Kutilayotgan natijalar:
Bolalarning bog’langan nutqi va tovush madaniyati
rivojlanadi.Bolalarda ijodiy, mustaqil fikrlash va buni nutqda
ifodalash ko’nikma hamda malakalari shakllanadi. Unli tovushni qanday talaffuz etilishini mashq qiladilar.
Kerakli jihozlar:
Hayvonlar tasviri
Ertakni sahnalashtirish uchun liboslar
Mashg’ulotning borishi.
Tarbiyachi: “Bugun bolalar, men sizga ikkita o’jar echki haqidagi ertakni o’qib beraman.
(Tarbiyachi ertakni o’qib beradi).
Ertak bo’yicha savollar:
1. Kunlardan bir kuni qanday voqea yuz beribdi?
2. Echkilar nima qilishibdi?
3. Echki qanday qilib do’q qilibdi? Ohangini keltirib
aytib bering.
4. Ikkinchi echki qanday do’q bilan javob beribdi?
Ohangini keltirib aytib bering.
5. Echkilar uchrashuvi nima bilan tugabdi?
Endi kim ertakni boshidan qayta hikoya qilib beradi?
(3-4 bola javoblari).
Do'stlaringiz bilan baham: |