Maktabgacha pedagogika


Ta'lim metodlari vausullari



Download 3,99 Mb.
bet31/99
Sana31.12.2021
Hajmi3,99 Mb.
#266234
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   99
Bog'liq
Мактабгача пед.ка. 3-курс мажмуа

Ta'lim metodlari vausullari

Og'zaki

Ko'rgazmali

Amaliv

Hikoya

Kuzatish

Mashq

Suhbat

Ko'rgazmali vositalarni

Tajriba

Badiiy adabiyot o'qish

(rasmlar, diafilmlar, slaydlar.

Modellashtirish

Savollar bilan muro-

kompyuter dasturlari)ni




jaat qilish

namovish etish




Ko’rsatma berish

Harakatlar namoyishi




Tushuntirish

Namuna ko'rsatish





Maktabgachata'limda o'qitish uslublari va usullari.

Hikoya qilish uchun material sifatida badiiy asarlardan foydalan-ish mumkin. Ayniqsa, bolalar uchun tarbiyachining shaxsiy tajribasi bilan bog'liq hikoyalar qiziqarlidir: "Mening birinchi tarbiyachim", "Men o'qish va yozishni qanday o'rganganman?", "Bolalikdagi sevimli o'yinchog'im" va boshqalar.



Hikoyani tushunish qobiliyati, ya'ni tinglay olish, mazmuniga muno-sabat bildira olish, savollarga javob berish, oddiy qayta aytib berish uch yoshdan boshlab paydo bo'ladi. Kichik guruhlarda hikoya ko'rgazmali materiallarni (narsa-buyumlar, ularning tasviri) namoyish qilish bilan birga qo'shib olib boriladi. Ko'rgazmali materiallardan bolalar tasav-vurga ega bo'lmagan voqea-hodisalar haqida hikoya qilinganda o'rta va katta maktabgacha yosh guruhlarida ham foydalaniladi. Biroq katta gu­ruhlarda hikoya qilish jarayonida ko'rgazmeli materiallardan keragidan ortiqcha foydalanish tavsiya etilmaydi. Chunki bolalarni so'z yordamida fikrlashga o'rgatish, ularda fazoviy tasavvurni rivojlantirish lozim.

Suhbat - ta'limning dialogik uslubi bo'lib, savol-javob o'tkazish, o'z nuqtayi nazarini ifodalashni talab etadi. Suhbat bolalar narsa-hodisal-ar, voqealar to'g'risida ayrim bilim va tajribalarga ega bo'lgan holatda o'tkaziladi. Suhbat jarayonida bolalarning mavjud bilimlari aniqlashadi, boyiydi, tizimlashtiriladi. Suhbatda ishtirok etish bolalar uchun foydali qator ko'nikma va malakalarni paydo qiladi: bir-birini tinglash, aytilgan-larini to'ldirish, ularni takrorlamaslik, bildirilgan fikrlarni samimiy baho-lash va boshqalar. Suhbat fikrning aniq yo'nalganligini, diqqatni va o'z xulq-atvorini boshqara olishni talab etadi. U mantiqiy fikr yuritish, aniq fikr bildirish, xulosa qilishga o'rgatadi. Suhbat orqali tarbiyachi bolalarda his-tuyg'ularni tarbiyalaydi, fikr yuritilayotgan voqea-hodisaga munosa-batni tarkib toptiradi.

Mazmuniga ko'ra ikki turdagi suhbat farqlanadi: axloqiy mavzudagi va bilishga doir. Axloqiy mavzudagi suhbatlar faqat katta maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o'tkaziladi, bilishga doir suhbatlarni esa o'rta gu-ruhdanoq boshlab o'tkazish mumkin.

Axloqiy mavzudagi suhbatlar bolalarda axloqiy his-tuyg'uni tarbi-yalash, axloqiy tasavvur, mulohaza va bahoni shakllantirish maqsadini ko'zda tutadi. Turli mavzularda axloqiy mavzudagi suhbatlarni o'tkazish mumkin: "Xushmuomalalilik haqida", "Do'stlik va o'rtoqlik haqida", "Salomlashish odobi"', "Ovqatlanish qoidalari" va boshqalar. Axloqiy mavzudagi suhbatlar badiiy asarlar o'qish, ko'rgazmali materiallarni ko'rsatish, film namoyish etish bilan uyg'unlikda amalga oshiriladi.

Bilishga doir suhbatlar mavzusi maktabgacha ta'lim dasturlarida an-iqlab berilgan. Shuningdek, bunday suhbatlar kundalik turmush voqealari, atrof-muhit va kattalar mehnati bilan ham chambarchas bog'liqlikda o'tkaziladi.

Didaktik maqsadiga ko'ra suhbat kirish va umumlashtiruvchi turlarga bo'linadi. Bolalarni amalga oshirilishi ko'zda tutilayotgan faoliyatga, kuzatishga tayyorlash maqsadida kirish suhbatidan foydalaniladi. Ana shu maqsadda tarbiyachi bolalardagi mavjud tajribani aniqlaydi, ularn­ing bilimlarini faollashtiradi, bajarilishi ko'zda tutilayotgan faoliyatga qiziqishni hosil qiladi, amaliy yoki bilishga doir vazifalarni taqdim eta­di. Umumlashtiruvchi suhbat bolalarning biror mavzuda tashkil etilgan o'quv ishi natijasida qo'lga kiritilgan bilimlarni jamlash, aniqlashtirish, tizimga solish maqsadida o'tkaziladi.

Badiiy adabiyot о 'qish. Badiiy adabiyot - atrofolam haqidagi bilimlar manbayi, bolalarda his-tuyg'uni tarbiyalash, fikrlash, tasavvur va xoti-rani rivojlantirish vositasi. Maktabgacha ta'lim yoshida badiiy adabi-yotlar o'qish orqali bolalarda badiiy asarlarni idrok etish va anglashga qobiliyatlilik shakllantiriladi. O'z navbatida mazkur vazifa bolalarda ko'rgazmali-obrazli, nutqiy-mantiqiy fikrlashni rivojlantirish bilan bog'liq.

O'quv maqsadi bilan bog'liqlikda badiiy asarlar o'qishda qator didak-tik talablarga rioya etish lozim: bolalarning yoshi va rivojlanishi darajasi bilan bog'liqlikda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega asar tanlab olinishi; bolalarni asarni idrok etishga tayyorlash uchun qisqa suhbat o'tkazish, ularga o'quv-bilishga doir vazifalar berish; o'qishni boshqa uslublar, shu jumladan, ko'rgazmalilik bilan uyg'unlashtirish maqsadga muvofiq.

Maktabgacha ta'lim jarayonida quyidagi og'zaki usullardan foy-dalanish yaxshi samara beradi: bolalarga savollar bilan murojaat qilish, ko'rsatma berish, izohlash, tushuntirish va boshqalar.


Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish