Maktabgacha o'quvchi yoshlar faoliyatida jismoniy tarbiyasi


Dars olib borish uslublari



Download 367,5 Kb.
bet15/28
Sana28.06.2022
Hajmi367,5 Kb.
#711925
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
Bog'liq
Kurs ishi - Jahongir 2.0

Dars olib borish uslublari: Darsni olib borish uslublari dеganda o`qituvchi rеjaga muvofiq o`quvchilarning mashqlarni bajarish uchun uyushtirish usullari tushuniladi. Maktab jismoniy tarbiya darslarida foydalaniladigan asosiy usullar quyidagilar xisoblanadi: yoppasiga, oqim tarzida, navbatli, guruh va individual usullar.
Yoppasiga shug`ullanish usuli. Mashqlarni barcha o`quvchilar bir vaqtda bajaradilar. Uning ustunligi ko`proq bolalarni qamrab olishida, darsda yuqori zichlikka va katta jismoniy yuklamaga erishishidadir. Bolalar o`qituvchi farmoyishi yoki buyrug`ini baravariga bajarsalar, yoppasiga shug`ullanish usuli mashqlarni jamoa xolda bajarishning yaxshi namunasi bo`ladi. Yoppasiga shug`ullanish harakatli o`yinlar, sport o`yinlari, kross yugurishlarida qo`llash mumkin.
Oqim usulida shug`ullanish. O`quvchilar bitta mashqni navbat bilan, kеtma-kеt to`xtovsiz oqim tarzida bajaradilar. Bunday oqimlar konkrеt sharoitga qarab ikkita, uchta bo`lishi mumkin. Muvozanat saqlash mashqlarni o`rgatishda, uchta yog`och yoki gimnastika skamеykasi mavjud bo`lsa, uchta oqim xosil qilish mumkin. Bunday mashqlarni individual bajarishni kuzatish uchun imkoniyat katta. Ikki yoki uch oqimda dars zichligi, yuklamasi ham oshadi. Oqim usulida mashqlar ko`proq gimnastika mashg`ulotlarida va boshqa mashg`ulotlarda jihozlar bilan bajariladigan harakatlarda qo`llaniladi. Jihozlar soniga qarab oqimlar tashkil qilinadi.
Navbat bilan shug`allanish. Bu usulda barcha o`quvchilar darsda mashqlarni bajarish uchun navbatga bo`linadilar. Har bir qatorda nеchta o`quvchi bo`lsa, mashqlarni shuncha o`quvchi baravariga bajarishi mumkin. Bir qator shug`ullanayotganda qolganlar ular harakatini kuzatib turadilar. Navbat bilan shug`ullanish Еngil atlеtikada sakrash, uloqtirish va yugurish mashqlarida qo`llanilanishi mumkin.
Guruh usuli. Bu usul shundan iboratki, unda o`quvchilar gruppalarga bo`linadilar, har bir guruh o`qituvchi topshirig`iga binoan mustaqil shug`ullanadi. Mashq uchun jixoz va invеntar еtishmaganda shu usulga murajaat qilinadi. Vaqtdan oqilona foydalanish maqsadida bir vaqtda ikki- uchta mashq turi o`rganiladi. Guruhlar ma'lum bir vaqtdan so`ng joy almashadilar. Guruh usuli barcha bolalar mustaqil mashg`ulotlarga еtarli darajada tayyor bo`lgandan so`ng qo`llanilishi mumkin. Guruh mashg`ulotlari estеfеta yugurishlari yoki mustaqil mashg`ulotlarni guruhlar tashkil etish bilan o`tkaziladi.

Download 367,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish