Huquqiy tarbiyaning metodologik asosini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya, O'zbekiston davlati va Prezidenti tomonidan yaratilgan asarlar, qabul qilingan va ilgari surilgan, ilmiy jihatdan asoslangan g'oyalar egallaydi.12
Jamiyatda insonlarning huquqiy bilimi, huquqiy ongi, madaniyati qanchalik yuqori shakllanganligi ularning huquqiy munosabatlarida namoyon bo'ladi.
Huquqiy madaniyat - davlat tomonidan belgilangan qonun-qoidalarga rioya etishdagi shaxsning xulqi, munosabati tushuniladi. Bir so'z bilan aytganda huquqiy madaniyat ongli ravishda huquqiy me'yorlarga rioya qilish va bo'ysunishdir.
Huquqiy ong - huquqiy madaniyatning ajralmas qismi bo'lib hisoblanadi, Har bir shaxsning huquqiy ongi uning qonun me’yorlariga munosabatidan, ularni qabul qilish xususiyatlaridan, o'rnatilgan qonunni qo'llash, unga rioya qilish tushunchalaridan kelib chiqadi. Jamiyat hayotini huquqiy tartib asosida tuzish to'g'risidagi tushunchalar tizimi, ijtimoiy ong shakli - huquqiy ong deyiladi. Ijtimoiy ong o'z navbatida quyidagi guruhlarga bo'linadi:
Siyosiy;
Axloqiy;
Diniy;
Huquqiy.
Huquqiy ong - O'zbekiston davlati va uning organlari tomonida qabul qilingan qonun hujjatlarini anglash, ularga rioya etish, ulardan ongli ravishda foydalana olish qobiliyatidir.
Respublikamiz Oliy Majlisi tomonidan 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan va qarori bilan tasdiqlangan: "Ta’lim to'g'risidagi qonun", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi", O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatasining qarori qonunlar hisoblanadi.
12 Karimova O.A., G’afforov Z.M. Davlat va huquq asoslari. Т.: 0‘qituvchi - 1995.
Xo'sh qonunning o'zi nima?
Qonun deganda davlat hokimiyatining oliy organi tomonidan qabul qilingan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi oliy yuridik kuchga ega normativ huquqiy akt tushuniladi. Qonunning asosiy jihatlari quyidagilar:
Qonun davlat hokimiyati yuqori vakillik organi tomonidan chiqariladi;
Qonun yuqori yuridik kuchga ega;
Me'yoriy-huquqiy xarakterga ega;
Unda turli ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi.
Qonunlar davr talablarining bajarilishiga qaratiladi.
Qonun xalqning irodasini mujassamlashtiradi.
Jamiyat va davlatning yetakchi kuchi uning qonunlaridir.
O'zbekiston Respublikasining "Taiim to'g'risida"gi qonunning 4-moddasi fuqarolarning bilim olish huquqiga bag'ishlanib, unda jinsi, tili, yoshi, milliy mansubligi, e'tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chikishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqeyi, turar joyi, O'zbekiston hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’iy nazar har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi. Boshqa davlatlarning fuqarolari O'zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega, ular bilim olishda O'zbekiston fuqarolari bilan teng huquqlarga ega deyiladi.
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ham fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, ijobiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi, kasbi bo'yicha mehnat qilish huquqini ta’minlash, uzluksiz taiim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs - fuqaroni shakllantirish nazarda tutiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish nafaqat oila va Maktabgacha taiim muassasalarida beribgina qolmasdan, balki bunda mahalla, ko'cha-ko'y, qo'ni-qo'shnilar, kattalar, qolaversa, butun jamiyat a’zolari qatnashishi lozimdir.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, huquqiy tarbiya berish shakllarini quyidagicha ifodalash mumkin:
Huquqiy bilim;
Huquqiy ma'naviyat;
Jamoatchilik bilan olib boriladigan ishlar;
Huquqni himoya qiladigan davlat organlari bilan tanishtirish.
Demak, huquqiy tarbiya davlat tomonidan belgilangan maxsus tarbiya tizimlaridan tashkil topadi va aniq maqsadni ko'zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |