4.6. Bilvosita ko‘rgazmalilik
Bilvosita ko‘rgazmalilikning mohiyati shundan iboratki,
o‘rganilanayotgan mashq tasvirning boshqa shakllari
yordamida (kinogramma, tasvir, jadvallar, diagrammalar) yoki
harakatlar amplitudasini, harakatlar bajarilish ritmi va tezlik
darajasini aytib turuvchi muayyan uslubi tanlab olinadi. Shu
maqsadida masalan, qadamning uzunligini o‘zlashtirish uchun
yo‘lkada belgilab qo‘yilgan chiziqlar bo‘yicha yugurib o‘tish,
balandlikka sakrashlarni o‘rganish vaqtida yaqin keltirilgan
oyoq bilan yetkazish, oyoqlarni kambar qo‘yishga odatlanish
uchun belgilab qo‘yilgan koridor bo‘yicha yugurib o‘tish
amalda sinab ko‘riladi.
Biroq ko‘rgazmalilik nafaqat mashqlarni muvaffaqiyatli
egallashning shart-sharoiti, balki ularni mukammallashtirishning
majburiy sharti hamdir. Mashqlarni takomillashtirish
vaqtida kinogramma, slaydlardan foydalaniladi. Bu
shug‘ullanuvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtirishga
imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |