Maktabgacha pedagogika



Download 3,99 Mb.
bet4/99
Sana31.12.2021
Hajmi3,99 Mb.
#266234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
Мактабгача пед.ка. 3-курс мажмуа

Demokratik rahbar

Bunday turdagi rahbar:

> boshqarish funksiyalarini jamoa fikri bilan hisoblashib amalga oshiradi;

> ishlab chiqarishni boshqarishga xodimlarni jalb qiladi;

> ularning bildirgan fikriga quloq soladi;

> ular bilan maslahatlashadi, ijobiy tamonlarini inobatga oladi;

> barcha bilan barobar va samimiy munosobatda bo'ladi, ustunligini bildirmaydi;

> buyruq berish yo'li bilan emas, balki ishontirish uslubida ish tutadi;

> buyruq rahbarlik uslubi bo'ysinuvchilarning shaxsiy tashabbusini, ijodiy faoliyatini rivojlantiradi va jamoada o'rtoqlik va ishchan muhitini yaratadi.

Boshqaruvchi qaysi boshqamv shaklini qo'llashidan qat'iy nazar o'zining mustaqil dunyoqarashi, mustaqil fikri va quyidagilarni o'z ichi-ga olgan ma'naviy qiyofasi bo'lishi kerak.

Har qanday holatda ham rahbar qaysi bo'g'inda rahbar bo'lishidan qat'iy nazar o'zining asosiy majburiyati, qo'l ostidagilarni o'zining misolida tarbiyalashni unutmasligi kerak.

O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonunida, O'zbekistonda ta'lim sohasini boshqarish respublika tasarrufidagi yuqori hukumat va uning boshqarish organlari hamda mahalliy hukumat va uning boshqarish organlari tomonidan amalga oshirilishi ko'rsatilgan.

Maktabgacha ta'lim muassasalari Xalq ta'limi vazirligi tasarrufiga kiradi. Xalq ta'limi Vazirligining mahalliy organlariga quyidagilar kiradi:

- Xalq ta'limi viloyat boshqarmasi;

- Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi;

- Tuman xalq ta'limi bo'limi.

Respublikamizda davlat maktabgacha ta'lim muassasalari bilan birga nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari ham faoliyat yuritadi. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek «O'zbekiston Respublikasida nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi to'g'risida»giNizomga amal qiladi.

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining ustavi Vazirlar Mahka­masining 1998-yil 5-yanvardagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan Ta'lim muassasasi ustavini ishlab chiqish tartibiga muvofiq ishlab chiqiladi, uning muassisi tomonidan tasdiqlanadi va tegishli davlat organlarida ro'yxatdan o'tkaziladi.

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi ta'lim-tarbiya va sog'lom-lashtirish muassasasi hisoblanadi, quyidagilar uning asosiy vazifalari hi-soblanadi:

- bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog'lig'ini mustahkamlash;

- bolaning shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimga qiziqishlarini rivojlantirish;

- bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta'minlash;

- bolaning rivojlanishidagi nuqsonlami zarur tarzda tuzatish;

- bolaning milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;

- bolalarni maktabda o'qishga tayyorlash.

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi muassasa sifatidagi tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etiladi va qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko'rsatadi. Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan nodavlat mulkchilik shaklidagi yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta' lim muassasasining muassislari bo'lishlari mumkin.

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi yuridik shaxs maqomiga ega bo'ladi, mustaqil moliya-xo'jalik faoliyatini amalga oshiradi, dumaloq muhrga, burchakli shtampga va o'z logotipi yozilgan blankaga ega bo'ladi.

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda litsenziya olgan vaqtdan boshlab ta'lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo'ladi.

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini akkreditatsiya qilish vakolati davlat organi tomonidan, attestatsiya asosida amalga oshiriladi.

Nodavlat maktabgacha ta' lim muassasasida ta'lim va tarbiya dunyoviy xususiyatga ega bo'ladi.

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim mazmuni O'zbekiston respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi. Muassasa o'z (mualliflik) dasturidan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlami tasdiqlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilanadi.

Nodavlat maktabgacha ta' lim muassasasining ish rejimi va bolalarning u yerda qancha vaqt bo'lishi muassasa ustavida hamda muassasa rahbari (yohud muassiC) bilan ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar o'rtasida tuzilgan shartnomada belgilanadi.

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarni o'qitish va tarbiyalash davlat tilida va «Davlat tili haqida»gi O'zbekiston Respub­likasi Qonuniga muvofiq boshqa tillarda olib boriladi.

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilariga tibbiy yordam ko'rsatish shtatdagi yoki sog'liqni saqlash organlarining shartnoma asosida maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Tibbiyot xodimlari nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodim­lari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog'lig'i va jismoniy rivojlanishi, davolash-proflaktika tadbirlari o'tkazilishi, sanitariya-gigiena normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini tibbiy ko'rikdan o'tkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarning ovqatlanishi O'zbekiston respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tibbiyot, sanitariya-gigiena normalari va talablari asosida amalga oshiriladi.

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi ta'limning uzluksizligini ta'minlash maqsadida shartnoma asosida o'z faoliyatini umumiy o'rta ta'lim muassasalari bilan birgalikda amalga oshirishi mumkin.

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasiga bolalar 2 yoshdan boshlab 6-7 yoshgacha tegishli tibbiy xulosa hisobga olingan holda qabul qilinadi.

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasiga bolalarni qabul qilish va ularning chiqib ketishi tartibi nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining ustavi bilan belgilanadi.

Nodavlat muassasa guruhlaridagi bolalar soni davlat maktabgacha ta'lim muassasalari uchun belgilangan sondan ortiq bo'lmasligi kerak.

Maxsus pedagogik ma'lumotli shaxslar nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga egadir. Sud tomonidan yoki tibbiy xulosaga muvofiq bunday faoliyat bilan shug'ullanishita'qiqlangan shaxslar pedagogik faoliyatgaqo'yilmaydilar.

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari belgilangan tartibda pedagog kadrlar malakasini oshirishni va ularni qay ta tayy orlashni ta'min-laydi, ularning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qiladi, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalari, mualliflik dasturlari, uslubik qo'llanmalar va didaktik materiallar joriy etilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining pedagoglari va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzish va ularni bekor qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar, ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar va pedagog xodimlar ta'lim jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.

Nodavlat maktabgacha ta' lim muassasasida vasiylik kengashlari tashkil etiladi, ularni saylash tartibi va ularning vakolatlari maktabgacha ta'­lim muassasalarining ustavlarida belgilanadi.

Bolalarni qabul qilishda nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi ota-onalarni yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslarni muassasaning ustavi va uning faoliyatini tartibga soladigan boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.

Nodavlat maktabgachata'lim muassasasi bilan ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvich shaxslar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar nodavlat mak­tabgacha ta'lim muassasasining ustavi va shartnoma bilan tartibga solinadi. Shartnoma o'qitish, tarbiyalash, qarab turish va parvarish qilish jarayonida paydo bo'ladigan tomonlaming huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini o'z ichiga oladi.

Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimi o'rtasidagi munosabatlar o'zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.

Maktabgacha ta'lim muassasasida o'quv yili har yili 2-sentabrdan boshlanadi, keyingi yilning 1-iyunida tugallanadi va yangi o'quv yili boshlangimga qadar sog'lomlashtirish davri boshlanadi.

kunda nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari o'z faoliyatini "O'zbekiston Respublikasida nodavlat maktabgacha ta'lim to'g'risida"gi Nizom asosida amalga oshiradi.

O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim to'g'risida"gi Nizomi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 25-oktabrdagi 225-sonli qaroriga asosan tasdiqlangan bo'lib, quyidagi to'qqiz bo'limni o'z ichiga oladi:

I. Umumiy qoidalar

II. Maktabgacha ta' lim muassasasini tashkil etish tartibi

III. Maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatini tashkil etish

IV. Maktabgacha ta'lim muassasasini butlash

V. Ta'lim jarayoni qatnashchilari

VI. Maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarish

VII. Maktabgacha ta' lim muassasasining mol-mulki va pul mablag' lari

VIII. Maktabgacha ta'lim muassasasining javobgarligi

IX. Yakuniy qoidalar

Nizomning "Umumiy qoidalar" bo'limida maktabgacha ta'lim muassasalari o'z faoliyatini ularga tayangan holda amalga oshiradigan me'yoriy-huquqiy hujjatlar hamda maktabgacha ta'lim muassasasining asosiy vazifalari belgilab berilgan.

Nizomning ikkinchi - "Maktabgacha ta 'lim muassasasini tashkil etish tartibi" bo'limida belgilab qo'yilganidek, maktabgacha ta'lim muassa­sasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkaziladi. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat tashkilotlari davlat maktabgacha ta'lim muassasasining muassislari bo'lishi mumkin.( «O'zbekiston Respublikasida nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi to'g'risida»gi Nizom. -Т., 2008. 35-38-betlar.)

Maktabgacha ta'lim muassasasini akkreditatsiya qilish davlat vakolatli organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.

Nizomning "Maktabgacha ta 'lim muassasasi faoliyatini tashkil etish " bo 'limida maktabgacha ta'lim muassasasidagi ta'lim mazmuni, ish rejimi, ta'lim olish tili, ovqatlanishni yo'lga qo'yish tartibi, tibbiy xizmat ko'rsatish, qo'shimcha mablag'lar topish masalalari aniq ko'rsatib beril­gan.




Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish