Maktabgacha pedagogika


O'yinning bolalar faoliyatining asosiy turi sifatidagi o'ziga xosligi



Download 3,99 Mb.
bet36/99
Sana31.12.2021
Hajmi3,99 Mb.
#266234
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   99
Bog'liq
Мактабгача пед.ка. 3-курс мажмуа

O'yinning bolalar faoliyatining asosiy turi sifatidagi o'ziga xosligi

O'yin maktabgacha ta'lim yoshidagi bola-larning asosiy faoliyati bo'lib, u orqali bo-la shaxs sifatida shakllanadi. O'yin bolaning kelajakdagi o'quv, mehnat faoliyati, kishilar-ga munosabatning qay darajada shakllanishini belgilab beradi. O'yin bolalarning jismoniy rivojlanishi, maktabgacha ta'lim muassasasining ta'lim-tarbiya ishida, bolalarni aqliy, axloqiy, mehnat va estetik jihatdan tarbiyalashda katta o'rin tutadi.

O'yinning maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar hayotida tutgan o'rnini umumlashtirib, quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

1. O'yin bolalarning mustaqil faoliyati bo'lib, unda bolaning ruhiyati namoyon bo'ladi. Bola hayotining bir yoshidan boshlab unga o'rab tur-gan tevarak-atrofni bilishga ehtiyoj xosdir. Bolalar o'yinlari o'zining barcha xilma-xilligi bilan unga yangi narsani bilish, o'yin mazmunida aks etganjihatga o'z munosabatini bildirish imkonini beradi. Bola-o'sib va rivojlanib boruvchi mavjudotdir. Harakat - uning to'la-to'kis o'sib-ulg'ayishining shartlaridan biri. Faol harakatlarga ehtiyoj o'yinning barcha turlari, ayniqsa, harakatli va o'yinchoqlar bilan o'ynaladigan didaktik o'yinlar orqali to'liq qoniqtiriladi. Shuningdek, o'yinlar bolaning muloqotga kirishishga bo'lgan ehtiyojini qondirishda katta imkoniyatga ega.

2. O'yin maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar hayotini tashkil etish shaklidir. Ilmiy asoslangan o'yinlar maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar hayoti va faoliyatini tashkil etish shakli sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayonda tarbiyachi yetakchi o'rin egallab, u eng awalo, o'yin orqali ta'lim-tarbiyaga doir qanday vazifalarni muvafaqqiyatli hal etish mumkinligini aniq tasavvur qila olishi lozim. Shuningdek, bolalar o'yiniga ajratilgan vaqtni mashg'ulot yoki kun tartibidagi boshqa tadbirlarni cho'zib yuborish orqali egallash mumkin emas. Maktabgacha ta'lim muassasasi tayanch dasturida har kungi kun tartibiga ovqatlanish, badantarbiya, sayr, mashg'ulotlar o'tkazish bilan bir qatorda o'yin ham kiritilgan. O'yin bolalaihayotini tashkil etish shakli sifatida kichik guruhdan boshlanadi. O'yin ertalab nonushtagacha (15-20 daqiqa) boshlanadi va nonushtadan keyin, mashg'ulotlar o'rtasida, ochiq havoda, uyqudan keyin o'tkaziladi. Ertalab rolli o'yinlar, qurish-yasash, harakatli o'yinlarni tashkil etish tavsiya etiladi. Mashg'ulot o'rtasida harakatli, qoidali o'yinlar o'tkaziladi. Ular asosan, mashg'ulotning mazmuniga bog'liq bo'ladi. Sayr vaqtida ochiq havodagi o'yinlardan foydalaniladi. Kunduzgi uyqudan keyingi o'yinlarga qurilish o'yinlari, ertak bo'yicha qo'yiladigan o'yin, rolli, didaktik o'yinlar kiradi.

3. O'yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir. Peda-gogika fani o'yinni bola shaxsini tarbiyalashning asosiy vositasi deb hisob-laydi. O'yin orqali bolalar kattalarning mehnat tajribasini, bilim, ko'nikma va malakalari, harakat usullari, axloq me'yorlari va qoidalarini, mulohaza va muhokamalarini egallab oladilar. O'yinda bolaning o'z tengqurlari va kattalar bilan bo'ladigan munosabat usullari shakllanadi, his va didlari tarbiyalanadi.

4. O'yin bolalarga ta'lim-tarbiya berishning uslub va usulidir. O'yin jarayonida bolalarning bilimlari va tasawurlari boyib, chuqurlashib bora-di. O'yinda u yoki bu rolni bajarayotib, bola o'zining butun diqqatini o'yinga qaratishi lozim. Bola o'ynayotganida kishilar mehnati, ularning aniq harakatlari, munosabatlari to'g'risidagi tasavvuri yetarli emasligini sezib qoladi, buning natijasida kattalarga savol bera boshlaydi. Tarbiyachi bolalarning bunday savollariga javob berib, ularning bilimlariga aniqlik kiritadi, boyitadi. Shunday qilib, o'yin bolalardagi bilim va tasavvurlarni mustahkamlaydi. Bunda pedagogning to'g'ri rahbarligida uning tushun-chalari kengayadi.

Tarbiyachi o'yin orqali bolalarda ona-Vatanga, o'z xalqiga, boshqa millat vakillariga ijobiy munosabatni shakllantiradi, mustahkamlaydi. O'yin orqali tarbiyachi bolalarda jasurlik, rostgo'ylik, o'zini tuta bilishlik, tashabbuskorlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi. O'yin bolalarda ijtimoiy axloq-ni, ularning hayotga, bir-biriga bo'lgan munosabatini shakllantiruvchi mak-tab vazifasini bajaradi. Tarbiyachi bolalarning o'yiniga rahbarlik qilayotib, ulami jamoa orqali ham tarbiyalab boradi. O'yin jarayonida bolalar o'z xohish-istaklarini jamoa xohishi bilan kelishib olishga, o'yinda o'rnatilgan qoidalarga rioya qilishga o'rganadilar.

Maktabgacha ta'limda qo'llaniladigan bolalar o'yini o'zining mazmuni, xususiyati, tash kil etilishiga ko'ra xilma-xildir, umumlashtirgan holda, uni ikki guruhga tasniflash mumkin:

1) ijodiy o'yinlar;

2) qoidali o'yinlar.


Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish