Maktabgacha pedag



Download 0,52 Mb.
bet99/233
Sana16.09.2021
Hajmi0,52 Mb.
#176168
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   233
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

aytganda interfaol o'yinlar orqali kelajakda har bir bola uchun zamin boigan ijobiy sifatlar shakllantiriladi. Interfaol o'yinlarni samarali o'tkazish uchun quyidagi qoidalarga e'tibor berish lozim:

  1. Mashg'ulot oldidan bolalar o'yin qoidalari va mazmunini qay darajada tushunganliklarini aniqlash.

  2. Bolalarning yosh xususiyatlari va bir-birlariga boigan munosabatlarini hisobga olish.

  3. Har bir bolaning qobiliyati va psixologik xususiyatlarini e'tiborga ohsh.

  4. O'yin jarayonida bolalarga qiziq bo'lgan materiallardan foydalanish.

  5. Diqqat va e'tiborni jalb etadigan uslublarni izlab topish.

  6. Bolalarga rollarni to'g'ri taqsimlash.

  7. O'yindan qanday maqsadda foydalanish mumkinligini bi­lish.

  8. O'yinning asosiy bosqichlari haqida tasawurga ega bo'lish va natijalarini prognoz qilish.

Pedagogik nuqtayi nazardan to'g'ri tashkil etilgan o'yin bola­ning axloqiy irodaviy xususiyatlarini shakllantirish bilan birga unda bilim olishga, atrofdagi olam sirlarini ochishga qiziqish uyg'otadi. Shuning uchun maktabgacha taiim muassasalarida o'yin texnologiyalaridan keng foydalanish kerak.

O'yinlar texnologiyasi tushunchasi pedagogik texnologi­yaning tarkibiy qismidir. O'yin texnologiyasi an’anaviy tarz- dagi o'yin metodidan o'zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak boigan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o'zaro bogiiqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafolati bi­lan farq qiladi.

Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, yuqoridagi nazariy asoslardan foydalanish maktabgacha ta'lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.



Tayanch tushunchalar:

Ijodiy o'yinlar - bolalarning mustaqil o'yini bo'lib, o'yin mazmunini bolalarning o'zlari o'ylab topadilar.

Didaktik o'yin - maktab yoshidagi bolalarning yoshi va imkoniyatlariga mos keladigan taiim berish metodi.

Nazorat uchun savollar:

  1. O'yin faoliyatiga ta'rif bering.

  2. O'yin turlari va ularning o'ziga xos xususiyatlarini yoritib bering.

  3. Bolalar o'yinchoqlariga qo'yiladigan asosiy talablar nimalardan iborat?

  4. Maktabgacha taiim tizimida o'yin texnologiyasining maqsad va vazifalari nimadan iborat?

  5. Interfaol o'yinlarning o'ziga xos tomonlari nimalardan iborat?

Mavzu yuzasidan test topshiriqlari:

  1. O'yin qanday turlarga boiinadi?

  1. ijodiy, qoidali

  2. syujetli-rolli, sahnalashtirilgan v) qurish-yasash, didaktik

g) harakatli, qoidali

  1. O'yin MTMlarda qaysi paytlarda o'tkaziladi?

  1. ertalab nonushtagacha, nonushtadan keyin

  2. mashg'ulot o'rtasida, uyqudan keyin v) sayr vaqtida

g] hamma javoblar to'g'ri

  1. O'yinchoqlarga qanday talablar qo'yiladi?

  1. pedagogik, gigiyenik, badiiy talab

  2. psixologik, gigiyenik talab v) pedagogik, psixologik talab g] estetik talab



  1. Harakatli o'yinlar qachon rejalashtiriladi?

  1. ertalabki va kechki sayr soatlarida kuniga 1-2 marta

  2. ertalabki gimnastika vaqtida v) kunning ikkinchi yarmida

g) mashg'ulotlar vaqtida

  1. Hozirgi pedagogik adabiyotlarda o'yinchoqlar qanday turlarga bo'linadi?

  1. syujetli, didaktik, qurish-yasash, sport, motorli

  2. texnika, harakatli

v) yumshoq o'yinchoqlar g) qurish-yasash





  1. BOB. MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLASH Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning nazariy asoslari

Respublikada maktabgacha ta’lim tizimi bo'yicha qabul qilingan Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari, "Ilk qadam” tayanch dasturi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashdek zarur ishni ta'minlaydi. Ya’ni, bu o'rinda maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab ishidagi izchillik katta ahamiyat kasb etadi. Bu izchillik ta'lim tizimining barcha bo'g'inlari orqali ta'minlanib, izchillikni amalga oshirishning mavjud imkoniyatlari, ta’lim tizimi va uning tarkibiy va g'oyaviy tuzilishi prinsiplari asosida amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta'limning maqsad va vazifalari tarbiyaning bolalar yosh xususiyatlari hisobga olingan umumiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib belgilanadi. Bu esa maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab o'rtasida izchillikni ta’minlashning asosiy negizi hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktabdagi ta’lim-tarbiya vazifa, shakl hamda metodlarining turli yosh bosqichlarida bola shaxsini har tomonlama shakllantirishni amalga oshirish maqsadlarida o'zaro aloqasini qaror toptirish izchillik ifodasi hisoblanadi.

Maktabgacha ta'lim muassasasi va maktab izchilligi quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

  • Maktabgacha ta'lim muassasasidagi ta'lim-tarbiyaviy jarayonda bolalarning umumiy rivojlanishining zaruriy darajasiga erishish uchun maktabga qo'yiladigan talablarga yo'nalganligi;

  • Bola shaxsini boshlang'ich ta'lim maqsad va vazifalariga muvofiq keluvchi sifat jihatidan shakllantirish.

Bunda asosan maktabgacha ta'lim muassasasi va maktabdagi pedagogik jarayonda ta'lim-tarbiyaning shaxsni uzluksiz yuksalib boruvchi shakllanishini ta’minlovchi yaxlit,





dinamik va istiqbolli tizimni amalga oshirish uchun sharoit yaratadi. Maktabgacha taiim muassasasi va maktab o'rtasidagi izchillikning qaror topishi tayyorlov guruhi bolalari va 1-sinf bolalalariga taiim-tarbiya berish sharoitlarini yaqinlashtiradi. Shunga ko'ra maktab taiimining yangi sharoitlariga o'tish bola uchun sezilarsiz boigan psixologik qiyinchiliklar bilan amalga oshiriladi. Bunda bolalarning yangi sharoitlarga tabiiy kirib borishlari ta’minlanadi, bu esa o'quvchilarga maktabga birinchi kelgan kunlaridan boshlaboq ta'lim-tarbiya berish samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Maktabgacha taiim muassasasi va maktabdagi butun pedagogik jarayonning bola shaxsini har tomonlama rivojlan­tirishga yo'nalaganligi ular o'rtasida taiim-tarbiya izchilligiga erishishning asosiy sharti hisoblanadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar egallagan xulq-atvor va kattalar va tengqurlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar shakl­lari, ma'naviy tasavvurlar va hissiyotlar boshlang'ich sinflarda amalga oshiriladigan axloqiy tarbiyaning o'quvchilarda rivojlantirishdagi ma'naviy xatti-harakat, ong, hissiyot va munosabatlarning zamini hisoblanadi.

Maktab - maktabgacha davrlarda shakllantiriladigan jamoatchilikxususiyatlarini sifat jihatdan yanada rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratadi, o'quvchi shaxsi jamoatchilikga yo'nalganligini qaror toptirishni ta'minlaydi. Maktab o'quvchilarda yuksak insoniy hissiyotlar: vatanparvarlik, mehnatsevarlik va milliy istiqlol g'oyalari, o'z vatani oldidagi o'z burchlarini his etish kabi hissiyotlar tarkib toptiriladi. Bularning asosini maktabgacha yillarda shakllantirilgan ota- onaga, oilaga muhabbat, kattalarga hurmat, tabiatni sevish, uni asrash kabilar tashkil etadi.

Maktab taiimida bolalarning estetik tarbiyasiga doir ishlar davom ettirilib, o'quvchilarda estetik tasavvurlar, voqelikni estetik ko'ra bilish chuqurlashtiriladi. Musiqa, tasviriy san'at darslarida, badiiy faoliyat turlarida amaliy ko'nikmalar takomillashtiriladi, ijodiy qobiliyatlari rivojlanadi. Axloqiy





munosabatlar, xulq-atvor etikasi tarbiyalanadi. Mehnat ahliga ijobiy munosabatni shakllantirish, malaka va ko'nikmalari shakllantiriladi. Mehnat ta’limidagi izchillik amalga oshiriladi, mustaqillik, uyushtira olish, tashkilotchilik kabilar rivojlanadi.

Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab dasturlarining izchilligi

Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktabda amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiyaviy ish mazmunini belgilovchi dastur aloqasi izchillik asosini tashkil etadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi va boshlang'ich sinflarning amaldagi dasturlarini qiyoslash ular o'rtasida ma'lum izchil aloqa borligini ko'rsatadi. Bu quyidagilarda namoyon bo'ladi:

  • Maktab va maktabgacha ta'lim muassasasi dasturlariga asos qilib olingan falsafiy va psixologik nuqtayi nazarlar birligi;

  • Ta'lim-tarbiyajarayonidagi prinsiplar birligi (mazmunning tarbiya maqsadi va vazifalariga muvofiqligi, ilmiyligi, ta’limning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi xususiyatlari);

  • Fanlar o'rtasidagi izchillik.

Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktabda ona tilining boshlang'ich kursini o'qitishga bolalar nutqini har tomonlama rivojlantirib borish g'oyasi asos qilib olingan. Maktabgacha ta’lim muassasasida lug'atni rivojlantirish, tovush madaniyatini shakllantirish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish, bog'lanishli nutqni shakllantirish, ijodiy hikoya qilish, badiiy adabiyot bilan tanishtirish, o'qish va savodga tayyorgarlik, oddiy tahlil va sintez qilish ko'nikmalari rivojlanadi.

Maktabda bu asosda yangi vazifalar hal etiladi:

  • Yozma nutq va harfiy yozuv malakalari shakllantiriladi;

  • Morfologik va sintaksis elementlar o'rganiladi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida boshlangan lug'at

boyligini yanada oshirish, nutqning ifodaliligi va mantiqiyligi ustidagi ish maktabda davom ettiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasasida elementar matematik bilimlarni rivojlantirish-





da - bolalarning mantiqiy tafakkurini va hisoblash malakasini o'stirish bo'yicha o'nlik tartibini aniqlash, yigirmagacha bo'lgan sonlarni to'g'ri sanash, misollarni raqamlar yozilgan kartochkalar yordamida ifodalab berish, bir amalli masalalarni qo'shish va ayirish orqali tuzish va yechish, shartli oichov yordamida predmetlarni oichash, yil va hafta kunlari, ularning ketma-ketligi, kundalik faoliyatlarini taqsimlash, vaqt, butun va qism haqidagi bilimlari maktabda takomillashtiriladi.

Maktabgacha taiim muassasasi va boshlang'ich sinflardagi tabiatshunoslik bilimlari har ikkala holatda ham organizm va muhit birligiga tayanadi. Jonli va jonsiz tabiat hodisalari, tabiat kishilar mehnatining bir-birini taqozo etishi shu asosda qaraladi.


Appears that the effective childminders in this study felt confident about their role in preparing their charges for school and see it as an important part of their job. Three separate strands appear in this preparation; familiarity, coping skills and early learning experiences presented through a number of pedagogical strategies that occur at varying levels of awareness Izlanishlar natijasida, tarbiyachilar bolalarni maktabga tayyorlab berishda o'zini juda katta hissasi bor deb hisoblashadi va bu ishga juda katta yondashuv bilan qarashadi. Har bir bilim darajasining o'sish davrida berilgan pedagogik strategiyalar natijasida uch xil tarzdagi qobiliyat yuzaga keladi: tanishish, uddalay olishlik va muddatidan oldin o'rganish tajribasi.

Researching Effective Pedagogy in the Early Years 7 Pedagogy 113


Maktabgacha ta'lim muassasasi va maktabda o'qitish izchilligi asosini tashkil etuvchi yagona nazariy yondashuvlar, dasturlar mazmunida, bolalalar imkoniyatlari va bilimlarining tuzilishlarini hisobga olib turlicha hal etiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilimlarining asosiy mazmunini atrof dunyo haqidagi xilma-xil tasavvurlarning keng doirasi va ayrim elementar tushunchalar tashkil etadi. Voqelikning turli sohalari haqidagi tasavvurlarning umumiy tizimi bolaga





dunyoni to'g'ri anglay olish va umumiy rivojlanishning zarur darajasini ta’minlaydi, bu esa zamonaviy ta’lim mazmunini egallashga katta imkoniyat yaratadi. Maktabda o'quvchilar bilimlarining mazmuni yuqori darajaga ko'tarila borib, voqelikning turli sohalariga oid bilimlarini yanada kengay tirish va chuqurlashtirish jarayoni faol sodir bo'ladi, ayni shu vaqtda o'quvchilar oldiga bilimlarni nazariy nuqtayi nazardan anglash masalasi ko'ndalang qo'yiladi.


Maktabning ta'limiy jarayonida o'quvchilarda ilmiy tushunchalarni shakllantirish bosh vazifa hisoblanadi. O'quvchilarning dunyo haqidagi bilimlarini tabaqalashtirish 1-sinfdan boshlab, fanni o'tishda, fan asoslarini maqsadli o'rganishda o'z aksini topadi. Bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish, tizimli hamda ilmiy tushunchalarni o'zlashtirishda o'qishda qo'llaniladigan metod va shakllarning ahamiyati kattadir.

O'qitish metodlardagi izchillikning sharti - ularni bolalar- ningbilim, malaka va ko'nikmalarini ongli, mustaqil egallashlari, bolalarni maktabda va maktabgacha ta'lim muassasasida ham aqliy qobiliyatlari va ijodiy faolliklarini rivojlantirishga yo'nalganligining birligidir. Maktabgacha ta’lim muassasasida qo'llaniladigan o'qitish metodi va usullari bolalarning keng aqliy hamda ma'naviy-irodaviy rivojlanishlariga yordam beradi va shu orqali ularning yangi mazmunini egallashga darsda o'qituvchi bilan murakkabroq o'zaro aloqa shakllariga tayyorgarliklarini ta'minlaydi. Mashg'ulotlarda tarbiyachining bolalarni bilish va amaliy faoliyatlariga rahbarlik usullaridagi bu istiqbollilik ikki tomonlama metodlardagi izchillik asosini tashkil etadi. Maktabdagi dars va maktabgacha ta'lim muassasasidagi mashg'ulot bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega, ammo shu bilan birga uyushtirilgan ta’limning asosiy shakllari sifatida ulargagina xos bo'lgan ichki umumiy xususiyatlar majmuiga egadir. Bularga: .

  • Mashg'ulot va darsning mazmunan dasturlashganligi va vaqt jihatdan cheklanganligi;




The early childhood centre

Viewed as a place for learning and instruction

Viewed as a I life space

Curriculum

development

Prescribed, detailing goals and outcomes

Broad guidelines, 1 with flexibility in implementation

Focus of programme

Focus on learning and skills useful for school readiness

Focus on working I with the whole child and his/her famil J


O'quv modeli maktabgacha taiimda soddalashtirilgan holda ilk bor Bennett tomonidan taqdim etilgan. Ushbu ma’lumot jadvalda berilgan.





Г” Erta bolalik L markazi

Ta'lim berish uchun iovni ko‘rib chiqish

Hayotga makon sifatida qarash

0‘quv dasturini ishlab chiqish

Berilgan mashg‘ulotda maqsad va natija

Katta qamrovli bilimni amalga oshirishdagi natija

Dastur diqqat markazda

Maktabga tayyorlash uchun ta’lim va ko‘nikmaga qaratiladi

Bola va uni oilasi bilan ishlashda aniq bitta maqsad


Researching Effective Pedagogy in the Early Years


Department of Educational Studies University of Oxford Bolalarning maktabda o'qishga tayyorgarligi

Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash bu - o'qitish samaradorligini oshirishdagi muhim jihat hisoblanadi.


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish