O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor ________________D.U.Ergashev
2019 yil “___” _________
MAKTABGACHA OLIGOFRENOPEDAGOGIKA VA MAKTABGACHA TARBIYA MAXSUS METODIKASI
FANINING
ISHCHI O‘QUV DASTURI
4 kurs
Bilim sohasi:
Ta`lim sohasi:
Ta’lim yo’nalishi:
|
100000 – Gumanitar soha
110000 – Pedagogika
5111900 – Defektologiya
|
№
|
Mashg‘ulot turi
|
Ajratilgan soat
|
Semestr
|
|
VII
|
|
|
1.
|
Nazariy (ma’ruza)
|
|
|
40
|
|
|
2.
|
Amaliy
|
|
|
44
|
|
|
3.
|
Mustaqil ta’lim
|
|
|
52
|
|
|
4.
|
Kurs ishi
|
|
|
+
|
|
|
|
Jami auditoriya
|
|
|
84
|
|
|
|
Umumiy о‘quv soati
|
|
|
136
|
|
|
Toshkent – 2019
Fanning ishchi o‘quv dаsturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 201__-yil “____”___dagi ___-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan namunaviy o‘quv dasturi asosida ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
Nurkeldieva D.A.
Hamidova M.Р.
Taqrizchilar:
D.A.Nazarova
|
TDPU “Oligofrenopedagogika” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi
TDPU “Олигофренопедагогика” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi
A.Avloniy nomidagi XTTRMQTMOI “Korrektsion ta’limni tashkil etish va boshqarish kafedrasi” dotsenti, p.f.n.
|
M.Xo‘jaeva Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 66-sonli ixtisoslashtirilgan maktab direktori
|
|
TDPU Maxsus pedagogika
fakulteti dekani:
2019 yil “_______” ______________________________ Mamatqulov D.A.
Oligofrenopedagogika
kafedrasi mudiri:
2019 yil “_____ ” _________________________________ Xamidova M.P.
Fanning ishchi o‘quv dаsturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2019 yil “ ___” ____dagi“ ___” - sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
1.О‘quv fani о‘qitilishi bо‘yicha uslubiy kо‘rsatmalar
Ushbu ishchi o’quv fan dasturi talabalarni maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilan maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida olib boriladigan korrektsion-tarbiyaviy ishlarning mazmuni, ularni tashkil etish va bu ishlarning xususiyatlarini urgatish, maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni tarbiyalashning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan.
Fanni o’qitishdan maqsad: talabalarni aqliy nuqsonga ega bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan korrektsion-pedagogik ishlarning tizimi, tamoyillari, yo’nalishlari bilan tanishtirish hamda talablar tomonidan maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida nutq o’stirish, tevarak-atrof bilan tanishtirish, oyin, elementlar matematik tasavvurlarini shakllantirish, tasviriy faoliyat mashg`ulotlarini tashkil qilish, aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korrektsion-pedagogik ishlarning xususiyatlarini o’rgatishdan iborat.
Fanning vazifasi: aqli zaif bolalarni tarbiyalashning nazariy va amaliy asoslari bilan talabalarni tanishtirish, aqli zaif bolaning korrektsion rivojlanishida maktabgacha tarbiyaning ahamiyatini ochib berish, talabalarni ilg’or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va tahlil qilishga o’rgatishdan iborat. Shuningdek maktabgacha tarbiya maxsus metodikasida fanning nazariy va amaliy asoslari bilan talabalarni tanishtirish, amaliy mashg`ulotlar jarayonida aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korrektsion-pedagogik ish boyicha talabalarda ko’nikma va malaka hosil qilish, mashg`ulotlar o’tkazishni nazariy asoslab berish, mashg`ulotlar uchun qo’llanmalar va didaktik materiallar tayyorlash va ulardan foydalanishni o’rgatishdan iborat.
“Maktabgacha oligofrenopedagogika va maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi” fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- Maktabgacha oligofrenopedagogika fani maxsus pedagogikaning tarkibiy qismi ekanligi;
- Maktabgacha oligofrenopedagogikaning ijtimoiy ahamiyati;
- Ilk va maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar ta'lim tizimining kontseptual asoslari;
-Maktabgacha tarbiya yoshidagi aqli zaif bolalalar ta'lim – tarbiyasining mazmunini
bilishi kerak;
- Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalariga bolalarni saralash;
- Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida metodik ishlarni tashkil etish, rejalashtirish;
- Ta'lim – tarbiya jarayoniga bolalardagi nuqsonning tuzilishini hisobga olgan xolda differentsial va individual yondashish boyicha ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak;
- Maktabgacha oligofrenopedagogikaning predmeti, maqsad va vazifalari, ilmiy – tadqiqot metodlari;
- Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida korrektsion ta'lim – tarbiya jarayonini tashkil etish xususiyatlari;
- Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida korrektsion ta'lim – tarbiya jarayonini tashkil etish tamoyillari, metodlari va shakllari;
- Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarning boshqaruv tizimini bilishi hamda amalda foydalana olish malakalariga ega bo’lishi kerak
Maktabgacha oligofrenopedagogika va maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi fani ixtisoslik fani hisoblanadi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan umumiy pedagogika, psixologiya, oligofreniya klinikasi, nevropatologiya, psixopatologiya, oligofrenopsixologiya, oligofrenopedagogika, surdopedagogika, surdopsixologiya kabi qator fanlardan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.
Maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
Bolalarda nutq faoliyatining yuzaga kelish xususiyatlari, aqli zaif bolalar nutqining o’ziga xos xususiyatlari haqida, aqli zaif bolalarda tovush madaniyatini tarbiyalash, lug`at ishi uslubiyati, aqli zaif bolalarning nutqini grammatik jihatdan to’g`ri o’stirish, so’zlashuv va gapirib berishga o’rgatish, aqli zaif bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishitirish, atrofdagi predmetlar olami, jonli va jonsiz tabiat, ijtimoiy hayot hodisalari bilan tanishtirish, aqli zaif bolalar hayotida oyinning roli, aqli zaif bolalar oyininng o’ziga xos xususiyatlari, aqli zaif bolalarning oyinini rivojlantirish boyicha ish mazmuni va ularni tashkil etish, aqli zaif bolalarda miqdoriy tasavvurlarini shakllantirish, vaqt haqidagi tushunchasini shakllantirish, geometrik shakllar haqidagi tushunchalarni rivojlantirish, turli yosh guruhlarida tasviriy faoliyat mashg`ulotlarini tashkil etish usullarni bilishi kerak;
mashg`ulotlar davomida aqli zaif bolalarning rivojlanishidagi kamchiliklarni korrektsiyalash ko’nikmasiga ega bo’lishi kerak;
maxsus muassasalarda nutq o’stirish, tevarak atrof bilan tanishtirish, oyinga o’rgatish, elementar matematik tasavvurlarni, tasviriy faoliyatni shakllantirish boyicha metodik ishlarini tashkil etish va rejalashtirish malakalariga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |