A) 4 B)3 C)2 D)5
6. Muayyan bir yosh davriga xos bo'lgan anatomik, fiziologik va psixologik xususiyatlar fanda qanday atama bilan ishlatiladi?
A) Yosh bosqichlari
B) Davlashtirish
C) Yosh xususiyatlari
D) Yosh bosqichlarining o'ziga xosligi
7. Ilmiy tildagi "temperament" atamasi qaysi tildan olingan va qanday ma'noni anglatadi?
A) Grek tilidan olingan: "Butunning qismi"
B) Lotin tilidan olingan: "qismlarni bir-biriga taqqoslash"
C) Lotin tilidan olingan: "qismlarning bir-biriga munosabati"
D) Ingliz tilidan olingan: "Qismlarni butunlash"
8. Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamolotining o'rta yosh davri necha yoshli bolalarni o'z oladi?
A) 3-4 yosh
B) 4 -5 yosh
C) 5 - 6 yosh
D) 2 - 3 yosh
Mavzu:Bolani maktabga tayyorlashda maktabgacha ta’lim muassasasi, maktab va oilaning xamkorligi
Reja:
1. Maktabgacha talim muassasasining oila bilan ishlash shakllari
2. Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni
3. Tarbiyachi va ota-ona hamkorligi.
O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim to’grisidagi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta limni uyda ota-onalasining mustaqil ta’lim benshi orqali yoki doimiy faoliyat ko'rsatadigan maktabgacha tarbiya muassasalarida, shuningdek maktabgacha ta'lim muassasalariga jalb qilingan bolalar uchun bolalar bog'chasida, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Bola kunning asosiy qismini maktabgacha ta'lim muassasasida o'tkazsa ham, inson kamoloti uchun eng muhim bo'lgan omillardan biri tarbiyaning tamal toshi oilada qo'yiladi. Shu sababli ham maktabgacha pedagogikaning asosiy maqsadi bo'lgan bolalarni maktab
ta'limiga har tomonlama tayyorlashda maktabgacha ta'lim muassasasi bilan oila hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta'lim muassasalarining oila bilan ishlash tizimida aniq maqsad, mazmun bo'lishi kerak. Maktabgacha ta' lim muassasasining ota-onalar bilan ishlashida keng aholi ommasi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil qilish tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishish mumkin. Maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari ota-onalar va oila bilan hamkorlikdagi ishlaridan eng keng tarqalgan shakl va usullarini keltiramiz:
• Ota-ona va oila bilan yakkama-yakka ishlash. Bunda oilaga tarbiyachining borishi, ota-onalar uchun suhbat o'tkazish, ularga maslahat berish, ota-onalarni bolaning maktabgacha ta'lim muassasadagi hayoti bilan tanishtirish kabilar kiradi.
• Ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar. Bular ota-onalarning guruhiy va umumiy majlislari, ota-onalar maktabi, anjumanlar, shanbaliklar, savol-javob kechalari.
• Ko'rsatmali ishlar - ishning bu tori: ko'rgazmalar uyushtirish, bolalarning ishlarini namoyish qilish, ochiq eshiklar kuni, ota-onalar burchagi, ota-onalar uchun kutubxonalar tashkil qilish.
• Bolaning oilasini borib ко 'rish va oila a zolari bilan yaqindan tanishish.
• Ota-onalarga pedagogik ta'lim berish va boshqalarni ko'rsatish mumkin.
Pedagogik adabiyotlarda maktabgacha ta'lim muassasasining oila bilan olib boradigan ishlarining ikki asosiy shakli ajratib ko'rsatiladi: jamoaviy va individual.
Maktabgacha ta'lim muassasasining oila bilan boradigan ishlarining jamoaviy shakllariga quyilagilar kiradi:
• pedagogik ma'ruzalar;
• pedagogik majburiy o'qish;
• pedagogik ta'lim universitetlari;
• yillik ilmiy-amaliy konferensiya;
• ochiq eshiklar kuni yoki ta'lim muassasasida ota-onalar kuni;
• ota-onalar majlisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |