Bog'liq Maktabda gimnasyik mashgʻulotlarini tashkil qilish.
Har xil turdagi darslarni tashkil etish va o'tkazishning
xususiyatlari Alohida darslarning yo'nalishini pedagogik baholashda bir necha xil yondashuv to'g'ri hisoblanadi: tayyorgarlik davri yoki bosqichining asosiy vazifalariga muvofiqligiga ko'ra asosiy va yordamchi (qo'shimcha) darslar farqlanadi.
Yuklamaning xususiyati va darajasiga ko'ra darslar ma'lum bir sportchi uchun eng maqbul yuklamali, shuningdek, zarbdor va engillashtiruvchi darslar bo'ladi.
Joriy vazifalarning xususiyatiga ko'ra darslarning bir necha turlari aniqlanadi. Alohida dars turlarining xususiyatlari va tuzilishi to'g'risida tasavvurga ega bo'lgan trener umuman mashq jarayonini osonlik bilan boshqara oladi.
Alohida dars turlarining ajratilishi va ular tuzilishining batafsil ishlab chiqilishi gimnastikachilar tayyorgarligini chuqur ixtisoslashtirish tufayli zarur bo'ladi. Ehtimol, faqat gimnastik ko'nikmalarni to'la o'zlashtirib olmagan boshlovchiar bilan dastlabki bosqichlarda olib borilgan darslar universal majmuali xususiyatga ega. Yuqori malakali gimnastikachilarning mashg'ulotlarida bir darsga «sig'maydigan» juda ko'p vazifalar hal etiladi. Darslar tor amaliy xususiyat kasb etib, yo'nalishi tobora aniqlashib boradi.
Mashg'ulot mikrotsikl iva bosqichining tuzilishi trenerga eng muvofiq keladigan, pirovard natijada butun vazifalar majmuasini echishga yo'l ochadigan dars turlarini tanlash imkonini beradi. Alohida dars turlari tuzilishini ajratish va takomillashtirishning ma'nosi pedagogik vazifalarni butun rang-barangligi bilan bir vaqtning o'zida emas, balki navbatma-navbat, diqqat va kuch-quvvatni vazifalarning nisbatan kichikroq guruhiga jamlab, bunda sezilarli natijalarga erishishdan iborat.
XULOSA. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan buyon jamiyatimizda kelajagimiz bunyodkori bo’lgan yoshlarga e’tibor yana kuchaydi. Ayniqsa yoshlarni sog’ligini saqlash sohasidagi ijobiy o’zgarishlarni har qadamda sezish mumkin.
Bugungi kunda xalq ta’limi tizimiga qarashli qaysi turdagi muassasani olmaylik, ularda shifokorlar va malakali hamshiralar xizmat ko’rsatishmoqda.
Umumta’lim maktablari o’quvchilari salomatligini muhofaza qilish, ularga malakali tibbiy xizmat ko’rsatish, kasal o’quvchilarni o’z vaqtida aniqlash, ularni sog’lomlashtirish, turli kasalliklarni oldini olish ishlari keng yo’lga qo’yilgan.
Ta’lim muassasalari ma’lum muddat barcha bolalar va o’smirlarni o’z ichiga olib ommaviy tarbiya beruvchi yagona tizimdir.
O’zbekiston mustaqil Davlat sifatida jahon doirasiga qadam qo’ydi, endilikda u kelajagi buyuk davlatga aylanishi uchun Prezident I.A.Karimov Dasturida belgilanganidek, ezgu ishlarni amalga oshirishga qodir bo’lgan sog’lom, jismoniy kamol topgan avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazish zarur. Ana shu maqsadda O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov tomonidan “Sog’lom avlod uchun ” ordeni ta’sis etish to’g’risida farmon qabul qilindi.
Umumxalq mulki bo’lmish sihat- salomatlikka nisbatan ongli va mas’uliyat bilan yondashish jamiyatning barcha a’zolarini turmush va axloq mezoni bo’lmog’i lozim. Salomatlikni saqlash va mustahkamlash uchun avvalo odam o’z tanasini tuzulishini, har qaysi to’qima va a’zolarining normal ish faoliyatini, o’sish, rivojlanish va ko’payish qonuniyatlarini bilishi zarur. Odam organizmining tuzilishini boshlang’ich sinflarda dastavval :
___ inson salomatliga va jismoniy kamolatiga oid tushunchalarni bilish;
___ chiniqishning mohiyatini anglash;
___ gimnastika mashlarni bajara olish;
___ shaxsiy gigiyena me’yorlarini bilish va ularga amal qilish kabi ko’nikma va malakalarni egallashlari shart.
Tibbiyot fanidagi tadqiqotlardan ma’lumki, agar odamning sog’ligi 100% deb qabul qilanadigan bo’lsa, uning 50% i har qaysi odamning turmush tarziga, 20% nasl xususiyarlariga va nihoyat 10% i tibbiy yordamga bog’liq.
Ma’lumki, aksariyat odamlar umrining 12 yili maktabda va kollej yoki litseyda o’tadi.
Inson hayotining bu davri o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu davrda bola va o’smir organizmi uzluksiz o’sadi va rivojlanadi. Shu bilan birga u tashqi muhitning turli ta’siga juda beriluvchan bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1993- yil 3- dekabrdagi 589- sonli qarori bilan “ Yosh avlodni sog’lomlashtirish muammolarini majmuali hal etish ” ning kengaytirilgan dasturi tasdiqlangan. Mazkur dasturda odamning sog’ligini mustahkamlash umrini uzaytirishda jamiyatning har bir a’zosi sog’lom turmush tarziga rioya qilish muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etilgan. Sog’lom turmush tarzi tushunchasi kishi xulq- atvorining hamma tomonlarini o’z ichiga oladi.