Maktabgacha pedagogika


Maktabgacha ta'limda qo'llaniladigan o'yinlar va ularni tashkil etish



Download 3,99 Mb.
bet37/99
Sana31.12.2021
Hajmi3,99 Mb.
#266234
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   99
Bog'liq
Мактабгача пед.ка. 3-курс мажмуа

Maktabgacha ta'limda qo'llaniladigan o'yinlar va ularni tashkil etish

Ijodiy o'yinlami bolalar o'zlari o'ylab topishadi. Unda oldindan belgi-langan qoidalar boimaydi. O'yin qoidasini bolalar o'zlari o'yin jarayonida belgilashadi. Ijodiy o'yinlarga syujetli-rolli o'yinlar, sahnalashtirilgan o'yinlar, qurilish-yasashga doir o'yinlar kiradi.



Syujetli-rolli o'yin o'z xususiyatiga ko'ra aks ettiruvchi faoliyatdir. Tevarak-atrofdagi kattalar va tengdoshlarining hayoti va faoliyati bu o'yin mazmuniga manba bo'lib xizmat qiladi. Mazkur turdagi o'yinlarning o'ziga xdsligi ularda syujet, rol va xayol qilingan vaziyatning mavjud bo'lishidir. Buning uchun albatta, bolalar biror narsa yoki voqea to'g'risida yetarlicha tasawurga ega bo'lishi lozim. Masalan, bolalar "parovoz" o'yinini o'ynashmoqchi bo'lishadi. Bunga o'yinning qanday borishi to'g'risida syujet (voqeaning borishi) kerak. Syujet bolalarning bilimiga bog'liq bo'ladi. Bolada awal g'oya tug'iladi, keyin mazmuni rivojlanadi. Ba'zan bolalar o'yinning qanday borishini oldindan belgilab oladilar. Masalan, ular orasidan kirn "parovoz" bo'lishi, qolganlar uning orqasidan ergashishi, qayerga borganda navbat almashishlarini oldindan kelishib olishadi.

Syujetli-rolli o'yinlarda tarbiyachi yetakchi rol o'ynaydi. Tarbiyachi bolalarning qiziqishlarini diqqat bilan kuzatib, ularning ijobiy tomonlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratishi va bolalarni kerakli yo'nalishda tarbiyalab borishi lozim. Tarbiyachi syujetli-rolli o'yinlarga rahbarlik qi-lishda quyidagi jihatlarga e'tibor qaratishi lozim:

1) bolalar o'yiniga rahbarlik qilish uchun ularning o'yinini bilish va har doim kuzatib borishi lozim;

2) tarbiyachi bolalarning o'yin davomidagi muloqotlari, xatti-harakat-larini muntazam kuzatib, tinglab borishi lozim. Bu tarbiyachiga bolalarning qiziqishlari, xohish-istaklarini bilib olib, ularni to'g'ri yo'lga solish, ijobiy xususiyatlarini yanada rivojlantirish imkonini beradi;

3) syujetli-rolli o'yinlami o'ynash uchun ma'lum joy ajratish lozim;

4) o'yin jarayonida kerak bo'ladigan o'yinchoqlarni bolalar mustaqil o'zlari yasashlari uchun ularga kichkina yog'och bo'laklari, mix, loy, qog'oz, karton, bo'yoq va kerakli asboblar - bolg"acha, qo'l arra, qaychi, pichoq kabilami berish kerak. Biroq o'yinchoqlar yasash ustida ishlash faqat tarbiyachining rahbarligi ostida bajarilishi lozim;

5) o'yin mavzusini tanlashga yordam berish bolalami o'ynashga o'rgatish usullaridan biridir. Tarbiyachi bolalarning rolli o'yinlari mav­zusini boyitibgina qolmay, balki uning syujetini, mazmunini boyitish to'g'risida ham o'ylashi kerak;

6) tarbiyachi hamma bolalarning o'yinga qatnashishlari ustida g'am-xo'rlik qilishi kerak. O'yinda ko'pincha ular rol talashib bir-birlari bilan kelisha olmay qoladilar. Bolalami bunday kelishmovchiliklarni haqqoniy echishga o' rgatish lozim.



Sahnalashtirilgan o'yinlar bolalar biror ertak yoki hikoya syujeti asosida ma'lum bir rolni bajarishiga, o'yin jarayonidagi personajlaming aytadigan so'zlarining yod olinishiga asoslangan bo'lib, bolalarda iroda, intizom, o'z harakatlarini boshqalarning harakatiga muvofiq amal­ga oshirish kabi sifatlami tarbiyalashda samarali vosita sanaladi. Sah­nalashtirilgan o'yinlami tashkil etish quyidagi bosqichlarni o'z ichiga qamrab oladi:

I bosqich. Sahnalashtirish uchun badiiy asarni tanlash. Badiiy asarni tanlashda quyidagi talablarga rioya qilish kerak: 1) ertak yoki hikoyada qatnashuvchilar soni ko'p bo'lishi kerak; 2) asaming nafaqat mazmuni, balki unda harakatlaming ham turfa xil bo'lishiga e'tibor qaratish lozim; 3) asar ifodali o'qishga mos bo'lishi kerak; 4) asar mazmuni qiziqarli va emotsional bo'lishi zarur; 5) asar bolalarning yoshiga mos kelishi lozim.

II bosqich. Sahnalashtirish uchun tanlangan ertak yoki hikoyaning mazmunini o'qib berish.

III bosqich. Asarning bolalar tomonidan eslab qolinishiga erishish: qayta o'qib berish, har bir bolaning aytadigan gaplari ustida individual ish olib borish, rasmlar namoyish etish.

IV bosqich. O'yin qiziqarli o'tishi va uzoq davom etishi uchun o'yinga kerakli materiallar, kiyimlar tayyorlash hamda rahbarlikni to'g'ri amalga oshirish.

Sahnalashtirilgan o'yinlar bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda oddiydan murakkabga qarab yo'naltirib borilishi maqsadga muvofiq. Masalan, o'rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar tanlansa, katta guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining ancha murakkab munosabatlari, ularning kechinmalari, qayg'ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi.

Bolalarning qurilish, buyum yasash o'yinlari rollarga bo'linib o'y-naydigan o'yinning tarkibiy qismidir. Biror narsani qurish bolalarning o'z fikrlarini ro'yobga chiqarish usulidir. Qurilish materiallari bilan о 'tkaziladigan о 'yinlarda bolalarning texnikaga qiziqishi ortadi, kuzatuv-chanligi rivojlanadi, ular geometrik jismlarning eng oddiy xususiyatlari bilan tanishadilar. Qurilish materiallari bilan bog'liq o'yinlarni o'tkazishda quyidagi jihatlarni hisobga olish lozim:

1) qurilish materiallari butun guruh bolalarining bir paytda o'ynashlari uchun yetarli bo'lishi lozim;

2) guruh xonasida qurilish materiallarini saqlaydigan, uni quradigan va bir necha kungacha saqlab qo'yishning iloji bo'lgan joy bo'lishi kerak;

3) qurilish materiallari uchun har bir detalga alohida xonachalari bo'lgan g'ildirakli shkaf bo'lishi, uni bolalar istagan tomonlariga sudrab olib yurishlariga imkon yaratilishi kerak;

4) qurilish materiallari saqlanadigan burchakda mayda o'yinchoqlar, o'yinchoqli odamlar, qushchalar, hayvonlar, transport bo'lishi mumkin;

5) bolalarning o'zlari o'yinchoq yasashlari uchun har doim kerakli material bo'lishi zarur;

6) bolalarga qurilish usullarini o'rgatish lozim;

7) qurilish materiallaridan ishlangan buyumlarni bir necha kungacha, hatto undan ko'proq muddat saqlash kerak.

Qurilish materiallari bilan o'tkaziladigan o'yinlarning maktabgacha ta'lim amaliyotida keng tarqalgan turlariga qum bilan о 'ynash, suv bilan о 'ynash, qor о 'yinlari kabilarni kiritish mumkin.

Qum bolalarning yozda o'ynashlari uchun yaxshi material. Har bir guruhda ikkitadan qum yashigi bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Shunda hamma bolalar o'ynash imkoniyatiga egabo'ladilar. Qum bolalarning o'y­nashlari uchun eng qulay o'yin vositasi bo'lib hisoblanadi. Qum maxsus yashiklarda nam holatda saqlanadi. Qumni saqlashga quyidagi gigienik talablar qo'yiladi: a) qum turli xil tosh, shishalardan tozalangan bo'lishi; b) qum faqat namroq holda saqlanishi; d) bolalarning salomatligiga xavf solmasligi kerak. Kichik yoshdagi bolalarni qum bilan o'ynashlari uchun bayroqchalar, o'yinchoqlar tayyorlab qo'yilishi kerak.

Suv bilan o'ynaladigan o'yinlar bilan kichik yoshdan boshlab shug'ullanish mumkin. Suvda qo'g'irchoqni cho'miltirish, o'yinchoqlar bilan o'ynash, katta yoshdagi bolalar esa suvda cho'milishlari mumkin.

Qor bilan o'ynaladigan o'yinlar bolalarda quvnoq kayfiyatni uyg'otadi. Buning uchun yog'och belkurakcha, qorni tashish uchun quticha ortilgan chana bo'lishi shart. Kattalar yordamida qor uyumlaridan turli shakllar, qorbobo, qorqiz, hayvonlarning qiyofasini yfisaydilar.




Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish