Maktab yoshidagi bolalar uchun kiyim loyihalashning



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/40
Sana01.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#421727
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40
Bog'liq
maktab yoshidagi bolalar uchun kiyim loyihalashning oziga xos xususiyatlari

III bob. Loyiha qismi
3.1. Kichik maktab yoshidagi qiz bolalar kurtkasini loyihalashda asosiy
konsepsiyani ishlab chiqish
Liboslar to’plami bu – ma’lum bir plastik loyihalarning o’zaro muvofiqligi
va aloqasi asosida qurilgan modellarning tizimli yig’indisi bo’lib, u kostyumda
inson badiiy obrazining hissiy-estetik ifodaliligini ochib beradi.
Ushbu to’plam eskizlarini ishlab chiqish manbasi sifatida ishlab chiqarish
dekorativ-amaliy san’at va xalq og’zaki ijodi asarlari, tabiat motivlari, shuningdek,
moda yo’nalishi istiqbollari xizmat qiladi.
Liboslar to’plami uchun badiiy tizim sifatida bir qator maxsus sifatlar va
mavzuning badiiy-siymoli ishlanmasi, modellar shaklining yangiligi, stilistik
qatorlarning oddiyligi, alohida modellarning yagona birlikdagi kompozitsion
yechimi zarur [21].
Har bir liboslar to’plamini ishlab chiqishda, albatta, ijodkorga konsepsiya
va uning asosida olinadigan ijodiy manba bo’lishi lozim.
Kostyum dizaynida mavjud konsepsiyalar, odatda, o’z davri dizaynini asosiy
muammolarini oqimi va turmush tarsi o’zgarishining umumiy rag’batlari bilan
bog’lanishidadir. Ijodiy konsepsiyalarning tahlili nuqtai nazaridan kostyum
modellash tarixini o’rganish, kiyim dizaynini rivojlanish mintaqasini aniqlashga,
turmush tarzini o’zgarishi sababli professional faoliyatlarining maqsadlari va
vazifalarini o’zgarishiga imkoniyat tug’diradi. Barcha tarixga kirgan inqilobchi va
o’zgartiruvchi mashhur modelerlar jamiyat va turmush tarzidagi o’zgarishlarni,
insonning yangi siymolari paydo bo’lishini ifodalashgan, yangi ijodiy
konsepsiyalar taklif etishgan [22].
Dizaynda konsepsiya-asosiy g’oya, maqsadlarni, vazifalarni va vositalarni
ma’naviy yo’nalishi hisoblanadi.


52
Konsepsiya sifatida yoshlarning sevimli “Pret-a-porte” yo’nalishi olindi.
“Pret-a-porte” so’zi fransuz tilidan olingan bo’lib, mashhur dizaynerlar tomonidan
ommaviy ishlab chiqarishga tayyorlanadigan liboslar ma’nosini anglatadi. Ushbu
tushuncha, XX asrning aynan 50-yillarida paydo bo’lgan. Hozirgi kunga kelib,
ham u o’zining hukmronligini boshqa yo’nalishlarga bo’shatib bermaganiga
guvoh bo’lamiz [23].
Ushbu yo’nalishda ishlab chiqariladigan liboslar to’plami mashhur moda
uylarining asosiy daromad manbai hisoblanadi. Shuningdek, bu yo’nalishda
tikiladigan barcha kiyimlar sotish uchun savdo do’konlariga chiqarilganligi sababli
standart o’lchamlarda tikilishi ko’zda tutiladi. “Pret-a-porte” yo’nalishida ishlovchi
dizaynerlarning bosh g’oyasi tanlangan mato va model tasvirlari orqali ushbu
yo’nalishni bir necha darajaga bo’lish mumkin. Jumladan, “pret-a-porte de
lyuks ” darajasiga katta namoyishlarda ishtirok etuvchi, qimmatbaho matolardan
tikilgan libos namunalari kiradi. Bunday liboslarda eng zamonaviy urfdagi
bichimlarni kuzatish bilan birga, ularni ko’p hollarda kundalik kiyishga tavsiya
etilmaydi. Ayrim hollarda “pret-a-porte de lyuks” yo’nalishi bo’yicha
loyihalashtirilgan murakkab libos namunalari “Haute couture” yo’nalishida
yaratilgan liboslar bilan taqqoslanadi [24].
Aynan ikinchi darajadagi “pret-a-porte ” yo’nalishidagi liboslar ancha arzon
narxda bo’lib, kundalik hayotda kiyishga mo’ljallangandir. Ushbu yo’nalishdagi
liboslarni tikishni dizayner tavsiyasiga ko’ra katta fabrikalar amalga oshiradi.
“Pret-a-porte” yo’nalishida nafaqat erkaklar, ayollar, balki bolalar kiyimi ham
ishlab chiqariladi. Kundalik hayotda esa aynan shu yo’nalishda kiyinish tavsiya
etiladi.


53

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish