|
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar
|
bet | 10/14 | Sana | 11.01.2022 | Hajmi | 4,7 Mb. | | #344723 |
| Bog'liq Elementar matematika Tayyorlov guruh
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Uchburchakni ko’pburchak deyishimiz mumkinmi?
2. To’rtburchak ham ko’pburchakmi?
3. Ko’pburchaklarni nima uchun ko’pburchak deymiz?
4. Qanday ko’pburchaklarni bilasiz?
5. Xonamizdagi nimalar ko’pburchak shakllariga o’xshaydi?
6. Beshburchak shaklining nechta tomoni va nechta burchagi bor?
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.
Mavzu: Narsalarni bo’lish usuli bilan 2 ta teng qismga bo’lishni o’rgatish
Maqsad:
Bolalarda butun va qism haqida tushuncha hosil qilish.
Kutilayotgan natijalar:
Bolalar butun va qismni farqlashni bilib oladilar.
Bolalar butun va qism so’zlarini nutqda to’g’ri ishlatishni o’rganadilar.
Kerakli jihozlar:
Har bir bolaga 2 tadan to’g’ri to’rtburchak shaklidagi qog’oz varag’i va qaychi.
Har bir bolaga 2 tadan oval shaklidagi oq qog’oz
“Domino” o’yini uchun kartochkalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|