Oilada huquqiy munosabatlarning maqsad va vazifalari.
Ma'lumki, inson oilada rivojlanadi va kamol topadi. Oila bu ota-ona, er-xotin, farzandlarva qarindosh-urug'lardantuzilgan jamoa bo'lib, oila a'zolari o'rtasida mulkiy va shaxsiy huquq, majburiyatlarini vujudga keltiradi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIV - "Oila" bobida oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega deyilgan. Oila qonunlarining asosiy vazifalari oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni ishonch, hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish, oila oldidagi burch va majburiyatlarini his qilish va o'z huquqlarini himoya qilishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |