Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar nutqini o`stirish asosiy vazifalari Reja: i-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini shakllanishi


Til tafakkur quroli va muomala vositasi



Download 52,84 Kb.
bet6/7
Sana31.12.2021
Hajmi52,84 Kb.
#236613
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar nutqini o`stirish asosiy vazifalari

2.1. Til tafakkur quroli va muomala vositasi.

Til millatning noyobxazinasi bo‘lib doimo og‘zaki va yozma holda namoyon bo‘lgan. Boy, yorqin, maroqli, nutq so‘zlayotgan kim bo‘lishidan qatiy nazar, uning nuri hisoblanadi. Tilni oliyjanob imkoniyatlari nutq orqali, nutq jarayonida ochiladi. Nutq bo‘lmas ekan tilning cheksiz imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolaveradi. So‘z va g‘azal sultoni A. Novoiy til va nutq munosabatlarini shunday izoxlaydi. «Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq

noma’qul bo‘lib chiqsa tilning manfaatidir».

Demak. Til qanchalik zo‘r bo‘lmasin, u nutq uchuun qurol sifatida xizmat qilarkan. Uning kuch qudrati nutq jarayonida namoyon bo‘lar ekan. Agar til o‘q bo‘lsa, nutq kamondir. O‘qning qudrati, kamonning qudratiga ham bog‘liq. Buyuk bobomiz A. Novoiy so‘zga shunday baho berganlar. «So‘zdirki, nishon berur o‘likka jondin, So‘zdirki, berur jonga xabar jonondin. Insonki so‘z ayladi judo hayvondin, Balki, guhari sharifroq yo‘q ondin». Qadimgi sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri «Qobusnoma»da ham til va nutqqa alohida e’tibor berilganki, ular hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini ko‘ramiz. Kaykovus barcha hunarlar ichida so‘z hunari – notiqlikni a’lo deb biladi: «Bilinki hamma xunardan so‘z xunari yaxshi». Shuning uchun ham kishi suxandon va notiq bo‘lishni takidlaydi. Muallif notiqlikni egallashning yo‘lini tinimsiz mehnat va o‘rganish deb uqtiradi.

Hikoyat: «Shunday deb eshitdimki, bir kecha Xorun ar-Rashid bir tush ko‘rdi. YA’ni, og‘zidagi hamma tishlari to‘kilib tushgan emish. Ertalab turib bir ta’birchini chaqirib bu tush ta’biri nima ekanini so‘radik., Ta’birchi dedi: Ey amir al mo‘min sening huzuringda barcha qarindosh-urug‘laring o‘ladi, sendan boshqa hech kishi qolmaydi».

Xorun ar Rashid dedi: «Mening yuzimga shunday dard anduh bilan to‘lgan so‘zni aytasanmi? Agar mening qarindoshlarim o‘lsalar men nima ish qilaman? Va qanday qilib kun kechiraman? - deb ta’birchini yuz tayoq urishga buyurdi. So‘ngra boshqa bir ta’birchini chaqirdi va tushining ta’birini so‘radi. Ta’birchi dedi: Ey amir al mo‘min, sening umring barcha qarindoshlaringning umridan uzun bo‘ladi. Xorun ar Rashid dedi: «Barcha aqlning yo‘li birdir va ikkovining ta’biri bir yerdan chiqadi, ammo yuqoridagi ta’birchining iborasi bilan keyingi ta’birchining iborasi orasidagi farq kattadir», – dedi va Xalifa keyingi ta’birchiga yuz tilla berishini buyurdi.

Ey farzand, so‘zingni yuzi va orqa tomonini bilgin, ularga rioya qilgin. So‘zlaganda ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda so‘zing qanday ma’noga ega ekanligini bilmasang, qushga o‘xshaysan, bunday qushni to‘ti deydilar. To‘ti ham so‘zlaydi, ammo so‘zining ma’nosi bo‘lmaydi. Shunday kishini notiq (suxango‘y) deymizki, uning har bir so‘zi xalqqa tushunarli bo‘lsin va xalqning har so‘zi unga ma’lum bo‘lsin. Bunday kishilar oqil (aqlli) lar qatoriga kiradi.

…Bilgan so‘zingni o‘z joyila ishlatgin, vaqtni bekor o‘tkazmagin. Agar vaqtni bekor o‘tkazsang, donishmandlikka putur yetkazgan bo‘lasan. Hamma vaqt to‘g‘ri so‘z gapir, be’sanilikni da’vo qilguvchi bo‘lmagin, bilmagan ilmdan gapirmagil, shunda ilmdan non talab qilma. Har qanday talabing bo‘lsa, билган илм, маърифат ва хунардан ҳозир бўлади. Билмаган илм, маърифат ва хунарни билмаган деб даъво қилсанг неч нарса ҳосил бўлмайди ва беҳудазахмат чекасан.

Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimidagi boshlang‘ich bo‘g‘in hisoblanadi. O‘zbekistondagi rus tilida ta’lim oluvchi maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘ziga xos xususiyati – undagi tarbiyalanuvchilarning ko‘p millatliligi – ko‘proq – turk millati vakillari, eng avvalo o‘zbek bolalarining ko‘pligidir. Shundan kelib chiqqan holda ushbu bolalarga ta’lim berishga nisbatan yondashuv rus tili ular uchun ona tili hisoblangan kichkintoylardan farq qilishi lozim.

L.S.Vыgotskiy o‘z asarlarida ko‘p bor ta’kidlaganidek, «tarbiyaning yo‘naltiruvchi ahamiyati hech qaerda bola nutqi va uning intellektual rivojlanishi taqdiri uchun bolalar aholisining ikki tilliligi yoki ko‘p tilliligi holatidagidek hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi. Ta’lim rivojlanishdagi yangilik vujudga kelishining manbai hisoblanadi va u doimo rivojlanishdan oldinda yurishi zarur»1.

Shundan kelib chiqqan holda, maktabgacha yoshdagi bolalarga o‘zga tilni o‘qitish modeli motiv, maqsad, fikr va uning xususiyatlari – avtomatizm, barqarorlik, moslashuvchanlik, mustaqillik kabi nutqiy harakat tamoyillarini hisobga olgan holda jiddiy psixolingvistik poydevor asosida qurilishi lozim.

Bola o‘z ehtiyojlarini, intilishlarini ifoda qilish uchun so‘zlashishni boshlashi zarur. Zero bu ehtiyojlarning qondirilishi bola organizmi, uning rivojlanishi uchun hayotiy muhimdir, lekin u bu ehtiyojlarni uning o‘zi, kattalarning yordamisiz, qondira olmaydi. Muayyan til muhiti ushbu muhitga mos bo‘lgan nutq mexanizmlari faoliyatini rag‘batlantiradi.

Chet tilda so‘zlashni boshlash, ya’ni unda mustaqil fikrlarni tuzish uchun tildan foydalanishning muayyan qoidalarini o‘zlashtirib olish lozim.

Hozirgi zamon sharoitida inson faoliyati uchun zarur bo‘lgan axborot hajmining beqiyos darajada ortib borayotganligi ta’lim oldiga yangi talablarni qo‘yadi. Gap qandaydir dalillar, bilimlar va hattoki ko‘nikmalar to‘plami haqida emas, balki ta’lim natijasida bilimni, malaka, ko‘nikmalarni mustaqil egallash va ularni ijodiy ravishda qo‘llay olish qobiliyatlarini hosil qilish to‘g‘risida bormoqda. O‘qishni o‘rgatish – bugungi kunda ta’lim oldida turgan eng dolzarb vazifadir.

Tilni o‘rganish ushbu til vositalari yordamida o‘zi xohlagan mazmunni uzata olishni anglatadi. Tilni o‘rganishni o‘rgatish ushbu til borliqni aks ettiradigan usullarni izlashni o‘rgatishni anglatadi, ya’ni o‘qishda til materiali bilan tahliliy ishlarga alohida o‘rin ajratilishi va bu ish boshqariladigan bo‘lishi darkor.

O‘zga tilda so‘zlashni boshlash uchun ushbu tilga mos keladigan qobiliyatni shakllantirish, tegishli qoidalar tizimini o‘zlashtirish lozim.

Til qobiliyati faqat nisbatan keng faoliyat doirasidagina, ya’ni predmetli faoliyatda, muloqotdagina rivojlanadi. Bola so‘zlarni o‘zi hoxlagani yoki unga buni majbur qilishayotgani uchungina emas, balki unda bunga keskin hayotiy ehtiyoj mavjud bo‘lgani uchun ham tahlil qilib, esda saqlab qoladi. So‘zni esda saqlab qolmadimi – demak, xohlagan narsaning nomini ayta olmaydi, so‘rashni o‘rganmadimi – demak, unga hech narsa berishmaydi, ko‘plik sonlarni aytishni o‘rganmadimi – demak, unga bir nechta o‘yinchoq o‘rniga faqat bittagina o‘yinchoq berishadi.

Begona tilni o‘rganib olishning psixologik qonuniy yo‘li – bu «nutqning anglab etish va maqsad bilan bog‘liq oliy, murakkab xususiyatlari rivojlanadigan, va faqat keyingina begona nutqdan ixtiyoriy ravishda, erkin foydalanish bilan bog‘liq eng oddiy xususiyatlar paydo bo‘ladigan» yo‘ldir.

Chet tilini o‘zlashtirish qonuniyati o‘zga tilni egallashning umumpsixologik vaziyati – ixtiyoriylik, anglab etganlik va maqsad bilan bog‘liqdir. Bu psixologik vaziyatni inkor etmagan holda, bolani u ona tilini o‘zlashtirish uchun borgan yo‘ldan olib borish zarur.

Yangi bilimlar va harakatlarni o‘zlashtirishni boshqarish konsepsiyasi (P.YA.Galperin, N.F.Talizina) asosida ta’lim berilayotgan bolani (o‘quvchini) harakatlarning alohida namunalarini namoyish qilish emas, balki umumlashtirilgan usullari bilan tanishtirish samarali metod hisoblanadi. Bu eng avvalo, shuni anglatadiki, o‘quvchiga u yoki bu til hodisasini shunchaki majburlash, shunchaki qandaydir til mashqlarini bajarishni buyurish, shunchaki «berilgan mavzu asosida suhbatlashish»ni taklif qilish emas, balki bolani (o‘quvchini) tegishli faoliyatga jalb qilgan holda, ushbu faoliyatning motivini kafolatlash lozim.

Muloqotga bo‘lgan ehtiyoj har doim muayyan vaziyatda yuzaga keladi. Nutqiy harakat muayyan maqsadda amalga oshiriladi, ya’ni so‘zlayotib, biz suhbatdoshimizga muayyan darajada ta’sir o‘tkazishni ko‘zlaymiz.

Nutqiy harakat alohida operatsiyalardan, eng avvalo biz istayotgan fikrni bera oladigan so‘zlarni tanlashdan iboratdir. Har qanday til so‘zlari minglab kombinatsiyalarga birlashishi mumkin va so‘zlovchi bu so‘zlarni mazkur fikrni, ya’ni fikr konstruksiyasini berish uchun bir-biri bilan bog‘lash, gap tuzish uchun zarur bo‘lgan grammatik elementlarni (qo‘shimcha, old qo‘shimcha, suffikslar) tanlash imkonini beradigan usulni topishi zarur. Fikr bildirish jarayoni kerakli tovushlarni va ularning birikmalarini talaffuz qilish, fikrlarni kerakli ohangda aytish bilan nihoyasiga etadi.

Fikrni hosil qilish jarayonida ushbu operatsiyalar bir zumda amalga oshiriladi. Ammo ularni ham tahlil qilish, ham o‘qitish maqsadlarida ajratish zarur, chunki ulardan birini amalga oshirishni bilmaslik noto‘g‘ri fikr hosil qilishga yoki uni umuman hosil qila olmaslikka olib keladi. Nutqiy faoliyat motivlari va maqsadlari doimo nutqdan tashqarida yotadi; biron narsani aytish istagi, bundan ko‘zlangan maqsad odatda, biron-bir nutqiy faoliyat – o‘yinlar, ta’lim, mehnat va hokazolar doirasidagi muloqotlarda vujudga keladi.

So‘zlar tartibini, ularning fikrdagi bog‘lanishini tanlashdan tashqari «grammatik mashqlar»ni ham bajarish lozim. Rus tilida iltimosni (buyruqni) ifodalash, harakatga undash uchun buyruq mayli f’elining maxsus shakli bo‘lmish – day foydalanidadi. Xushmuomalalik talablari mazkur fe’lni ko‘plik son shaklida qo‘llashni talab qiladi, buning uchun alohida grammatik element zarur – day – te.

Hattoki, eng oddiy fikrni hosil qilish jarayoni ham murakkab va ko‘p bosqichlidir. Boshqa kishi bildirgan fikrni qabul qilish va tushunish jarayoni ham shu tarzda kechadi. Tinglash, tushunish va so‘zlash - aynan bir nutqiy faoliyatning uch turi bo‘lib, ular o‘xshash ichki psixologik tabiatga ega va aynan bir xil sharoitlarni talab qiladi. Fikrni hosil qilish ham va uni qabul qilish ham ichki nutq ishtirokida ro‘y beradi. So‘zlash va nutqni tushunish til tizimini, ya’ni mazkur til muayyan til hodisalarini va borliq munosabatlarini beradigan usullar tizimini o‘zlashtirishni talab qiladi.

Nutqiy ko‘nikmalarning muhim xususiyati shundaki, ular yangi, hali uchramagan til birliklariga oson ko‘chib o‘tadi. Bu «Til sezgisi» deb ataladigan va nutqda to‘g‘rini noto‘g‘ridan ajratib olish hamda nutqiy ko‘nikmalarni notanish materialda qo‘llash, uni darhol tahlil qilish, yangilikni til ko‘rinishlarining ma’lum bo‘lgan biron-bir toifasiga o‘tkazish (masalan, yangi so‘zning turini, uning sonini, fe’l turlarini aniqlash va boshq.) imkonini beruvchi hodisadir.

Nutqiy muloqot til birliklarini fikrga aylantirishni nazarda tutadi. Nutqiy muloqotning doimiy o‘zgarib turuvchi vaziyatlari bizni hali uchramagan iboralar hamda ularning kombinatsiyalari, majmualar, matnlarni yaratish va qabul qilish zaruratini yuzaga keltiradi. Bu vaziyatning o‘zgarishi yangi fikrlarning paydo bo‘lishi, demak, uni til vositalari orqali ifodalashni talab qilishi bilan bog‘liqdir. Aynan muayyan vaziyatdan kelib chiqqan holda nutqiy qarorni topa olish qobiliyatini shakllantirish o‘zga tilni o‘rgatishdagi eng qiyin va ayni paytda zarur vazifadir.

Nutqiy faoliyatning yuqorida aytib o‘tilgan xususiyatlari yoshdan qat’iy nazar, chet tiliga o‘qitishning asosiy psixologik, pedagogik shart-sharoitlarini tashkil qiladi. Bu – so‘z va harakat birligi, nutqni tushunish va uni hosil qilishdagi nutqiy malaka va ko‘nikmalarning tabaqalashuvi; operatsiyalar va harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish; yakka va jamoaviy topshiriqlarni navbatma-navbat berish, vaziyatlilik va ko‘rgazmaviylikka tayanish; motivlilik; maktabgacha yoshdagi bolalarga o‘zga tilni o‘qitish jarayonida hisobga olish zarur bo‘lgan o‘rganuvchining katta yoshli odamga – o‘rgatayotgan til egasiga bo‘lgan ijobiy munosabatidir.

Nutqiy funksiyaning qayd etib o‘tilgan xususiyatlari bolalikda bolaning tilni qanchalik engil va oson o‘zlashtirishini belgilab beradi.

Mamlakatimizda va chet el maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘zga til sifatida rus tilini o‘qitish borasidagi tajribalari (F.R.Qodirova, 1989; R.M.Qodirova,1990; G.Jumasheva, 1996; L.R.Mirjalolova, 2002; N.SH.Nurmuhamedova, 2004; A.M.SHaxnorovich, 1993; E.YU.Protasova, 1996 va boshq.) shuni ko‘rsatdiki, rus tilining bironta ham konstruksiyasi darhol va to‘liq o‘zlashtirilishi mumkin emas, bu amaliy malaka va ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich egallashning uzoqqa cho‘ziladigan va murakkab jarayonidir: nutq oqimida konstruksiyani tanib olish va ushbu konstruksiyaga kiruvchi so‘zlar qo‘shilgan munosabatlarnigina tushunish; kerakli so‘z shakllarini hosil qila olish qobiliyati; masalan, mustaqil so‘zlarni (otlarni) olmoshlar bilan, savol bo‘lmagan so‘zlarni so‘roq so‘zlar bilan o‘rnini almashtirish orqali bu konstruksiyalarni o‘zgartira olish.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga boshqa tilni (rus, o‘zbek, ingliz va boshq.) o‘qitish jarayonini yosh xususiyatlarini, ta’limning psixologiya, pedagogikaga oid tamoyillarini hisobga olgan holda, qurish zarur. Bu shuni anglatadiki, birinchidan, nutq mazmuni qiziqarli va mazmunli bo‘lishi, bolaning yosh imkoniyatlari, qiziqishlari va ehtiyojlari doirasiga mos kelishi lozim. Folklor asarlari, bolalar adabiyotning eng yaxshi namunalari mazmunning yosh qiziqishlarini hisobga olgan holda tanlanishiga o‘ziga xos misol bo‘la oladi.

Nutqiy faoliyatning o‘ziga xos psixologik xususiyatlarini tahlil qilish maktabgacha yoshdagi bolalarga o‘zga tilni (rus, o‘zbek va boshq.) o‘qitish metodikasi uchun zarur bo‘lgan xulosalarni chiqarish imkonini beradi:

- Ta’limning boshidan boshlab so‘zlash va tushunishning faol jarayoni sifatida bolalarning o‘rganilayotgan tildagi nutqiy faoliyatini shakllantirish zarur.

Bu talab shuning uchunki, so‘zlash va tushunish bitta umumiy psixologik asosga – til qobiliyatiga ega (qisman bir-biriga mos keluvchi ichki jarayonlar).

- Ta’lim metodikasi nutqiy harakat tamoyillariga asoslanmog‘i lozim. SHuni unutmaslik kerakki, har qanday nutq tovushlarini talaffuz qilish ham nutq bo‘lavermaydi (garchi bu yaxlit matnlar bo‘lsa ham). Bolaning o‘rganilayotgan tilda aytayotgan so‘zlari faqat bir qator shart-sharoitlarga rioya qilingan taqdirdagina nutqiy harakat natijasi bo‘ladi: o‘rganuvchida ichki motiv (nima uchun u buni aytishi kerak), maqsad (nima uchun buni aytish lozim, buni aytish natijasida nima ro‘y beradi), fikr (qaysi mazmunni so‘z bilan aytish kerak) bo‘lishi lozim.

- O‘quv jarayonini shunday qurish lozimki, unda bola harakatlari ta’limning har bir daqiqasida haqiqatdan ham nutqiy bo‘lsin.

- Metodik jihatdan to‘g‘ri o‘qitish natijasida bolalarda o‘rganilayotgan til materialida ularsiz har qanday, hattoki eng oddiy fikrni ham tuzishning (so‘zlarni tanlash, ularni o‘zgartirish, konstruksiyani tanlash, «grammatik majburiyatlar»ga rioya qilish, ushbu grammatik majburiyatlarga muvofiq holda so‘zlarni o‘zgartirish va boshq.) imkoni bo‘lmagan nutqiy ko‘nikmalar shakllantirilishi mumkin.

Nutqiy ko‘nikma faqat yangi, bola hali uchramagan so‘zlar va nutqiy vaziyatlarga ko‘chirilgan taqdirdagina shakllantirilgan, deb hisoblanishi mumkin.

O‘zga tilni o‘qitishning maktabgacha davrida o‘rganilayotgan tilda muloqot qilishning dastlabki ko‘nikmalari, nutqiy vaziyatda yo‘nalish topa olish ko‘nikmasi, ushbu vaziyat asosida mazmuni va nutqiy ifodalanishi jihatdan eng oddiy fikrni yaratish ko‘nikmalari hosil qilinishi darkor. Aks holda, ta’lim tayyor ibora va dialoglarni qotib qolgan va shuning uchun sun’iy bo‘lgan vaziyatlarda yod olishdan iborat bo‘lib qoladi va bunda bola o‘rganilayotgan tilda real muloqot qilish sharoitlarida ilojsiz bo‘lib qoladi.

F.R.Qodirova tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda nutqli vazifalar qo‘yilgan ijodiy o‘yinli mashqlar asosida bolalarning o‘zga (rus, o‘zbek) tilni bilish darajasi keltirilgan. 5 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (katta guruh) bilan uchta leksik mavzu, ya’ni: «O‘yinchoqlar», «Hayvonlar» (uy va yovvoyi hayvonlar), «Gullar» (jami 7 ta mashq) bo‘yicha nutqiy mashqlar o‘tkazildi. 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar (maktabga tayyorlash guruhi) bilan quyidagi uchta leksik mavzu, ya’ni «Bizning uyimiz», «Bayramlar va dam olish», «Yil fasllari» mavzulari bo‘yicha nutqiy mashqlar o‘tkazildi.



Xulosa

O’zbеk xalqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko’p asrlar davomida qo’llagan usul va vositalari, tadbir shakllari, o’ziga xos urf-odatlari va an'analari, ta'lim-tarbiya haqidagi g’oyalari va hayotiy tajribasi mavjud. Bu mеros o’tmishda ko’plab alloma-yu donishmandlar etishib chiqishiga asos bo’lgan. Hozirgi kunda bu mеrosdan ijodiy foydalanish katta ahamiyatga ega.



Ajdodlarimiz bilim o’rgatuvchi ustoz faoliyatiga katta ahamiyat bеrganlar. Bu pеdagogik faoliyatga bo’lgan asosiy talablardan biri edi. Sharq uyg’onish davrining buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiy aqlli, dono va o’tkir fikrlaydigan kishilar to’g’risida shunday dеydi: «Aqlli dеb shunday kishiga aytiladiki, ular fazilatli, o’tkir mulohazali, foydali ishlarga bеrilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishda zo’r istidodga ega; yomon ishlardan o’zini chеtda olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil dеydilar». Uning fikricha, «Ta'lim so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya esa amaliy ish va tajriba bilan o’rganishdir, ya'ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo’lgan ish-harakatga, kasb-hunarga bеrilgan bo’lishidir. Agar ular ish, kasb-hunarga bеrilgan bo’lsalar, kasb- hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni butunlay kasb-hunarga jalb etsa, dеmak, ular kasb-hunarning chinakam oshig’i bo’ladilar».


Download 52,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish