Ta'limning ko'rgazmali Mashg'ulotlardagi bilishga doir va amaliy faohyat narsa-hodisalarga muvofiq keluvchi ko'rgazmalilik asosida tashkil etilishi mumkin. Ta'limning ko'rgazmali uslublariga kuzatish, ko'rgazmali qo'llanmalarni (narsa-buyumlar, rasmlar, diafilmlar, slaydlar, videoyozuvlar, kompyuter dasturlarini) namoyish etish kiradi.
Kuzatish - atrofolamdagi hodisalarni diqqat bilan ko'rish, ulardan muhim, asosiysini ajrata olish, yuzaga keladigan o'zgarishlarni belgilash, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash, xulosalar qilish. Bolani ilk yoshdan boshlab kuzatishga o'rgatish, unda kuzatuvchanlik, kuzatilayo-tgan hodisaga diqqatni yo'naltira olish, ko'rganlari asosida fikr yuritish, fikrini so'z bilan ifodalay olishni rivojlantirish zarur.
Bolalarning o'rganilayotgan obyektni bevosita kuzata olishlari to'liq tasawurlarni shakllantirish va bilish jarayonlari - idrok etish, xotira, fikrlash, xayolotni rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Kuzatish jarayonida bolada xilma-xil fikriy faoliyat amalga oshadi: qo'yilgan savol-larga javob izlash, qiyoslash, taqqoslash. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni p'qitishda kuzatishning xilma-xil turlaridan foydalaniladi: qisqa muddatli va uzoq muddatli, tak-roriy va qiyosiy.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni o'qitishda kuzatish ikki yo'nalishda rivojlanadi. Eng avvalo, kuzatilayotgan obyektlar doirasi izchil tarzda kengaytirib boriladi: guruh xonasini, keyin maktabgacha ta'lim muassasasidagi boshqa binolarni (oshxona, tibbiyot xonasi va hokazolar), yer maydonchasini, nihoyat maktabgacha ta'lim muassasasi atrofidagi obyektlarni (bog', daryo, anhor, maktab stadioni va boshqalar) kuzatish. Ikkinchi yo'nalishda konsentrlangan kuzatishga. amal qilinadi. Dastlab bolalar biror obyektning o'ziga xos belgilarini aniqlashsa, tak-ror kuzatishda esa o'sha obyektni boshqalari bilan qiyosiy o'rganadilar. Masalan, shahar transporti bekatida bolalar avtobus va marshrutkani kuzatishadi, ularni to'g'ri aytishni o'rganishadi; takror kuzatishda ularning diqqati avtobus va marshrutkaning o'ziga xos belgilariga qaratiladi; keyingi safar esa, bolalar avtobus va marshrutkani taqqoslashadi, ular-da umumiy tasawurlar tarkib topadi va "shahar transporti" tushunchasi shakllanadi.Kuzatish uslubidan foydalanishda ma'lum didaktik talablarga rioya qilish lozim. Jumladan:
1) kuzatish obyekti bolalar uchun qiziqarli bo'lishi zarur;
2) kuzatiladigan obyekt uning o'ziga xosliklarini aniqlay olishga im-kon beradigan sharoitga ega bo'lishi kerak;
3) pedagog kuzatishning maqsadini oldindan belgilashi, yangi egal-lanadigan bilimlar doirasini aniqlashi, o'rganilishi rejalashtirilayotgan bilim va ko'nikmalarning bolalardagi mavjud tajribalar bilan aloqadorligi ta'minlashi lozim;
4) yaxlit idrok etishni ta'minlash uchun bolalarga kuzatish haqida to'liq ko'rsatma berilishi zarur;
5) qo'yilgan maqsad va vazifalar, obyektning o'ziga xosliklari, bolalarning yosh xususiyatlari bilan bog'liqlikda kuzatishning izchil, tizim-li, rejali tarzda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
Rasm, diafilm, slayd, videorolik va boshqa ko'rgazmali vositalarni namoyish etish - qator didaktik vazifalarni hal etishga imkon beruv-chi maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni o'qitishning muhim uslubi. Ko'rgazmali vosita tanish va notanish narsa-buyumlarni obrazli ko'rish imkonini beradi. Rasm, chizma, jadval yordamida bolalarda harakatsiz ko'rgazmali timsollar shakllantiriladi, ta'limning texnik vositalaridan jo'shqin ko'rgazmali timsollarni yaratishda foydalaniladi.
217Maktabgacha ta'lim muassasalarida rasmning xilma-xil turlaridan foydalaniladi: didaktik rasmlar, rassomlarning san'at asarlari, kitob grafi-kasi, narsa-buyumlarni ifodalovchi rasmlar. Didaktik rasmlar maxsus yaratilib, yil fasllari, hayvonot va o'simliklar dunyosi kabi seriyali taq-dim etiladi. Bolalarni madaniyat, san'at bilan tanishtirishda mashhur rassomlarning san'at asarlaridan foydalaniladi. Badiiy asar qahramonlari, voealar sodir bo'lgan mamlakat va shaharlar haqida ma'lumot beruvchi kitob grafikasi (kitobdagi rasmlar)dan ta'limning ko'rgazmali vositasi sifatida foydalaniladi. Shuningdek, tarbiyachi tomonidan narsa-buyumlarni ifodalovchi rasmlar ham tanlanadi va mavzu doirasi bilan bog'liqlikda ("O'yinchoqlar", "Transport", "Hayvonlar" va boshqalar) ularni tasniflaydi.
Shuningdek, bolalarni o'qitishda harakatlar namoyishi, namuna ko'rsatish kabi ta'limning ko'rgazmali usullaridm ham foydalaniladi. Harakatlar namoyishi ish usullari, ularni bajarish ketma-ketligini o"zida ifoda etib, jismoniy tarbiya, musiqa, tasviriy san'at, mehnat mashg'-ulotlarida qo'llaniladi. Namuna ko'rsatish usulidan tasviriy faoliyat, mehnat, shu jumladan, qo'l mehnatiga o'rgatishda keng foydalaniladi. Tarbiyachi bolalarni namunani tahlil etishga jalb etadi, ishni bajarish bosqichlarini aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |