Maktabdan tashqari sport mashg’ulotlarini tashkil etish usullari



Download 21,09 Kb.
bet1/2
Sana30.03.2022
Hajmi21,09 Kb.
#519488
  1   2
Bog'liq
MAKTABDAN TASHQARI SPORT MASHG’ULOTLARINI TASHKIL ETISH USULLARI


MAKTABDAN TASHQARI SPORT MASHG’ULOTLARINI TASHKIL ETISH USULLARI
Toshboyev Hasan Yoqubovich
Hasantoshboyev97@mail.com
+99891 583-63-66
Termiz Davlat Universitetining Pedagogika Instituti Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi
va metodikasi ta’lim yo’nalishi 1-bosqich magistratura talabasi
Anotatsiya: Ushbu maqolada maktabdan tashqari sport mashg’ulotlari sharoitida o’quvchilarning,mashg’ulot tizimidagi karate WKF sport turini o’zlashtirish darajasi, harakat malaka va ko’nikmalarining shakllanganligi, jismoniy qobiliyatlari va jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish usullari.


Аннотация: В данной статье рассмотрен уровень мастерства спорта каратэ WKF в системе тренировок, формирование двигательных навыков и умений, физических способностей и физической подготовленности студентов в контексте внеучебных занятий спортом.


Annotation: This article considers the level of mastery of the WKF karate sport in the training system, the formation of motor skills and abilities, physical abilities and physical fitness of students in the context of extracurricular sports activities.


Kalit so’zlar: BO‘SM, o'qituvchi-trenerlar, metodlar sport jihozlar tayyorlov, asosiy maxsus vosita uslublar


Ключевые слова: БОСМ, тренажеры, методы подготовки спортивного инвентаря, основные специальные средства.
Key words: BOSM, simulators, methods of preparing sports equipment, basic special tools.
O‘zbеkiston Rеspublikasi mustaqillikka erishgach barcha sohadagi kabi O’zbek sportini rivojlantirish, xalqaro maydonda o’z o’rniga ega bo’lishi uchun qator chora va tadbirlar o’tkazildi. Jumladan O’zbekiston Resbpulikasining “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonuni va O’zbekiston Resbpulikasi Prezidentining 5 noyabr 2021 yilda qabul qilingan “Sport ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish orqali olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilar zaxirasini shakllantirish sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5279-sonli qarori bunga yaqqol misol bo’la oladi.
Sport turini yanada rivojlantirish maqsadida mavjud sport zallarining ta'mirlanishi va zamonaviy ko’rinishga olib kelinishiga, yangi sport inshootlarining qurilishiga katta e’tibor berilmoqda. Jumladan sport zallari va maydonlari qurilishi,yangidan jihozlanishi kabi ishlar bunga misol bo’la oladi. Ko‘pchilik maktab o‘quvchilari ko‘ngilli sport jamiyatlarida yoki BO‘SMlarning karate to‘garaklarida o‘z malaka va ko’nikmalarini oshirmoqdalar. Bu esa yurtimizda Karate sport turini yanada rivojlanishiga va yuqori natijalarga erishishiga xizmat qiladi. Karate WKF Sport turining rivojlanishiga yaqqol misol 2020-yilgi Yaponiyada bo’lib o’tgan Olimpiada o’yinlari dasturiga kiritilganligidir. Lekin Respublikamizning olis hududlarida oliy toifali va malakali trenerlarning yetishmasligi yoki mavjud trenerlarning esa, sportchilarga karate sport turi bo’yicha zarur nazariy va amaliy malaka va ko’nikmaga ega emasligi, ushbu sport turining keng tarqalishiga va rivojlanishiga to’sqinlik qilib turgan sabablaridan biri desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Bunday jarayonda o’qituvchi-trenerlar foydalanishi, ular tomonidan zamonaviy talablarga mosligini aniqlash uchun maxsus sinov usullari va metodllari ishlab chiqish hamda o’rgatish, bu sport turini rivojlantirishda asosiy yo’llardan biri bo’lib xizmat qiladi.
Fikrimiz boshida aytganmizdek: Mashg’ulotlar sharoitida yosh sportchilarni jismoniy tayyorgarligini maxsus mashqlar vositasida aniqlashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish zarur, bu uchun esa o’qituvchi-trenirlarga o’ziga xos amaliy ko’nikmalarmi egallashi va zamonaviy maxsus mashqlardan foydalanishi katta ahamiyat kasb etish hammamizga ma’lum. Bu jarayonda karate sporti asosida maxsus mashg’ulotlar to’plamani ishlab chiqish va qo’llash sportchillarni jismoniy qobilyatlarini va jismoniy tayyorgarliklarning optimal rivojlanish darajasini to’liq aks ettiradi.
Har qanday o’qituvchi-trenerlar shug’ullanuvchillarning harakati va jismoniy qobilyatlarini qaysi mezonlar asosida aniqlash mumkin degan savol bilan yuzlashadi.Bu esa sportchi va shug’ullanuvchilarni mashg’ulotlarga tanlash va sport bilan muntazam shug’ulanishlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Mashg’ulot sharoitida yuqoridagi muammolarni hal qilishning asosiy usuli amaliy sinov mashqlari bo’lib, bunday vositalar antropometrik o’lchamlarning mosligi, harakatlarning to’g’riligi, tezligi va mahorati kabi jaroyonlarni baholashga yordam beradi. Karate sport turi yuqori emotsianal intensevlik, egiluvchanlik chaqqonlik, tezkorlik chidamlilik, moslashuvchanlik, topqirlik, qobiliyati, kuchning aniq taqsimlanishi va tezlik,cchaqqonlikning murakkab rivojlanishi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, karate quydagi afzalliklarga ega:
1. Jismoniy kuch, chaqqonlik,chidamlilik shakllanadi. Kichkina sportchilar harakatining ravshanligiga, tanadagi ohanga va yaxshi egiluvchanlikga ega bo’ladilar.
2. Jang san’atlarining ajralmas qismi-ma’naviy rivojlanish. Bolalar muvozanatli va xotirjam bo’lib, kuchli ichki yadroga ega bo’ladilar. Bu ayniqsa, giperaktivlik uchun foydalidir. Ular o’z maqsadlariga erishish uchun diqqatni jamlashni o’rganadilar.
3. Kuchli harakterga aylanish. Bolada o’ziga ishonch, maqsadga muvofiqlik, masuliyat paydo bo’ladi. Uning xatti harakati yetarli, u o’zini tutishni biladi. Umuman olganda karate sport turi inson tanasining va ruhiyatining hayotiy fazilatlari xususiyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Murakkab faoliyatida fazodagi aniq va murakkab holatida tezlikni saqlashdagi barqarorlikda fikirlash samaradorligining yuqori darajada rivojlanishida ko’rish va eshitish hamda boshqa barcha sezgi analizatorlar tizimini yaxshilashga olib keladi. Bu jarayonda karate sport turi asosida mashqlar to’plamini ishlab chiqish va qo’llash, shug’llanuvchilarning jismoniy qobiliyatlari va tayyorgarliklarining rivojlanish darajasini to’liq aks ettiradi. Bu mashg’ulot sharoitida 7-8 yoshdan boshlab har bir yuqori yoshdagilar uchun mashgulotlar rejasiga ko’ra karate mashg’ulotlari rejalashtirilgan. Bu mashg’ulot quyidagicha bo’ladi, dastlab 5 yoshdagi sportchilar dastlabki moslashish bosqichini o’taydi, asosiy amaliy mashqlar 7-8 yoshdan yani shug’ullanuvchilar allaqachon karate mashg’ulotlarini qisman shakillantirgantirganlarida, ular o’zlariga mos mashq vazifalarini to’liq tushunganlarida va diqqatlarini jamlay olganlarida boshlanadi. Yuqori yoshlarga borib esa shugullanuvchilarning karate bo’yicha malaka va ko’nikmalarni egallaganlik darajasiga qarab mashqlarning murakkablik darajasi va unga qo’yilgan talablar ortib boradi. Mashg’ulotlarni o’tish tizimida tanlangan mashqlarni quydagi mashq misollari keltiriladi.


Download 21,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish