45
5. Jurnalda qanday mavzudagi maqolalarni o’qishni xohlardingiz?
6. Jurnalda berib borilayotgan yangi pedagogik texnologiyalardan mashg’ulot
jarayonida foydalansizmi?
Savollarga ijobiy ruhda javob bergan tarbiyachilarning mashg’ulotlar o’tish
jarayonini kuzatdik va matbuotning ularning ish faoliyatiga yaxshi ta’sir ko’rsatib,
samarali ta’lim-tarbiya olib borilayotganining guvohi bo’ldik.
Demak, matbuot materiallaridan, jumladan ―Maktabgacha ta’lim‖ jurnalidan
foydalanib
mashg’ulotlar olib borish, ularda berib borilayotgan yangi
pedtexnologiyalarni mashg’ulotlar jarayonida qo’llash bolalarning ham jismonan,
ham ma’nan yuksalishiga xizmat qiladigan maqolalardan foydalanish ta’lim
samaradorligini yanada oshiradi. Qolaversa, tarbiyachi mutaxassislarni izlanishga
chorlaydi. Buning o’zi ham ta’lim mahsuldorligiga ijobiy ta’sir etadi.
46
XULOSA
Ommaviy axborot vositalari xalqqa ilmiy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy,
ma’naviy-ma’rifiy bilimlar, ma’lumotlar tarqatuvchi manbadir. Ular tarkibiga gazeta
va jurnallar, radio va televideniye ham boshqa axborot tarqatuvchi vositalar kiradi.
Sobiq Ittifoq davrida ommaviy axborot vositalri to’la monopoliyasiga olingan bo’lib,
kommunistik mafkura quroliga aylantirilgan, milliy zamindan uzilgan edi.
Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalariga bo’lgan munosabat o’zgardi.
Uning huquqiy asoslari yaratildi.
Mustaqillik yillarida respublika ommaviy axborot vositalarining soni ko’paydi,
sifati yaxshilandi. 1990 yilda 345 nomda gazeta va jurnallar chop etilgan bo’lsa, 2001
yilda 390 nomda gazeta 110 nomda jurnallar chop etildi, 4 ta axborot agenti, 50 dan
ortiq teleradiokompaniya va uning hududiy bo’linmalari, studiyalar faoliyat ko’rsatdi.
Ko’p millatli O’zbekiston Respublikasida gazetalar, jurnallar, teleradioeshittirishlar
12 tilda – o’zbek, rus, qoraqalpoq, qozoq va boshqa tillarda chop etiladi, eshittiriladi,
6 ta gazeta va 8 ta jurnalda o’zbek tili bilan birga ingliz, arab, turk, urdu, forsiy, hind
tillaridan foydalaniladi. 1996 yilda respublikamiz AQSh da joylashgan kompyuter
tizimi ―Internet‖ bilan bog’landi va jahon yangiliklarini qabul qilib olish va
axborotlar uzatish yo’lga qo’yildi.
Ommaviy axborot vositalarni ―To’rtinchi hokimiyat‖ ham deyishadi. Sababi, u
jamiyatning turli sohalari faoliyatini tahlil etadi, nazorat qiladi, boshqaruv
organlaridagi kamchiliklar va xatolarga ommaning, hokimiyat tarmoqlarining
e’tiborini jalb qiladi, mamlakat rahbariyatiga ichki va tashqi siyosat sohasida to’g’ri
qarorlar qabul qilish uchun zamin hozirlaydi. Ayni paytda davlat hokimiyati ham
ommaviy axborot vositalaridan o’z siyosatini keng ommaga yetkazish, uni
bunyodkorlik faoliyatiga safarbar qilishda foydalanilmoqda.
Shu jihatdan olganda maktabgacha yoshdagi bolalarda odob madaniyatini
shakllantirishda matbuot materiallaridan foydalanish – bugungi kunning dolzarb
vazifalaridan biri ekanligini olib borilgan tadqiqot ishlarimizda ishonch hosil qildik.
Ayniqsa olib borilgan izlanishlar, maktabgacha ta’lim yo’nalishining tegishli
hujjatlarini o’rganish, tahlil qilish va kuzatish natijasida quyidagi xulosaga keldik:
47
1. Barkamol avlodni tarbiyalashda matbuotning o’rni aniqlandi;
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda odob madaniyatini shakllantirishda matbuot
materiallaridan foydalanishning hozirgi hlati va imkoniyatlari o’rganildi, tahlil
qilindi;
3. Mashg’ulotlar jarayonida bolalarda odob madaniyatini tarbiyalashda matbuot
materiallaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari ishlab chiqildi, ya’ni,
matbuot
materiallari
asosida
mashg’ulotlarning ishlanmalar tayyorlandi va
amaliyotda qo’llab ko’rildi;
4. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matbuot materiallari asosida odob
madaniyatini shakllantirishga oid tajriba-sinov ishlari o’tkazildi, uning natijalari
tahlil etildi;
5. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarda odob madaniyatini tarbiyalashda
ayniqsa, ―Maktabgacha ta’lim‖ jurnalining imkoniyatlari yetarli ekanligi aniqlandi;
6. Tarbiyachilarning maktabgacha yoshdagi bolalarda odob madaniyatini
shakllantirishda matbuot materiallaridan oqilona foydalanishni yo’lga qo’yish lozim.
7. Maktabgacha ta’lim sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan
professor-o’qituvchilar tomonidan tarbiyachilar uchun uslubiy qo’llanmalarga ehtiyoj
sezilmoqda.
Ushbu vazifalar amalga oshirilsa barkamol avlodni shakllantirishdek davlat
buyurtmasi bajarilgan bo’ladi.