Maktabgacha pedag


Kunning ikkinchi yarmini rejalashtirish



Download 1,71 Mb.
bet152/260
Sana30.08.2021
Hajmi1,71 Mb.
#159917
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   260
Bog'liq
F

Kunning ikkinchi yarmini rejalashtirish. Kunning ikkinchi yarmi ikki qismdan iborat: guruhdagi va sayrdagi ishlar kunning ikkinchi yarmida bolalarning guruhdagi o'yin faoliyati rejalashtiriladi.

Uyqudan keyingi o'yin uchun kichik guruhda - 45daqiqa, o'rta guruhda 1 soat, katta guruhda - lsoat, tayyorlov guruhida -1,5 soat ajratiladi.

Syujetli-rolli o'yinlar ham rejalashtiriladi ffaqat nomigina yoziladi). Rejada, shuningdek, stol usti bosma o'yinlari, didaktik o'yinlar ham mo'ljallanadi. Rejaga stol usti bosma o'yinlari qoidasi, tushuntirilishi ham yoziladi. Bu vaqtda dramalashtirilgan o'yinlar ham rejalashtiriladi.

Tarbiyachi qurilish o'yinlarida o'zining qatnashishini ham rejaga yozib qo'yadi. Unda tarbiyachining bolalar bilan atributlar yasashi ham mo'ljallanadi.

Kechqurunga ko'ngil ochish o'yinlarini rejalashtirish mumkin. U haftasiga bir marta o'tkaziladi. Katta va tayyorlov guruhida kitoblarni bir necha kun davomida o'qib berish ham rejalashtiriladi. Tarbiyachi har gal o'qishdan oldin "O'tgan gal


465





men sizlarga nima o'qib bergan edim”, deydi. Bolalar buni esga tushirib, so'zlab berishadi. Tarbiyachi savollar bilan yordam berib turadi.


Running ikkinchi yarmida asosan bolalarning xilma-xil o'yin faoliyatlari tashkil etiladi. Bolalarning syujetli-rolli o'yinlari uchun sharoit yaratish, o'yinchoqlar bilan o'ynashga o'rgatish va boshqalar kalendar rejasiga yoziladi. O'yinda tarbiyachining qatnashishi ham rejada qayd etiladi. Bu bolalar o'yinini tashkil etish va unga tarbiyachining rahbarlik qilishi uchun shart- sharoit yaratadi.

Katta va tayyorlov guruhlarida tarbiyachining bolalar o'yiniga rahbarligi o'zgarib; bevosita rahbarlikdan bavosita rahbarlikka o'tadi, tarbiyachi bolalarning mustaqil faoliyatlarini rag'batlantiradi. Tarbiyachi qurilish materiallari bilan o'ynaladigan o'yinlarni, sahnalashtirilgan va qoidali o'yinlarni ham rejalashtiradi.

Kunduzgi uyqudan keyin guruh xonasini yig'ishtirish, yirtilgan kitoblarni ta'mirlash, qo'g'irchoq kiyimini yuvish, kichik bolalar uchun o'yinchoqlar yasab berish, o'simlik va hayvonlarni parvarish qilish kabi mehnat faoliyati rejalashtiriladi. Tarbiyachi, shuningdek, ko'ngilochar o'yinlarni ham unutmaydi. Bunga qo'g'irchoq, soya teatri, konsertlar, sport, musiqa va badiiy ko'ngil ochish soatlari, musiqa eshitish va shunga o'xshashlar kiradi. Tarbiyachi badiiy asarlarni o'qib berish, klassik va zamonaviy rassomlarning rasmlarini tomosha qilishni ham esdan chiqarmaydi. Running ikkinchi yarmida har kuni sayr o'tkaziladi, uning mazmuniga harakatli va ijodiy o'yinlar, mehnat faoliyati kiradi.

Buyumlarni, ijtimoiy hayot voqealarini kuzatish, jonli obyekt bilan muloqotda bo'lish ham kalendar rejasidan o'rin egallashi kerak.

Tarbiyachi bolalarning o'zlari qiziqqan faoliyat bilan shug'ullanishlari uchun shart-sharoit yaratadi. Reja kun davomida har bir bola mazmunli, qiziqarli faoliyat bilan shug'ullanadigan qilib tuzilishi kerak.


466




Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish