Maktabgacha pedag


"Bola huquqlari Deklaratsiyasi” bo'yicha asosiy sanalar



Download 0,52 Mb.
bet90/233
Sana16.09.2021
Hajmi0,52 Mb.
#176168
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   233
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

"Bola huquqlari Deklaratsiyasi” bo'yicha asosiy sanalar:

1923-yil - Birinchi "Bola huquqlari Deklaratsiyasi” qabul qilindi.

1924 yil - "Bola huquqlari Jeneva Deklaratsiyasi" Millatlar ittifoqi tomonidan qabul qilindi.

1948-yil - Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi "Inson huquqlari haqidagi umummilliy dekla- ratsiya"ni qabul qildi.

1959-yil - Birlashgan Millatlar Tashkiloti ikkinchi "Bola huquqlari Deklaratsiya" sini qabul qildi.

  1. yiI - Polsha hukumati "Bola huquqlari haqida Konvensiya"ning yangi loyihasini ishlab chiqadi va uni BMT



ning inson huquqlari bo'yicha hay'atga o'rganib chiqish uchun tavsiya etadi.

  1. yil - Xalqaro bolalar yilida "Bola huquqlari haqida Konvensiya" matnini ishlab chiqish uchun muvofiqlashtirilgan ishchi guruh tuzildi. 10 yil davomida bu guruh izchillik bilan mulohaza va muzokaralar ustida ish olib bordi.

  1. yil 20-noyabrda - Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan "Bola huquqlari haqida Konvensiya" qabul qilindi.

  2. yil 2-sentabrda - Konvensiya xalqaro qonun sifatida kuchga kirdi.

Deklaratsiya ruhini saqlab qolgan ushbu "Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya" oxirgi 30-yillar ichida kelib chiqqan zamonaviy muammolarni:

  • Atrof-muhitni muhofaza qilish;

  • Giyohvand moddalardan saqlanish;

-Turli xildagi bolalar zo'ravonligining oldini olish kabi muammolarni o'zida ifoda etadi.

O'zbekiston Respublikasi 1992-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo'ldi va “Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya" bo'yicha xalqaro shartnoma tuzdi.

Maktabgacha ta’lim tizimida Konvensiya haqida tushuncha va bilim berish dastlabki jiddiy qadam hisoblanib, u bolalarga nafaqat odob-axloq me’yorlariga rioya qilish kafolatini beribgina qolmay, balki uni qonunga mos ravishda harakat qilishga undaydi.

Ta'lim-tarbiyaviy jarayonda "Konvensiya" dan foydalanishda tarbiyachi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

  1. Bola huquqlarini o'rganish - bunda muammo bo'yicha axborot materiallarni tanlash, ularni o'rganish, tahlil qilish;

  2. To'plangan materiallarga e’tibor qaratish - istiqbolli yo'nalishlar bilan tanishish, huquqiy muammolarni insonlar tomonidan qabul qilinish hissini shakllantirish, xayrixohlik hissini tarbiyalash, mashg’ulotlarga qiziqishini rivojlantirish.





  1. Bolalar muayyan hayotda ro'y berayotgan jarayonlarda ishtirok etishlari orqali kichik muammolardan global muammolar kelib chikishini, ular ham dunyoda adolat va konstruktiv o'zgarishlar bo'lishi uchun qilinayotgan harakatlarda ishtirok etayotganlarini his qilishlari shakllantiriladi.

Bu jarayonlarda bolalar inson huquqlari bu - ulardan uzoqdagi qandaydir kishilarning huquqlari. bo'lgan mavhum tushuncha emas, balki o'zlari yashab turgan muayyan muhitga tegishli ekanligini tushunadilar.

"Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya”ning asosiy vazifalari:

  • Yer yuzida erkinlik, adolat va tinchlikning asosi - teng huquqlilik, jamiyat a’zolarining o'ziga xos bo'lgan qadr- qimmatini ta'minlashni ifoda etadi;

  • Insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsining sha’ni va qadr-qimmatiga bo'lgan ishonchlarini tasdiqlaydi;

  • Har bir insonning irqi, jinsi, terisining rangi, tili, dini, siyosiy va boshqa e’tiqodlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chikishi, mulkiy ahvoli, tug'ilishi va boshqa holatlar bilan bog'liq belgilariga qarab har qanday tafovutdan qat’iy nazar o'z huquq va erkinliklariga ega ekanligini tasdiqlaydi;

  • Har bir bolaning sog'lom va har tomonlama uyg'unlashgan kamoloti uchun u oila g'amxo'rligida, baxt, mehr-muhabbat va ongli tushunilish vaziyatida o'sishi zarurligini ta'minlaydi;

  • Bolani jamiyatda mustaqil hayotga to'la tayyorlashni, ularning farovonligi masalalariga e'tibor qaratadi;

  • Maxsus tarbiyaga muhtoj bolalarga tug'ilgunga qadar va tug'ilgandan keyin ham munosib darajada g'amxo'rlik qiladi;

  • Bolaning himoya qilinishi va uyg'un ravishda rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi;

  • Bolalarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish Konvensiyaning asosiy mazmun-mohiyatidan iboratdir.



Konvensiyada bolalarning huquq va majburiyatlari quyidagicha aks etadi:

  • "18 yoshga to'lmagan har bir inson bola hisoblanadi. Barcha huquqlar hamma bolalarga taalluqli. Bolalar diskriminatsiyaning barcha shakllaridan himoyalangan boiishlari shart” - deyiladi. Bunda voyaga yetganlik yoshi 18 yosh deb belgilanishi ta'kidlanadi.

  • Har bir bola uchun ko'zda tutilgan barcha huquqlarni, hech qanday kamsitishlarsiz, irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy etnik yoki ijtimoiy kelib chikishi, mulkiy ahvoli, bolaning sogiig'i va tug'ilishi, uning ota- onasi yoki huquqiy vasiysi yoki biron bir boshqa holatlardan qat'iy nazar hurmat qiladilar hamda shu huquqlarni ta'minlab beradilar.

Ishtirokchi davlatlar bola, uning ota-onasi, qonuniy vasiysi yoki boshqa oila a'zolarining qarashlari yoki e'tiqodida o'z ifodasini topadigan maqom, faoliyat asosida kamsitish yoki jazolashning barcha shakllaridan bolaning himoyasini ta’minlash uchun zarur choralarni ko'radilar.

  • 3-modda - Bolalarga nisbatan barcha xatti-harakatlarda bolaning manfaatlari yaxshiroq ta'minlanishiga birinchi navbatda e’tibor qaratilishi. Bolaning farovonligi uchun zarur hisoblangan himoya va g'amxo'rlik bilan ta'minlash, ota-onasi yoki vasiysiga ularning huquq va majburiyatlarini e'tiborda tutishni oladilar, qonuniy va ma'muriy chora-tadbirlarni ko'radilar. Bolalar haqida g'amxo'rlik ko'rsatish va ularni himoya qilish uchun mas’ul hisoblanga vakolat organlari tomonidan belgilab qo'yilgan me’yorlarga, xususan xavfsizlik va sogiiqni saqlash talablariga javob berish.

  • 4-modda - Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar imkoniyatlaridan foydalanish.

  • 5-modda - Davlat ota-onalar huquqi va burchlarini hurmat qilishi va ularning bolalarning rivojlanish qobiliyatlariga muvofiq holda nazorat qila olishlarini ta’minlashi lozim.





  • 6-modda - Har bir bola hayot kechirish huquqiga ega va davlat bolaning rivojlanishi hamda yashay olishini ta’minlashga majbur.

  • 7-modda - Bola tug'ilgan zahoti ro'yxatga olinadi va tug'ilgan daqiqalaridan boshlab ism bilan atalishi va fuqarolikga ega bo'lishi, ularning g'amxo'rliklaridan bahramand bo'lish huquqlarini olishga haqli hisoblanadi. Davlat bunday huquqlarni o'z milliy qonunchiliklariga muvofiq amalga oshiradi. Har bir bola o'z ismiga, millatiga ega bo'lishi hamda o'z ota-onasini bilish va ularning vasiyligi huquqlariga ega. Bolaning tug'ilganligi haqidagi guvohnomasi - bola shaxsini tasdiqlovchi hujjatdir.

  • 8-modda - Bolaning o'z individualligi, jumladan, fuqaroligi, ismi va oilaviy aloqalaridan g'ayriqonuniy ravishda mahrum etilgan bo'lsa, davlat bolani himoya qilishi va zarur bo'lsa uning shaxsini aniqlab berishi shart. Bu bolaning ismini, millatini, oilaviy aloqalarini tiklashni o'z ichiga oladi.

  • 9-modda - Davlat bola o'z ota-onasidan ularning xohishlariga zid ravishda ayrilib qolmasligini ta’minlaydi, ota- onaning bittasida yoki har ikkisidan ham ayrilgan bolaning ular bilan muntazam ravishda shaxsiy munosabatlar yoki to'g'ridan-to'g'ri aloqalar bog'lab turish huquqini hurmat qiladi. Bola uchun zararli bo'lgan hollardan tashqari vaziyatda u ota-ona bilan yashash huquqiga ega.

  • 10-modda - Bola yoki uning ota-onasi oilani birlashtirish maqsadida boshqa davlatga kirish yohud undan chiqish uchun bergan arizalari shu davlat tomonidan ijobiy, insonparvarlik ruhida va tezkorlik bilan ko'rib chiqilishi lozim. Ota-onasi turli davlatlarda yashayotgan bola alohida holatlardan tashqari ota- onasi bilan muntazam ravishda shaxsiy munosabatlar, aloqalar bog'lab turish huquqiga egadir.

  • 11-modda - Davlat bolalarning g'ayriqonuniy ravishda ko'chirilishiga va chet eldan qaytmasligiga qarshi kurash olib borish chora-tadbirlarini ko'radi. Bolani chegara ortida ota-





onalardan biri yoki boshqa uchinchi shaxs tomonidan ushlab turgani yoki bolalarni o'g'irlagani uchun jazo berishi va ularning oldini olishi shart.

  • 12-modda - Bolaga taalluqli boigan barcha masalalar bo'yicha erkin fikr bildirishi va bu fikrlar inobatga olinishi shart.

  • 13-modda - Bolalar har qanday chegaralardan qat'iy nazar ularni qiziqtiruvchi malumotlarni olish hamda o'z nuqtayi nazarlarini aytish huquqiga egadirlar. Bular bola shaxsi huquqlari va obro'sini hurmat qilish, davlat xavfsizligi yoki jamoat tartibini, aholining sogiig'i yoki ma'naviyatini muhofaza qilish imkoniyatini yaratadi.

  • 14-modda - Davlat bolaning fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqini hurmat qiladi. Ota-ona yoki qonuniy vasiylarning bolaga,uningrivojlanayotganqobiliyatlarigamuvofiqkeladigan usul orqali bola huquqini amalga oshirishda rahbarlik qilish huquqiga egadirlar.

  • 15-modda - Bolaning assotsiatsiya yig'ilishlar huquqini, ya'ni bolalar boshqalar bilan uchrashish huquqiga, tashkilotlardan chiqish yoki ularni o'zlari tuzish huquqiga egalar.

  • 16-modda - Bolalar o'z shaxsiy hayotlariga, uy-joy daxlsiz- ligi yoki pochta orqali yuboriladigan narsalarning maxfiyli- giga boigan huquqi amalga oshirilishiga o'zboshimchalik bilan yoki qonunga zid ravishda aralashish yoxud uning sha'ni va obro'siga g'ayriqonuniy tajovuz qilish obyekti bo'lishi mumkin emas. Bola qonun yo'li bilan himoyalanish huquqiga egadir.

  • 17-modda - Davlat ommaviy axborot vositalarining muhim mavqeyini e’tirof etadi. Bola turli xil milliy va xalqaro manbalarning axborotlari hamda materiallari, ayniqsa ijtimoiy, ma'naviy va axloqiy farovonlik, shuningdek, bolaning sog'lom, jismoniy va ruhiy rivojlanishiga ko'maklashishga qaratilgan axborotlardan bahramand boiishini ta’minlaydi, salbiy ta’sir qiluvchi materiallardan himoyalanish huquqini beradi.

  • 18-modda - Bola tarbiyalanishi va rivojlanishi uchun





ota-onaning umumiy bir xil javobgarligi, bolaning eng yaxshi manfaatlari ular ko'rsatadigan asosiy g'amxo'rlikning predmeti hisoblanadi. Bunda davlat ota-onalarni qo'llab-quvvatlaydi va bolalar muassasalari tarmog'ini rivojlanishini ta'minlaydi. Ota-onasi ishlaydigan bolalar uchun mo'ljallangan xizmatlar hamda bola parvarish qilinadigan muassasalardan foydalanish huquqi beriladi.

  • 19-modda - Davlat bolaning jismoniy va ruhiy zo'ravonlikning, haqoratlash va suiiste'molliklar, g'amxo'rlik ko'rsatmaslik yoki beparvolik bilan muomalada bo'lish, qo'pol muomala qilish yoki ota-ona, qonuniy vasiylar yoki bola haqida g'amxo'rlik qiluvchi har qanday boshqa shaxs tomonidan ekspluatatsiya qilish, jumladan, shahvoniy suiiste'molliklarga qarshi zaruriy qonuniy, ma'muriy, ijtimoiy va ma'rifiy chora- tadbirlarni ko'radi.

Davlat zo'ravonlikni oldini olish va bundan jafo ko'rganlarni himoya qilish dasturlarini ishlab chikishi zarur.

  • 20-modda - Oila mahrumligidan vaqtincha yoki doimiy mahrum bo'lgan bolalar o'zlariga taalluqli bo'lgan madaniyatga muvofiq maxsus muassasalar qaroviga, muqobil oilalarga va maxsus himoya qilinish huquqiga egadirlar.

  • 21-modda - Bolani farzandlikka olish imkoniyatiga ega bo'linsa, buni faqat bola manfaatlari to'liq e'tiborga olingan holda tegishli tashkilotlar nazoratidan o'tkaziladi.

  • 22-modda - Qochoq hisoblangan bolalar yoki qochoq statusini olmoqchi bo'lgan bolalar maxsus himoyaga loyiqdirlar. Davlat qochoq bolaning ota-onasini yoki oilasining boshqa a'zolarini izlashda, o'z oilasi bilan qo'shilishi uchun barcha zaruriy choralarni ko'radi.

  • 23-modda - Aqliy va jismoniy jihatdan yaxshi rivojlanmagan bola o'zining qadr-qimmatini ta'minlaydigan, o'ziga ishonch tug'diradigan, jamiyat hayotidagi faol ishtirokini yengillashtiradigan sharoitlarda to'laqonli hamda munosib tarzda yashash huquqiga ega. O'ziga nisbatan alohida g'amxo'rlik ko'rsatilishini talab qilish huquqi beriladi.





Shuningdek, ta'lim, kasb-kor tayyorgarligi, tibbiyot, sogiiqni saqlash, mehnat faoliyatiga tayyorgarlik ko'rish sohasidagi xizmatlardan samarali ravishda bahramand bo'lish, dam olish, bolani ijtimoiy hayotga jalb etish kabi imtiyozlardan foydalanadilar.

  • 24-modda - Bolalar eng yuqori darajadagi andozalarda tibbiy yordam olish huquqiga, sog'liqni himoya qilish xizmatlaridan foydalanish huquqiga egalar.

  • 25-modda - Davlat tomonidan bolalarni tarbiyalash, himoyalash yoki ruhiy davolash maqsadida joylashtirilgan muassasalar muntazam ravishda nazoratdan o'tkaziladi.

  • 26-modda - Bolalar ijtimoiy sug'urtalanishga kiritilganlari holida, ijtimoiy himoyalanish imtiyozlaridan foydalanish huquqiga egalar.

  • 27-modda - Bolalar ma'naviy, ruhiy, jismoniy, aqliy rivojlanishiga muvofiq keladigan hayot darajalariga, turmush saviyasiga ega bo'lish huqquqiga egadir. Ota-ona zaruriy turmush sharoitinita’minlashda javobgarlikni sezishlari kerak. Bu mas’uliyatni amalga oshirishda davlat kafolat berishi shart.

  • 28-modda - Bolalar ma'lumot olish huquqiga egalar. Boshlang'ich, umumiy ma'lumot bepul va majburiy bo'lishi kerak. Har bir bola uchun o'rta maiumotli bo'lish imkoni yaratilgan bo'lishi shart. Oliy maiumotli bo'lish huquqiga hamma o'z qobiliyatiga ko'ra ega. Maktab intizomi huquq va bolalar qadr-qimmatini hisobga olgan holda ta'minlanishi zarur deyiladi.

  • 29-modda - Ma'lumot olish huquqi bolada ruhiy va jismoniy qobiliyatlarini, uning jismoniy va ruhiy iste’dodini o'stirishi lozim. Bolalarga jamiyatning huquqiy a'zolari sifatida o'zi va boshqalarning madaniyatini hurmat qila oladigan shaxs darajasida tarbiya berish zarur.

  • 30-modda - Agar bolalar mayda millat vakillariga taalluqli bo'lsa, o'z madaniyati, o'z dini va o'z tiliga ko'ra hayot kechirish huquqiga ega.

  • 31-modda - Bolalar dam olish, o'ynash, madaniy va badiiy tadbirlarda ishtirok etish huquqiga ega.





  • 32-modda - Bolalar rivojlanish, ma’lumot olish, sog'lig'i uchun xavfli bo'lgan ishlarda ishtirok etishdan, iqtisodiy ta'qib qilinishdan himoyalanish huquqlariga ega.

  • 33-modda - Bolalar giyohvand moddalarni iste’mol qilishdan, shuningdek, bu giyohvand moddalarni ishlab chiqarish va tarqatishga jalb qilinishdan himoyalanish huquqlariga egalar.

  • 34-modda - Bolalar pornografiya, fohishabozlik hamda shunga o'xshash zo'ravonlik va seksual ekspluatatsiyalardan himoyalangan bo'lishlari shart.

  • 35-modda - Davlat bolalarni o'g'irlash, sotish, qilishning oldini olishning imkoni bo'lgan barcha chora-tadbirlarni qabul qilishi zarur.

  • 36-modda - Davlat bolani uning farovonligiga oid har qanday jihatdan zarar yetkazadigan narsalardan himoya qiladi.

  • 37-modda - Har qanday bolakay qiynov, qo'pol muomala, ta’qiblar, noqonuniy hisobga olinish yoki ozodlikdan mahrum bo'lishdan muhofaza qilinmog'i shart.

  • 38-modda - 15 yoshdan kichik bo'lgan bolalar qurolli nizolarda bevosita ishtirok etishlari mumkin emas. Qurolli nizolarga daxldor bo'lgan bolalar maxsus himoya va vasiylikka loyiqdirlar.

  • 39-modda - Qurolli nizolarni, qiynoqlarni, zo'ravonliklarni, ta'qibni boshidan kechirgan bolalar sog'ayishlari uchun kerakli davolash va ijtimoiy reintegratsiyalarni oladilar.

  • 40-modda - Qonunni buzgan bolalar ulardagi chin insoniy fazilatlarni ko'zlovchi va muhofaza qiluvchi har qanday yuridik va boshqa imtiyozlardan to'laqonli foydalanish huquqiga egadirlarki, ularga jamiyat uchun foydali inson bo'lib yetishishlarida ko'mak bo'ladi.

Bolalar huquqlarini ta’minlash butun jamiyatning vazifasi- dir. Bola huquqlarini ta’minlash, ularning har tomonlama sog'lom va xavfsiz kelajagini ta'minlash maqsadida fuqarolarni birgalikda ishlashga ilhomlantiradi. Bolalar kattalardan,





tarbiyachi-pedagoglardan oladigan axborotlari orqali o'z huquqlari haqidagi tasavvurlarga ega bo'ladilar, huquqiy me'yorlarga nisbatan mas'uliyat tarbiyalanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni "Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya" bilan tanishtirish - bevosita O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Oila" Kodeksida yoritib berilgan vazifalarni uzviy hamkorlikda o'rganish imkoniyatini yaratadi.


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish