1.2 Maktabgacha pedagogikaning zamonaviy talablari
Bugungi kunda xorij tajribalaridan andoza olish, ijodiy yondashgan holda amaliyotda joriy etish, zamon talabiga mos ravishda meʼyoriy hujjatlar, oʻquv-metodik adabiyotlar, oʻquv metodik majmualarni ishlab chiqish, ilgʻor xorijiy tajriba asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlarining direktor va mutaxassislarida zamonaviy menejment va pedagogik texnologiyalar boʻyicha sohaga oid bilimlar va koʻnikmalarni shakllantirish vazifalari dolzarb masalalar sirasiga kiritilmoqda. Shu bois mamlakatimizda maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan farmon va qarorlar qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “20172021-yillarda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2016-yil 29-dekabrdagi PQ2707-sonli , “Maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 9-sentyabrdagi PQ3261-son qarorlari , “Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 30-sentyabrdagi PF5198sonli Farmoyishi shular jumlasidandir .
Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha metodikalarning ilmiy tadqiqot metodlari va ilmiy tadqiqot bosqichlari, ilmiy tadqiqot oʻtkazish shakllari, ilmiy-metodik tadqiqotlarga qoʻyiladigan zamonaviy talablar. Sharq va Gʻarb olimlarining maktabgacha taʼlimni oʻqitishga oid qarashlari. Oʻquv jarayonining axborot taʼminoti va oʻqitishning zamonaviy talablari.
Taʼlimni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, uning uzviyligi, uzluksizligi. Oʻtmish va zamonaviy pedagogikaning asosiy yoʻnalishlari. Ilgʻor pedagogik qarashlar. Jahon taʼlim tizimi. Pedagogik jarayondagi integratsiyalar. Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim sohasidagi siyosati, kadrlar tayyorlash milliy modeli. Taʼlim va tarbiyaning oʻziga xos xususiyatlari, birligi, differensiyasi, yagona pedagogik jarayon. Taʼlim nazariyasi (didaktika)ning asosiy komponentlari: konsepsiyalari, paradigmalari. Taʼlim prinsiplari. Talim metodlari, texnologiyalari. Taʼlim turlari va bosqichlari. Jamoada, oiladagi tarbiya hamda oʻz-oʻzini tarbiyalashning oʻziga xos xususiyatlari. Taʼlimni boshqarish shakllari. Oʻquv-meʼyoriy hujjatlar. Pedagog kasbining oʻziga xos xususiyatlari. Pedagogning kommunikativ qobiliyati, uning vositalari.Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni ragʻbatlantirish, ilmiy-tadqiqotchilik kompetentligi, ilmiy manbaalarni tahlil qilish metodlari: ilmiy bilish metodlari; induksiya, deduksiya, analogiya; pedagogik kompetentlik, yaʼni taʼlim-tarbiya jarayonida qoʻllaniladigan oʻqitish shakllari, metodlari hamda vositalari; taʼlim mazmuni, metodlari, vositalari va shakllarining uzviyligini taʼminlashni bilish, mashgʻulot olib boriladigan fanning maqsadi, vazifalari, predmeti va obyekti, fanning ishlab chiqarishdagi oʻrni va ahamiyati; fan taraqqiyotining axborotkommunikatsiya texnologiyalariga bogʻliqligi; foydalaniladigan asosiy darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar va elektron adabiyotlar; fan mazmunini ishlab chiqishda oʻquv rejasidagi boshqa fanlar bilan gorizontal va vertikal uzviylikning taʼminlanishini baholash; fanning istiqboldagi taraqqiy etishi muammolari va ularning yechimlari haqida bilim va layoqatga egalik.
Zamonaviy maktabgacha taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari. Maktabgacha taʼlim yoʻnalishiga taaluqli fanlarni oʻqitish boʻyicha qoʻllanadigan ilmiy metodlarining taʼlim jarayoni samaradorligini taʼminlashdagi oʻrni. Oʻquv mashgʻulotlari turlari va ularning oʻquv jarayoniga tatbiq etilishi. Maktabgacha taʼlim yoʻnalishdagi fanlarni oʻqitishda oʻqituvchining ilmiy-metodik, ijodiy yondashuvi va mahorati. Ularni oʻqitish metodikasi va zamonaviy texnologiyalar boʻyicha axborotlar oqimi va ularning tanlanishi. Oʻquv jarayonini loyihalashtirish, ilmiy-metodik tadqiqotlarda izlanish, qidirish ishlarining tashkil etilishi, ilmiy-metodik tadqiqotlar va oʻquv jarayonida ilmiy-metodik ishlarning joriy etilishi. Mavjud bilim va koʻnikmalar asosida ilmiy tadqiqot ishlarini metodik jihatdan tashkil etish masalalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |