2. Raqs harakatlariga qo‘shiq aytishga musiqa tinglashga ,musiqa asboblarida ijrochilikka o‘rgatish usullari va yo‘llari.
Bolaning harakat faolligi kun sayin rivojlanib boradi. Boshda kichkintoyning harakati musiqaga unchalik moslashmaydi. Muntazam otkazilib boriladigan mashqlar jarayonida unda oziga koproq ishonish, musiqa ohangi ostida aniqroq harakatlar qilish, oz qobiliyatini namoyon qilishda mustaqillik xislatlari paydo boladi. Birinchi mashgulotlarda harakatlarning musiqa xarakteriga boglanishi unchalik ham qovushimli chiqmaydi, ammo shuni baholab otish kerak. Tarbiyachi bolaga faqat musiqa yangragandagina harakatga kirishish kerakligini aytadi.
Asta-sekinlik bilan bolalar musiqali asarning shaklini anglashgacha borib yetadilar, ular musiqali asarning ikki qarama-qarshi qismini his qila oladigan, avval pedagogning korsatishi bilan, keyinchalik mustaqil ravishda musiqa asosida oz harakatlarini ozgartiradigan boladilar.
Ikki yoshdagi kichkintoylar kopincha korsatishga muhtojlik sezadilar. Keyinchalik ularning ayrimlari pedagog bilan birga, faolroqlari esa pedagogning korsatishi bilan hamda mustaqil ravishda harakat qila boshlaydilar. Qolganlari ularga ergashib harakat qiladilar. Uch yoshli bolalar oyin, raqs, mashq musiqalarini ajrata olishlari mumkin. Pesani tinglaganlaridan keyin ulardan nima qilishlari lozimligini sorash mumknn. Bolalar: oyinga tushish, yurish, sakrash va hokazolar deb javob qiladilar. Bu ularning ongli ravishda ishonch bilan harakat qilishlariga imkon yaratadi.
Kichik maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga moljallangan raqs va oyin harakatlari unchalik xilma-xil emas. Shuning uchun bu orinda ulardan asta-sekin izchil organish talab qilinmaydi. Tarbiyachi harakatni korsatar ekan, shu zahotiyoq uni bajarishni bolalarga topshiradi. Masalan, M. Rauxvergerning «Oynaymiz va raqsga tushamiz» raqsi bilan tanishtirar ekan, tarbiyachi tinglab koringlar-a, qanday ajoyib musiqa! Yuringlar sayr qilamiz, xona boylab yuramiz»,— deydi. Musiqaning birinchi qismi ijro etiladi, bunda bolalar tarbiyachi bilan birga xona boylab erkin yuradilar. Ikkinchi qism ijro etilganda quvnoq raqsga tushadilar.
Kuylab raqsga tushishda harakat tekst bilan aytib turilsa, oldindan korsatishni talab qilmaydi. Bolalar harakatni yaxshi ozlashtirib olishlari uchun har bir bandni 2-3 marta takrorlash kifoyadir.
Yaxshi korgan oyinchoq emosional kotarinkilikni, oynash, raqsga tushish ishtiyoqini uygotadi. Masalan, kichkintoylar quvnoq raqsga tushadilar, keyinchalik oyinchoq kuchuk paydo bolganda oz joylariga qochib ketadilar. Agarda bolalar huzuriga ayiqcha mehmon bolib kelsa, har bir bola u bilan navbati bilan raqsga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |