ich 
ta‘limning sifat-samaradorligini tubdan yaxshilash xalq ta‘limi faoliyatining ustuvor yo‗nalishi etib belgilangan.
Boshlang‗ich sinflardanoq o‗quvchilarning axborot bilan ishlash kompetentsiyalarini shakllantirish 
o‗qituvchidan katta kuch talab qiladi. Chunki kichik maktab yoshidagi bolalalarda ma‘lumotlarni izlash va topish, tahlil 
qilish, asosiylarini ajratish, ulardan foydalanish, uzatish, ma‘lumotlarni xavfsizligini ta‘minlash ko‘nikmalari hali 
shakllanmagan bo‗ladi. Shunga ko‗ra, o‗qituvchi davlat tomonidan qo‗yilgan talab asosida, mavjud axborot 
manbalaridan ya‘ni televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuterdan foydalana olish, media vositalardan 
zarur bo‗lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta‘minlash va 
foydalanishda media madaniyatga rioya qilish, ma‘lumotlar bazasini yarata olish, asosiylarini tanlay olish va ularni 
tahlil qila bilish, kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar ya‘ni oddiy tabriknomalar yoza olish, anketalarni to‗ldirish, 
o‗zi to‗g‘risidagi ma‘lumotlarni qayd eta olish kabilar bilan ishlay olish kompetentsiyalarini shakllantiradi. 
Boshlang‗ich ta‘limda axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslarda o‗quvchilar 
oddiy darslarga nisbatan faolroq ishtirok etadi va darsning samaradorligi oshadi. Darslarda ommaviy axborot 
vositalaridan: ―Bolajon‖, ―Madaniyat va ma‘rifat‖, ―Dunyo bo‗ylab‖, ―Oilaviy‖ kabi TV kanalidagi teleko‗rsatuvlardan 
foydalanib tashkil etish yangicha yondashuvni vujudga keltiradi. 
Ta‘lim jarayonning tarkibini, mazmunini yangilash zamonaviy axborot texnologiyalarni qo‗llash imkonini 
beradi. Buning uchun boshlang‗ich ta‘lim xonalari kompyuter jamlanmasi, DVD pleer, televizor, radio va shu kabi 
texnik vositalar bilan jihozlangan bo‗lishi va ular orqali bolalarning komil inson qilib tarbiyalashga erishish mumkin. 
Kompyuterlashgan ta‘lim texnologiyasi ta‘lim-tarbiya jarayonini ilg‗or vositalar, metodlar, texnik vositalar va 
usullariga tayanib takomillashtirish tizimi hisoblanadi. Bu tizim o‗qituvchi tomonidan yaratiladi va ta‘lim-tarbiya 
bosqichlarini o‗zaro bog‗lashga xizmat qiladi. Uning mazmuni va vazifalarini, maqsadini oldindan belgilash, ta‘lim-
tarbiyaning shakllarini bolalarda shakllantirish ko‗zda tutilgan ma‘naviy sifatlarni o‗zlashtirishga yo‗naltirilgan 
darslarni rejalashtirish kabilarni o‗z ichiga oladi.
Shuningdek, darslarda samarali natijalarga erishish nafaqat kompyuter texnikasi, balki ommaviy axborot 
vositalari materiallaridan foydalanish ham samarali natijalar beradi. Bola har bir teleko‗rsatuvda albatta uni ezgulikka 


25 
yo‗llovchi bir jihatni ko‗radi va unga rioya qilishni o‗rganadi. 
Bugungi kunda boshlang‗ich sinf o‗quvchilarining foydalanishlari uchun respublika multimedia markazi, 
respublika ta‘lim markazi va respublikadagi dasturiy mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar bilan 
hamkorlikda bir qancha elektron resurslar ishlab chiqilgan. Ulardan mashg‗ulot jarayonida foydalanishning samarasi 
juda katta. Ayniqsa, 1-3 sinflar uchun yaratilgan 7 nomdagi multimediali ilovalardan boshlang‗ich ta‘lim o‗qituvchilari 
samarali foydalanishmoqda. 2016 yilda 3-sinflar uchun matematikadan ishlab chiqilgan metodik qo‗llanmaning 
multimedia ilovasida darsning har biriga oid animatsiyalar, trenajyor-mashqlar, o‗quvchilarning bilim, ko‗nikma va 
malakalarni o‗zlashtirish darajasini aniqlovchi test topshiriqlari, mantiqiy masalalar mavjud bo‗lib, dam olish daqiqalari 
uchun mo‗ljallangan videomateriallar ham keltirilgan. Metodik qo‗llanma va multimediali ilovalarda keltirilgan 
materiallar darsga tayyorgarlik ko‗rish, darsni tashkil qilish va o‗quvchilarning bilimini tekshirishda o‗qituvchilarga 
yaqindan yordam beradi, axborot bilan ishlash kompetentsiyalarini shakllanishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, dars jarayonida axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish bolalar 
dunyoqarashini oshishida, axloqiy va ma‘naviy fazilatlarini shakllanishida, ruhan va aqlan sog‗lom bo‗lib voyaga 
yetishishlarida muhim vosita bo‗lib xizmat qiladi.

Download 7,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish