Maktabgacha pedag


Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan tanishtirish



Download 0,52 Mb.
bet87/233
Sana16.09.2021
Hajmi0,52 Mb.
#176168
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   233
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan tanishtirish

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni O'zbekiston Res­publikasi Konstitutsiyasi bilan yaqindan tanishtirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Dastlab, Konstitutsiya o'zi nima, nima uchun u Respublikamizning bosh qomusi hisoblanadi, uning mazmuni, mohiyati, inson va fuqarolarning asosiy holati to'g'risida tushuncha berilishi lozim.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidayuqoridako'rsa- tib o'tilgan masalalar o'z ifodasini topgan. Hamma huquqiy me'yorlar undan kelib chiqadi va unga bo'ysunadi.

"Konstitutsiya” so'zi lotin tilida ''Constitutio” - so'zidan kelib chiqib, "tuzish”, "o'rnatish”, "belgilash” degan ma’nolarni anglatadi. Dastlab, qadimgi Rimda jamiyatdagi ijtimoiy muno­sabatlar qonun asosida belgilangan bo'lib, u o'zining uzoq tarixiga ega. Jahonda birinchi Konstitutsiya 1787-yilda AQShda, 1831-yilda Belgiyada, 1874-yilda Shvetsariyada qabul qilingan.

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishganligining dastlabki yillarida o'zining Konstitutsiyasi qabul qilinishi o'zbek davlatchiligining rivojlanishiga asos bo'ldi. Mustaqillikdan avval O'zbekiston garchand suveren davlat deb atalgani bilan barcha masalalarni mustaqil hal eta olmagan. Konstitutsiya-





ning yaratilishi 1990-yilning iyun oyidan boshlangan bo'lib, bunda Respublikamiz olimlari, oliy kengash deputatlari, butun o'zbek xalqi ishtirok etdi va xalq muhokamasidan o'tib 1992-yil 8-dekabrda qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun umumxalq bayrami deb eion qilindi. Qabul qilingan Konstitutsiya mustaqil respublikamizning birinchi Asosiy Qonuni hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - xalqning maqsadini, istagini, davlat suverenitetini, ijtimoiy va davlat tuzilishini, xalqaro munosabatlarni, inson va fuqarolarning huquqiy holatini, davlat organlarining vakolatlarini, saylov tizimi va boshqa muhim masalalarni o'z ichiga olgan.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan tanishtirishdan maqsad

  • o'zi istiqomat qilayotgan davlati, xalq irodasi va uning manfaatlari, milliy davlat, uning ma'muriy-hududiy tuzilishi, milliy davlat ramzlari, fuqarolarning burch va majburiyatlari, unda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analarini hurmat qilish, xalqimizning tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab-asrash, onalik va bolalikni davlat tomonidan muhofaza qilinishi, har kimning bilim olish va huquqlardan foydalanishi, jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari saylov, referendum, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, inson erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari to'g'risida tushuncha berish orqali bolalarga huquqiy ta'lim va tarbiya berishdan iborat.

Maiumki, maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga ta'lim-tarbiya berish "Ilk qadam” dasturi asosida olib boriladi.

Bolalarga huquqiy tarbiya berish jarayoni asosan o'rta guruhdan (3-4 yosh) boshlanib, unda bolalarga Konstitutsiya saboqlari asosida ilk huquqiy tushuncha berish, bolalarda ularning umumiy Vatani - O'zbekiston haqida tasavvur uyg'otish, o'zi tug'ilib o'sgan joyiga muhabbat tuyg'usini uyg'otish, o'z shahar, qishloq, mahalla va ko'chasi haqidagi





bilimlarini kengaytirish, o'zi yashash joyidagi me’morchilik yodgorliklari, chiroyli qurilishlarga qiziqish uyg'otish, ularning nomlarini toiiq aytishga o'rgatish vazifalari qo'yiladi.

Katta guruhda (4-5 yosh) - bolalarda mustaqil O'zbekiston davlati haqidagi tushunchalarini kengaytirish, Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlari, "Buyuk Ipak yo'li" haqida qisqacha ma’lumot berish, O'zbekistonning mustaqilligi, gerbi, bayrog'i, madhiyasi haqidagi bilimlari shakllantiriladi. O'zbekiston madhiyasini ijro eta olishga o'rgatiladi. O'zbe­kiston Respublikasi Prezident tomonidan boshqarilishi, O'zbekistonning poytaxti Toshkent shahri ekanligi haqida tushuncha beriladi. Bolalarning o'z tug'ilgan yurtiga mehr- muhabbat hissini shakllantirish, milliy g'ururni tarbiyalash, "Konstitutsiya saboqlari” asosida ilk tushunchalar beriladi.

Maktabga tayyorlovguruhi (6-7 yosh) - Bolalarning mustaqil O'zbekiston haqidagi tasavvurlarini boyitish, O'zbekistonning qadimiy shaharlari va Buyuk Ipak yo'li haqida "Konstitutsiya saboqlari” asosida tushunchalar beriladi. O'zbekiston Respublikasini himoya qilish har bir fuqaroning burchi ekanligi, tabiatga va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda boiishga majbur ekanliklari, o'z sha'ni, qadr-qimmati va erkinliklari to'g'risidagi huquqiy bilimlarga ega boiadilar. Maktabgacha taiim muassasalarida bolalarni Konstitutsiya bilan tanishtirishda eng asosiy g'oya - Mustaqillik g'oyalarini aks ettirilishi muhim hisoblanadi. Bunda "O'zbekiston - mening Vatanim”, "Konstitutsiya asosiy qomusimiz", "Qonun muqaddas”, "Mustaqillik bayrami" mavzularida suhbatlar o'tkazib, bolalarda dastlabki tasavvur va tushunchalar hosil qilinadi.

  • O'zbekistonda davlat tili - o'zbek tilidir degan modda bilan tanishtirish, Tushunchalar berishda - "Til - millatning ulkan va bebaho boyligi" mavzusida suhbat o'tkazish orqali davlat tili va uning qabul qilinishi bilan bog'liq boigan maiumotlar beriladi. Ulug' bobomiz A.Navoiy o'zbek tilining "asoschisi" haqida bilimlar, davlatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari





istiqomat qilishi, ularning yashashi va o'sib-ulg'ayishi uchun hamma bilan teng sharoitlar yaratilganligi, bu millatlarning tillari, urf-odatlari va an'analarining o'zbek xalqi tomonidan hurmat qilinishi, bu millatlarning xohishi bo'yicha o'zi istagan tilda ta'lim olishlari mumkinligi to'g'risida tushuncha beriladi.

O'zbekiston Respublikasi davlat ramzlari Vatanimizning milliy g'ururi, o'zligimizni namoyon etuvchi, millatimiz sha’ni va obro'sini butun jahonga namoyon etishdagi faxrimiz- iftihorimizdir. Davlat ramzlaridan davlat bayrog'i (1991-yil 18- noyabr), davlat gerbi (1992-yil 2-dekabr), madhiya (1992- yil 10-dekabr) qabul qilinganligi, ularning tuzilishi, unda aks etgan ranglar va tasvirlar, belgi va ishoralar bilan tanishtiriladi. Mujassam mashg'ulotlar (nutq o'stirish, tasviriy faoliyat, atrof olam) orqali tushunchalari kengaytiriladi, davlat madhiyasini baralla kuylab olishga o'rgatib boriladi.

  • O'zbekiston Respublikasining poytaxti - Toshkent shahri. 8-modda shaharning tarixiy, diqqatga sazovor joylari, ta'lim maskanlari va bolalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan, shuningdek, o'zi tug'ilib o'sgan shahar, qishloq, mahalla va ko'chalar, yashash joyidagi tarixiy, madaniy-ma'naviy yodgor- lik, ularning nomlarini to'liq aytishga o'rgatib boriladi. Bunda "Ona shahrim Toshkentim", "Samarqand - qadimiy shahar”, "Buxoro shahri"," O'zbek xalqining milliy san'ati", “Xiva shahri”, "Buyuk Ipak yo'li", "Mening mahallam” haqida suhbatlar o'tkazilishi maqsadga muvofiqdir.

  • Maktabgacha yoshdagi bolalarni - O'zbekiston xalqini millatidan qat'iy nazar, O'zbekistonning fuqarolari tashkil etadi deb nomlangan 8-modda bilan tanishtirishda etnik, diniy yoki til jihatdan boshqa millatga mansub kishilar O'zbekistonda istiqomat qilayotgan bo'lsalar, ular O'zbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanishi, ularning o'z diniga e'tiqod qilish va uning rasm-rusumlarini bajarish va o'z ona tilidan foydalanish huquqi rad etilmaganligi haqida ma’lumot beriladi.

  • O'zbekiston Respublikasi demokratik davlat bo'lib, u umuminsoniy prinsiplar asosida unda yashayotgan har bir





inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, sha'ni va boshqa daxlsizhuquqlari oliy qadriyat bo'lib hisoblanishi to'g'risida fikr yuritilganda, inson shaxsining sha'ni va qadr-qimmati huquq va erkinliklariga nisbatan davlatimiz tomonidan qilinayotgan g'amxo'rlik, adolat va tinchlikni ta’kidlash, do'stlik va birdamlik ruhida tarbiyalashni ta'minlash masalalari, ijtimoiy va huquqiy tamoyillar to'g'risida tushuncha beriladi.

  • Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlangan, har bir inson xohlagan diniga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega - (31- modda) degan moddani tushuntirishda davlatimiz har bir bolaning fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqini hurmat qilinishini ta’minlanishini, bolalar ota- onalar istaklariga muvofiq holda din tanlash, vijdon erkinligiga, hamda erkin fikrlash huquqlariga ega ekanliklari to'g'risida ma'lumot beriladi. O'z dini yoki e'tiqodlarini targ'ib qilish erkinligi faqat qonunda belgilangan hamda davlat xavfsizligi, jamoat tartibini, aholining ma’naviyati yoki sog'lig'ini saqlash yoki boshqa shaxslarning asosiy huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun zarur hisoblangandagina cheklanishi mumkin.

  • Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko'rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir - deb nomlangan 37-moddasini tushuntirishda bolalarda kattalar mehnatiga hurmat va qiziqish hissini uyg'otish va tarbiyalash va umumlashtirish, ishlab chiqarish korxonalari, qurilish, dalalar va boshqa sohalarda qilinayotgan mehnat haqida bilimlarini takomillashtirish, o'zbek xalqining milliy hunarmandchilik, duradgorlik mehnati bilan tanishtirish, tarbiyachi, enaga, oshpaz, bog'bon va kasb egalari mehnatlariga nisbatan minnatdorchiliktuyg'ularini tarbiyalash, mashinasoz, tikuvchi, novvoy, oshpaz, o'ymakor, haydovchi, o'qituvchi, shifokor va boshqa kasblar bilan tanishtirish jarayonida kelajakda qanday kasb egasi boiishlariga zamin tayyorlanadi. O'zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligida mehnat qilish huquqi 16 yoshdan deb belgilangan.





  • Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega (40-modda). Davlatimiz tomonidan sog'liqni saqlash tizimini takomillashgan xizmatlar turlari tashkil etganligi, bolalar eng yuqori darajadagi andozadagi tibbiy yordam olish huquqiga, sog'liqni himoya qilish xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega ekanliklari haqida ma'lumot beriladi, Shuningdek, bola tug'ilmasdan avvalgi ona va bolaga ko'rsatilayotgan g'amxo'rliklar, sharoitlar, raqamlar va bolalar o'limini oldini olish chora-tadbirlari, tibbiy-sanitariya yordamini rivojlantirish omillari, bolalar to'yimli ovqat va toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishi, atrof muhitni tozalash, tug'ruq yoshidagi ayollarga ko'rsatiladigan g'amxo'rlik, yordam ishlari, maktabgacha ta'lim muassasasidagi bolalarga ko'rsatilayotgan tibbiy yordam, shifokor, hamshira ishlari to'g'risida batafsil ma'lumot va tushunchalar berilishi lozim.

  • Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat tomonidan nazoratidadir - deb nomlangan 41-modda bilan tanishtirishda har bir bola ilm olish huquqiga egaligi hamma uchun teng imkoniyatlar yaratilganligi, bu jarayon maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlanganligi va quyidagi bosqichlarda davom ettirilishi:

  • Bepul va majburiy umumiy ta'lim;

  • Bepul o'rta maxsus ta’lim.

Shuningdek, bola o'z qobiliyatiga ko'ra oliy ma'lumotli bo'lish huquqiga ega. Davlat tomonidan barcha zarur vositalar, shart- sharoitlar yaratilganligi, o'qitishning zamonaviy usullarini qo'llash, axborottexnologiyalarini ta'lim jarayonidaginatijasini ommalashtirish, bolalarning maktabga muntazam borishlari, maktab intizomi, bolaning insoniylik qadr-qimmatini hurmat qilish kabi huquqlari haqida tushuncha beriladi.

"1-sentabr - Bilimlar kuni" deb bayram qilinishi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 1-sinfga qadam qo'ygan bolalar bepul o'quv-qurollari bilan ta'minlanishi, kutbxonalar



barcha manbalar bilan ta’minlanganligi to'g'risida fikr yuritiladi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XI bobida fuqarolarning burchlari va majburiyatlari yoritilgan bo'lib, bunda:

  • barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo'yilgan burchlarini bajaradilar - deb nomlangan 47-moddada - maktabgacha yoshdagi bolalarga "burch" iborasining mazmuni bilan tanishtirishda o'z Vatani, uning milliy an’analari va odatlariga hurmat bilan qarash, odob bilan muloqotga kirisha olish (salomlashish, xayrlashish, minnatdorchilik bildirish), ota-onalari va Vatan oldidagi burchlarini his etish, ularga g'amxo'rlik va parvarish qilish kabi fazilatlarni o'rgatishda tarbiyachi bolalarda muloyimlilik, e'tiborlilik, qat'iyat, sabr- toqat va o'zaro mehrni tarbiyalashi, yuzaga chiqarishi lozim. Buning uchun "Ota-onaga hurmat", "Burch", "Yaxshilik", "Me­ning majburiyatlarim" kabi mavzularda suhbatlar uyushtiri­ladi.

  • Fuqarolar O'zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab-asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir (49-modda).

Bunda O'zbekiston hududidagi tarixiy obidalar, qadimiy yodgorliklar haqida tushuncha beriladi. Bolalar qalbida o'z xalqiga, uning boy merosiga hurmat va muhabbat tuyg'ulari tarkib toptiriladi.

Taiim-tarbiyaviy jarayonlarda: "Vatanimiz ziyoratgohlari", "Shahidlar xotirasi maydoni’’ga sayohat uyushtirilishi maqsad­ga muvofiqdir. Ma'naviy yodgorliklar o'zbek xalqining og'zaki ijodi namunalari asosida bolalar ongida bularni asrab avaylash tushunchalari tarbiyalanadi. Bola o'zi yashayotgan shahar va qishlog'i, ko'chasidagi madaniy yodgorliklar haqida tasavvur hosil qilinishi, bolalar tariximiz va buyuk Sharq allomalarining hayoti va ijodi bilan tanishtiriladi.

  • Fuqarolar atrof-tabiiymuhitgaehtiyotkoronamunosabatda bo'lishga majburdirlar (50-modda).





  • Yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish, zarur va ular davlat muhofazasidadir (55-moddaJ.

Bolalarda tabiatdagi go'zallikdan zavq olishni tarbiyalash orqali ular ongida tabiatga zarar yetkazmaslik, ekologiyani zararlamaslik, tevarak-atrofni iflos qilmaslik, o't-o'lanlarni bosmaslik, daraxt shoxlarini sindirmaslik, hayvon va qushlarga ozor bermaslik, uyalarini buzmaslik va boshqalarni bolalar ongiga singdirish kerak. Bolalarda ekologik madaniyatni tarbiyalash, davlatimiz tomonida ekologiya va tabiatni muhofaza etish, "Suv va suvdan foydalanish”, "Yer osti boyliklari hayvonot dunyosini muhofaza etish va undan oqilona foydalanish”, "O'simlik dunyosini muhofaza etish” borasidagi chora-tadbirlar haqida tushuncha beriladi.

Ta'lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda: "Park” va "Bog'cha”ga sayr, "Dunyodagi eng asosiy narsa suvning xususiyatlari bilan tanishtirish", o'simlik va hayvonlar haqidagi videoroliklar namoyish etish, "Qizil kitob” muhofaza ramzi ekanligi haqida suhbat tashkil etish orqali tabiatga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo'lish ko'nikmalari shakllantirib boriladi.

  • O'zbekiston Respublikasini himoya qilish - O'zbekiston Respublikasi har bir fuqarosiningburchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy va muqobil xizmatni o'tashga majburdirlar - deb nomlangan 52-moddada bolalarda harbiy qo'shin, milliy armiya to'g'risida tasavvur hosil qilish, ularga nisbatan qiziqish uyg'otish orqali Vatan muhabbati va uni ko'z qorachig'idek saqlash hissi tarbiyalab boriladi. Bolalarning millat tarixiga qiziqishini shakllantirish maqsadida Amir Temur - yirik davlat arbobi, mashhur sarkarda bo'lganligi haqida ma’lumot berish. Shuningdek, "14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni”, "jaloliddin Manguberdi”, "Ona yurt himoyachilari - milliy qahramonlarimiz” mavzularida suhbatlar tashkil etiladi.





Bosh qomusimizda jamiyatning asosiy bo'g'ini bo'lgan "Oilaga" maxsus bob ajratilgan bo'lib, unda davlatimiz tomoni­dan oilaga, farzandlarga ko'rsatilayotgan yordam, yetim bolalar va vasiylikka olingan bolalarga ularni boqish, tarbiyalash, o'qitish jarayonlaridagi ota-ona va farzandlarning huquq va burchlari, voyaga yetgan va mehnatga layoqatli farzandlar o'z ota-onalari haqida g'amxo'rlik qilish majburiyatlari haqida tushuncha beriladi. Ya’ni, har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o'z ota-onasini bilish, ularning g'amxo'rligidan foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga egadir. Ota-ona o'z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shartligi, bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ularning ota- onasi zimmasiga yuklatiladi. Bu modda bilan tanishtirishda bevosita "Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya" va ''Oila Kodeksi" dan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasi

  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti - davlat boshlig'i hisoblanadi va ayni vaqtda ijro etuvchi hokimiyatga va nafaqat uning markaziy bo'g'iniga, balki respublikaning barcha ijro etuvchi tizimiga rahbarlik qiladi. Davlat boshlig'i sifatida u hokimiyatning barcha tarmoqlariga boshchilik qilib, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi. Prezidentimiz davlatimiz tinch- ligi, obro'si, shon-shavkatini butun jahonga tanitishdek ulkan mas'uliyatni amalga oshirayotgan, xalqimiz turmush farovonligi, ulg'ayayotgan yosh avlod kelajagini ta’minlashdek ulkan vazifalarni amalga oshirayotganligi to'g'risida to'liq ma'lumotlar berilishi lozim.

Maktabgacha taiim muassasalarida bolalarga huquqiy tarbiya berishni tashkil etishda “Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya”dan foydalanishning ahamiyati

Bizning davlatimiz o'z farzandlarini mas'uliyatni his etadigan munosib fuqarolar bo'lib o'sishlari va ularni jamiyat taraqqiyotiga o'z ulushlarini qo'shishlariga katta





umid bog'lagan. O'zini shaxs sifatida to'liq anglash, odob- axloq me'yorlariga rioya qilish, o'z haq-huquqlarini bilish va xatti-harakatlarini to'g'ri baholay olish, o'zini va kattalar, tengdoshlarini hurmat qilish, o'z qadr-qimmatini bilish, o'z madaniy an'analari va milliy qadriyatlariga nisbatan g'urur, hurmat, qiziqish tuyg'ularini tarbiyalash vazifalari aynan maktabgacha yoshdan boshlanadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish jarayonida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab berilgan qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining ustuvorligini, huquqiy demokratik davlat barpo etishda yoshlarni qonunga bo'ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy bilimi, madaniyati va ongi shakllantirib boriladi.

Ma'lumki, yer yuzidagi barcha rivojlangan davlatlar yoshlarni jamiyat va mamlakat hayotida faol ishtirok etishini istaydi. Bolalar ulg'ayib borish jarayonida jamiyat hayotida faol ishtirok etish uchun barcha imkoniyatlarning hammasiga ega bo'lib borishlari, hamda hayotning muhim yechimlari mas'uliyatini his qilgan holda ularni o'z zimmalariga olishga tayyor bo'lishlari lozim.

"Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya"ni o'rganish - aynan mana shu masalani hal etishdagi eng muhim va to'g'ri qadam hisoblanadi.

Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya" - bu butun jahon bolalariga xos bo'lgan bolalar huquqi haqidagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining bitimidir.


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish