Geografiya maydonchasi uchun zarur o’quv jihozlarining miqdori va ular bilan ishlash yo’llari I.A.Abdug’aniev, V.P.Golov, X.S.Masudov va boshqa uslubchi geograflarning ishlarida yoritilgan. Zarur meteorologik asboblar to’plangandan so’ng maydonchani jihozlash boshlanadi.
Maydonchaning meteorologik sektorida meteorologik kuzatishlarni olib borish uchun quyidagi o’quv jihozlari joylashtiriladi:
Maydonchaning meteorologik sektorida meteorologik kuzatishlarni olib borish uchun quyidagi o’quv jihozlari joylashtiriladi:
Geografiya maydonchasidagi meteorologik o’quv jihozlar. Meteorologik butka
Psixrometrik ternmometrlar
Termograt
Sochli gigrometr
Nefoskop halqasi
Qor o’lchagich reyka
Maydonchani qurish va unda o'quv jihozlarini joylashtirish muhim bosqichdir. Bu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi: Maydoncha uchun ajratilgan joy tekislanadi, chegaralari belgilanib, uning atrofi panjara-devor bilan to'siladi. Maydonchaning tamonlari gorizontning asosiy tomonlari bo'yicha oriyentirlanadi.
Maydoncha sektorlarga bo'linadi va reja asosida ularga o'quv jihozlari qoidasi bilan joylashtiriladi (1-2-rasmlar). 1-rasmdagi geografiya maydonchasining biror sektorida meteorologik jihozlar joylashtiriladi. 2-rasmda esa maktabda alohida meteorologiya maydonchasida joylashtirilgan jihozlar keltirilgan. Bizningcha meteorologik sektor geografiya maydonchasining tarkibida tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir. Chunki, geografiya maydochasida faqat meteorologik kuzatishlar emas, balki boshqa kuzatishlarni olib borish uchun ham jihozlar joylashtiriladi.
O'quv jihozlari rangli bo'yoqlari bilan bo'yaladi va har birining tagiga uning nomi yozilgan taxtacha o'rnatiladi.
Maydonchaga navbatchilar uchun eslatma yozilib ilib qo'yiladi. Unda meteorologik kuzatishlarni olib borish tartibi va boshqalar keltiriladi.
Maydonchani doim yaxshi holatda saqlab turish uchun navbatchilar tayinlanadi.
Geografik maydonchasini jihozlash uchun o'quv vositalari, asboblarini topishda ma'lum qiyinchiliklar tug'iladi. Ayniqsa, meteorologik asboblarni topish qiyin, chunki ularai qo'lda ishlab bo'lmaydi. Bu asboblarni har bir katta shaharlar ko'rgazmali qurollar do'konlaridan topish mumkin yoki buyurtma asosida keltirish mumkin. Agar maktabda yaxshi jihozlangan geografiya maydonchasi bo'lib, ularda izchil ravishda meteorologik kuzatishlar olib borilsa, ularning ma'lumotlari har bir viloyat Gidrometeorologiya markaziga berib turilsa bu tashkilot maktabni zarur meteorologik asboblar bilan ta'minlab turishi mumkin. Har bir viloyat Xalq ta'limi bo'limi, viloyatlar gidrometeorologiya markazi birgalashib, o'sha viloyat maktablarini ehtiyojini hisobga olib meteorologik asboblar chiqariladigan zavodga bya maydonchalarini to'g'ri jihozlanishiga ijobiy yordam bo'lar edi.