Shaxsga yo'naltirilgan yondashuv - pedagogning butun diqqat-e’tiborini bola shaxsining yaxlitligiga qaratilishi, uning nafaqat aql-zakovati, fuqarolik mas’uliyati hissi, balki emotsional, estetik, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish g'amxo'rlik qilishga yo'naltirilgan yondashuv.
Individual yondashuv - ta'lim beruvchining guruhdagi har bir faol harakati va dam olish paytida barcha ehtiyojlarini e'tiborga olish zarurligini anglatadi. Bu guruhdagi barcha material va jihozlar, umuman o'qitish muhiti har bir bolaning rivojlanishiga xizmat qilishini hamda mo'ljallanayotgan faoliyat turlari bolalar rivojlanishidagi farqni e'tiborga olishini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |