Dekabr
1-mashg’ulot
Mavzu: “Qish” mavzusida tasviriy hikoya tuzishga o’rgatish
Maqsad:
Voqeani tasvirlashda sodda va yoyiq gaplarni qo’llashga o’rgatish.
Vazifalar:
Bog’langan nutqni rivojlantirish.So’zlayotganda to’g’ri nafas olishni rivojlantirish. Jumlalarni, tovushlarni aniq aytish, ovoz ohangini to’g’ri qo’llash. “N” tovushini to’g’ri talaffuz qilish ustida ishlash.
Kutilayotgan natijalar:
Bolalarning bog’langan nutqi rivojlanadi.
Bolalar jumlalarni, tovushlarini aniq aytishni, ovoz ohangini to’g’ri qo’llashni o’rganadilar. “N” tovushini to’g’ri talaffuz qilish malakasi hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |