Mavzu yuzasidan test topshiriqlari:
Bolalar hayotining kun tartibiga nimalar kiradi?
uyqu, ovqatlanish
bedor yurish, uxlash, ovqatlanish, faoliyat turlarining al- mashib turishi
v) jismoniy mashqlar g) ovqatlanish
Bolalarni rivojlanishi va maktabga tayyorlash davrini ne- cha bosqichga bo'lamiz?
5ta
6ta v) 4ta g] 3ta
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda qaysi faoliyat turlaridan foydalaniladi?
o'yin, mehnat, o'quv, muloqot, sport
sayr orqali
v) ekskursiya orqali g] mashg'ulot orqali
Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar qaysilar?
ijtimoiy muhit
irsiyat
v) irsiyat, muhit, tarbiya g) biogenetik omillar
O'yin faoliyatida maktabgacha"yoshdagi bolalarning qanday faolligi rivojlanadi?
ta'sirchanlik faoliyati
ijtimoiy bilish faolligi v) mustaqilligi
g) muloqot faolligi
Jismoniy tarbiya nazariyasi
Mashhur yunon donishmandi Aflotun baxt haqida zikr etib: «Inson uchun birinchi baxt uning sog'lig'i, ikkinchisi - go'zallikdir» degan ekan. Darhaqiqat, salomatlik barcha boy- liklar manbayidir. Nasl-nasabi sog'lom va ma'naviyati yuksak xalqning avlodlari ham sog'lom, baquvvat, iymon-e'tiqodli va sadoqatli boiadiki, bu baxt ona-Vatanning shuhrati va qudra- tining zo'r omiliga aylanadi. Xalqning ana shunday baxt saoda- ti uchun sog'lom avlod kerak.
Buyuk hakim Abu Ali ibn Sino «Badan tarbiya - sogiikni saqlashda ulug'vor usuldir» deydiki, bu fikr «Kimki qilsa harakat - sog'Iigida barakat» degan naqlni eslatadi.
Qadimda xalqimiz badan tarbiyani riyozat deb atashgan. Ibn Sino «Tibbiy doston» asarida riyozat - badan tarbiyasi haqida to'xtalib, uning bir necha xillari boiishi, bu jismoniy mashqlar bilan o'rtacha shug'ullanish sogiiqqa foydali ekan- ligini, jismoniy mashqsiz yurish badanda yomon xulqlarning yig'ilishiga sabab bo'lishini alohida uqtirib o'tadi.
Jismoniy mashqlarning sihat-salomatlikka foydasi cheksiz- ligini D.Adisson shunday ta'riflaydi: «Mutolaa aql uchun qan- cha zarur boisa, jismoniy mashqlar ham shuncha zarur». Suqrot hakim esa bunday deydi: «Gimnastika yordami ila men badanimning muvozanatini to'g'rilab olaman».
Sog'lom avlodni tarbiyalashga yuksak umuminsoniy qadri- yatlarga asoslangan hayotiy o'ringa ega boigan ma’naviy boy, axloqan yetuk, intellektual rivojlangan, yuqori bilimli, jismo- nan baquvvat, har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishga yo'naltirilgan keng koiamli chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasida 2000-yil «Sog'lom avlod yili» deb e’lon qilindi.
Bundan ko'zlangan asosiy maqsad - barchamizning ta- yanchimiz va suyanchig'imiz boigan farzandlarimizni har ji-
hatdan sog'lom va barkamol insonlar qilib tarbiyalashdan ibo- rat edi. Ana shu ezgu maqsadlarga erishish, bu sohadagi ish- larni qat’iy reja asosida amalga oshirish uchun maxsus Davlat dasturi qabul qilingan edi. Sog'lom avlodni voyaga yetka- zishda jismoniy tarbiya va sportning nechog'li ahamiyatga ega ekanligi hammamizga ayon. Yurtimizda 2000-yildan boshlab o'tkazilayotgan «Alpomish o'yinlari», «Umid nihollari», «Uni- versiada», «Sog'lomjon, polvonjon», «Barkamol avlod» muso- baqalari fikrimiz dalilidir. «Sog'lom avlod uchun» xalqaro xay- riya jamg'armasining tashkil qilinishi o'sib kelayotgan avlod salomatligini saqlash va mustahkamlash ishlariga jahon ja- moatchiligi e'tiborini jalb qildi.
Jismoniy tarbiya to'g'risidagi ta'limot pedagogikaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Pedagogika fanining mazkur soha- siga qarashli turli hodisalarga ta'rif berilganda, «Badan tarbiya», «jismoniy madaniyat», «jismoniy kamolot», «jismoniy rivojlanish» degan asosiy tushunchalardan foydalaniladi.
«Jismoniy madaniyat» tushunchasi quyidagilardan ibo- rat: 1) mehnat va turmushdagi ko'nikmalarni (tartiblilik, ki- yimlarning ozodaligi, xonalarning tozaligi) va gigiyenik rejim- ga doir odatlarni (faoliyat va dam olishning oqilona tartibi, uy- qu, ovqatlanish gigiyenasi va hokazolar)ni; 2) tabiatning tabiiy sharoitlarida organizmni chiniqtirish (havo, quyosh va suv)ni; 3) jismoniy mashqlarni o'z ichiga oladi,
Jismoniy rivojlanish - odam organizmining tarkib topishi, uning shakllari va vazifalarining o'zgarishini ifodalaydigan bi- ologik jarayondir. Tor ma'noda bu antropometrik va biometrik ko'rsatkichlar: bo'yi, tana og'irligi, ko'krak qafasi aylanasi, o'pka sig'imi, qaddi - qomat va boshqalardir. Jismoniy rivojlanish biologik hayot qonunlari - muhit va organizmning birligi, miqdor o'zgarishlarining sifat o'zgarishlariga muntazam ravishda o'tishga muvofiq tarzda amalga oshadi. Zotan, turmush sharoitini, jumladan jismoniy tarbiya metodlarini o'zgartirib, organizmning funksional imkoniyatlari darajasini ancha oshi-
rish, jismoniy rivojlanish ko'rsatkichlarini o'zgartirish mumkin.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning jismoniy tarbi- yasi ular hayotini saqlash, sog'lig'ini mustahkamlash, harakat malakalarini shakllantirish va toia ma'nodagi jismoniy tarbiya berish, madaniy - gigiyenik malakalarni shakllantirish, batar- tib hayot kechirish odatini singdirishga qaratilgan.
Bolaga ta’lim - tarbiya berishda amalga oshiriladigan har qanday ishning muvaffaqiyatli bajarilishi bolaning sogiig'iga bog'liq. Shuning uchun ko'pchilik pedagogik ishlar bolaning jismoniy imkoniyati va sog'lig'ini e'tiborga olgan holda amalga oshiriladi.
Bolaning jismoniy rivojlanishi uning har tomonlama uyg'un rivojlangan inson bo'lib o'sishida muhim ahamiyatga ega.
Sog'lom, jismonan baquvvat bolaning ish qobiliyati ham yuqori bo'ladi, sharoitga oson moslashadi, har xil topshiriqlar- ni osonlik bilan tez bajaradi.
In kindergarten, children begin to learn the value of physical activity. They should practice fitness while learning new movements and working to develop key social skills, including good sportsmanship. As physical education specialist Amy Kaiser explains, "There are skills to learn and games to play. Nothing can be accomplished unless the child feels safe enough to try something new.”Children should learn the importance of teamwork, as well. "Good sportsmanship in kindergarten is as simple and important as taking turns and recognizing others during a game," says Kaiser. "Children at this age learn to work in pairs and small groups and can learn to appreciate others," she adds
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar jismoniy faoliyat haqida tasavvurga ega bo'lishadi. Bolalarga amaliy jismoniy mashqlar asosiy ijtimoiy ko'nikmalarni rivojlantirish uchun yangi sport va harakatlarni o'rgatish kerak. Jismoniy ta'lim mutaxassisi Amy Kaiser shunday deydi: "Taiim olishning asosiy negizi bu o'yinlar o'ynashdir. Bola jismoniy faoliyat bilan shug'ullanish jarayonida o'zini xavfsiz his qilmas ekan. u hech bir vangi ishni
o'rganishga qo‘1 urmaydi". Bolalar, shuningdek, jamoaviy ishlashga o'rganishi kerak. Sportga ishqibozlik maktabgacha ta'limda oddiy bir o'yin ichida ham zarur bo'lgan eng asosiy negiz hisoblanadi deydi Amy Kaiser. Bolalar ushbu yoshida juft va kichik guruhlarga bo'Iinib o'ynashni va boshqalarni baholay olishni o'rganadi deb qo'shimcha qiladi Kaiser.
BSc Computer Science Go to hw.ac.uk/duhai Amy Kaiser 2015
Do'stlaringiz bilan baham: |