Diagnostiktahlilni muvaffaqiyatli o'tkazish uchun aksariyat hollarda bolalarning yakuniy mashg'ulotlari, jamoaviy (kichik guruhdagi) ishlaridan iborat tekshiruv topshiriqlari taqdim etiladi. Diagnostikaning bunday shakli pedagog vaqtini tejaydi. Dastur talablarini muvaffaqiyatli o'zlashtirish tarbiyalanuvchilarni mashg'ulot va erkin faoliyati mobaynida kuzatish jarayonida amalga oshiriladi.
Olingan ma’lumotlar to'rtta yo'nalish bo'yicha jadvalga kiritiladi. Bunda guruhdagi har bir bolaning yutuqlari ifoda etiladi. Pedagoglar ta’lim-tarbiya jarayonini, bolalar bilan individual ishni yo'lga qo'yishda nimalarga e'tibor berish lozimligini ko'rish imkoniga ega bo'ladi.
Har bir bo'lim ma’lumotlar jadvaliga kiritib boriladi. Bu esa ushbu guruh bo'yicha Davlat talablari bajarilishining miqdor va sifat jihatdan tahlilidir.
Xulosa qilib, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni baholash tizimi:
Har bir bola rivojlanishining dinamikasini kuzatib borish;
Ushbu ta’lim dasturining o'zlashtirish darajasi muvaffaqi- yatliligini baholash;
Har bir bola bilan ishlash istiqbollari va yo'nalishlarini belgilash imkoniyatini yaratadi.
Bunday diagnostiki bola rivojlanishini haqiqiy baholash, ta'limni rejalashtirish va pedagogning ta’limni amalga oshirishga tayyorlanish ma'lumot olish imkonini beradi. Natijalar ota-onalarning roziligi bilan ota-onalar qo'mitasi vakillari ishtirokida pedagogik kengashda muhokama etiladi. Bunda boshlang'ich sinf o'qituvchilari taklif etiladi. Erishilgan natijalar bolalarning maktab ta’limiga muvaffaqiyatli o'tishi uchun pedagog ishini rejalashtirishda qo'llanadi.
Pedagogik diagnostika maqsadlarni amalga oshirishda tarbiyachi tomonidan bolalarni kuzatish katta ahamiyatga ega. Kuzatish - bolalar rivojlanishidagi ijobiy o'zgarishlarni ularni tabiiy sharoitda (uyda, guruhda, ochiq maydonchada), kun davomida turli vaziyatda, butun yil davomida to'plangan ma'lumotlarni hujjatlashtirib borgan holda baholashning eng samarali va ishonchli usulidir. Pedagogning ishi ayni pedagogik kuzatuvdan boshlanishi zarur, chunki u bolani tushunishga, bolani tushunishdan esa - u va oila a'zolari bilan o'zaro aloqalarning strategiyasini tanlab olish imkonini yaratadi.