Maktab yoshigacha bo’lgan bolalarda ilk inglizcha leksikani
shakllantirish
K.Mahkamova, SamDU, A.Qurbonova, SamDU Pedagogika fakulteti talabasi
Prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrdagi 1875-farmoyishi Respublikamizda chet tilini o’rganish hamda o’rgatish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirdi. Xususan, ingliz tilini o’rgatish bog’chadan boshlanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bir yildan ortiq muddat davomida maktabgacha ta’lim muassasalarida ingliz tilini o’rgatish turli interaktiv metodlarda amalga oshirilmoqda.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining 4,5,6-6.5 yoshdagilarini ingliz tiliga o’rgatish asosan ‘’authentic material’’lardan, ‘’body language’’dan, ‘’miming’’lardan foydalanib, turli xil o’yinlar orqali amalga oshirish mumkin.
Barcha yoshdagi tinglovchilar uchun til o’rganish jarayonida authentic materialdan foydalanish ijobiy natija beradi. Ayniqsa, maktab yoshigacha bo’lgan bolalarda bu jarayon qizg’in va samarali kechadi. Jumladan, koptok so’zini o’rgatishda ‘’ball’’ so’zini talaffuz qilib tarjima o’rniga koptokni o’zini ko’rsatgan maqsadga muvofiq. Xuddi shunda ushbu yoshdagi bolalar qo’llaydigan predmet va o’yinchoqlarni ularning ilk inglizcha leksikasiga ‘’authentic materials’’ bilan kiritish mumkin bo’ladi. Bu metodning ta’sirchanligi shundaki, bola ko’rgan narsasiga , ayniqsa, u o’zi qiziqadigan predmet bo’lsa diqqatini yaxshi jamlay oladi va xotirasiga ushbu predmetning “yangi nomini” tezlik bilan joylab oladi.
Shu bilan birga maktab yoshigacha bo’lgan bolalarda leksikani o’rgatishda ‘’body language’’-tana tili ham yaqindan ko’mak beradi. Bizga ma’lumki, bunday yoshdagi bolalar energiyaga boy va uzoq vaqt o’rnida tinch o’tira olmaydi. Bizga esa bu aslo halaqit bermaydi, aksincha, ko’makchi bo’la oladi. Ayniqsa, harakatni ifoda etishda bolajonlarning harakatchanligi asqotadi. Masalan: chopmoq- ‘’to run’’ fe’lini tushuntirishda ushbu harakatni qisqa masofada amalga oshirib tushuntirish mumkin. Shu qatori yurmoq-‘’to walk’’ , ochmoq-‘’to open’’, yopmoq- ‘’to close’’ va boshqalar. Bu metod jajji tinglovchilarni inglizcha leksikani o’rganishdagi samarali motivatsiya bo’la oladi. So’z o’rganish jarayonoda bevosita go’yo shu so’zni yaratayotgan jajji ishtirokchilar o’z ishtiroklari va talaffuzlaridan zavq va shijoat oladilar.
Jajji ingliz tili lug’ati o’rganuvchilarga leksikani o’rgatishning yana bir samarali yo’li ‘’miming’’ orqali amalga oshiriladi. Bunda asosan, his-tuyg’uni ifoda etuvchi otlar hamda ularni harakatini bildiruvchi fe’llarini mimika orqali ko’rsatish mumkin. Jumladan, kulgu-‘’a smile’’ va kulmoq-‘’to smile’’, yig’i-‘’cry’’ va yig’lamoq-‘’to cry’’ kabilarni o’qituvchi mimika orqali ko’rsatib beradi va ulardan Ushbu metod bolajonlarni his tuyg’ularini jonlantiribgina qolmay, uni til aynan shu mimikani takrorlab so’zni qayta talaffuz qilish so’raladi. Bu metod yangi inglizcha so’zlarni o’rganishda asosiy yordamchiga aylanadi. Bu kabi uslublar maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ingliz tili leksikasini o’zlashtirishida ijobiy natija berishi o’z tasdig’ini topmoqda. Shuni ham yodda tutish kerakki, jajji o’rganuvchilarni ingliz tilini o’rganish nima uchun kerakligini bildirish va to’g’ri motivatsiya qilish joiz.
Chet tili, xususan ingliz tilini o’rgatishda o’zlashtiruvchilarning miqdori muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarinig tinglovchi sifatidagi soni 10-12tadan oshmagani ma’qul. Shunda til o’rganinsh jarayoni oson hamda samarali kechsa ajab emas.
Adabiyotlar ro’yhati:
1.Вайзер Г.М, Климентенко А.Р. Инглиз тилида оғзаки нутқни ўстириш-Тошкент,1997.
2.Грузинская И.А. Методика преподования английского языка-М.,1980
3.http://www.onestopEnglish.com
4.Zaripova R.A Chet tillari o’qitish metodikasidan qo’llanma. Toshkent 1990
Do'stlaringiz bilan baham: |