Mushukcha
D. Ikromova
Mushukman epchil, chaqqon,
Mendan qutilmas sichqon.
Bering menga sut, qaymoq,
Bo’lamiz qalin o’rtoq.
Qaymoq qolmagandir-ov,
Eh! Afsus, miyov-miyov.
O’rta, nomsiz va bosh barmoq birlashtiriladi. Ko’rsatkich va jimjiloq barmoqlar yuqoriga ko’tariladi.
“Ovoz ohanggini top” o’yini
Stol ustida sigir, buzoq, echki, qo’y, sichqon. Men o’yinchoqni ko’rsataman, siz tovushlarini aniqroq talaffuz qilib aytasiz.
Savodga tayyorlash bo’yicha amaliy mashq
“Tez aytishni –ko’p aytish” o’yini
Soatsoz soatni sozladi.
Tez aytishni, qattiq, sekin va pichirlab ayttirish
“S” tovushiga “So’z toping” o’yini.(soat, savat, sabzi...) “S” tovushining o’rnini aniqlashni mashq qilish.
Mashg’ulot yakunida barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantirish.
8-mashg’ulot
Mavzu: Asarni qayta hikoya qilish.A. Avloniy. «Quyon va tipratikan»
Do'stlaringiz bilan baham: |