Maktab yoshida bolalar dezadaptatsiyasining pedagogik psixologik shart sharoitlari



Download 6,64 Mb.
bet3/3
Sana01.01.2022
Hajmi6,64 Mb.
#299831
1   2   3
Bog'liq
20 BOLALARDAGI HISSIYOTLAR XUSUSIYATLARI

Hissiy holatlarning ifodalanishi


Hissiy holatlarning ifodalanishi, birinchidan, ifodali harakatlar (yuz ifodasi, qo`l – oyoq harakatlari,­) ikkinchidan, organizmdagi turli hodisalarni, ya`ni ichki a`zolar faoliyatining va holatining o`zgarishida, uchinchidan, tabiatda, ya`ni organizm qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o`zgarishlarni, shuning bilan birga modda almashinuvida bo`ladigan o`zgarishlarni o`z tarkibiga oladi. His - tuyg`ularning tashqi ifodasiga yuz ifodasi, imo - ishora, vajohat va qaddi - qomatning o`zgarishi, ayrim tashqi chiqaruv bezlarining faoliyati (yosh, so`lak, ter ajralishi) va ayrim harakatlar xususiyatlaridagi o`zgarishlarni kiritish mumkin.

Bunga nutqning fonetik o`zgarishlari, “ovoz mimikasi” va gaplar tartibining sintaksis o`zgarishi, “tutilmasdan gapirish” yoki alohida “silliqlik”hamda “ifodalilik”ning yuzaga kelishi, nihoyat hissiyot o`zining to`la yoki qisman ifodasini topadigan xatti - harakatlarga taalluqlidir. Kishining emotsional kechinmalar vaqtida nutqning tezligi o`zgaradi. Ko`pincha nutqning sintaksis tuzilishi buziladi, tezligi va ohangi o`zgaradi. O`tkazilgan tekshirishlar shuni ko`rsatadiki, g`amginlik va mayuslik hislarini ifodalovchi nutq vaqtida shu nutqning so`zlovchi kishining ovozi beixtiyor pasayib ketadi. Nutqning o`zi susayib qoladi, so`zlayotgan kishining tovushi ham bo`linib - bo`linib chiqadi.

Emosiyalar - fiziologik aks ettirish chegarasida turuvchi va odamga o`z ehtiyojlari bilan bog`liq qo`zg`atuvchilar ta`sir qilganda o`z-o`zini boshqarishni amalga oshiruvchi psixik aks ettirishning sodda shaklidir. emosiyalar real dunyoni predmet hamda hodisalarni emas, balki ob`ektiv munosabatlarini aks ettiradi, unda mazkur predmet hamda hodisalar inson ehtiyoji uchun organizm xizmatida bo`ladilar.

Hissiyotlar faqat insonga xos bo`lib, emosional aks etish va tushunchalarni umumlashtiruvchi aks ettirishning murakkab formasidir. "Ular predmet va hodisalarning yuksak ehtiyojlarga hamda insonning shaxs sifatidagi faoliyati stimullariga munosabatini aks ettiradi." Agarda emosiyalar odamning muhit bilan o`zaro munosabatini organizm tarzida boshqarsa, hissiyotlar uning munosabatini shaxsning boshqa odamlar, jamiyat bilan munosabati tarzida boshqaradilar.

Inson emosiya va hissiyotlarni faqat boshdan kechiribgina qolmaydi. Ular tashqarida mimika, pantomimika, ovoz toni, tempi va nutq ifodaliligining o`zgarishi, yurak urishining tezlashishi, yuz qizarishi va boshqalarda aks ettiriladi. Har qanday hissiyot bevosita yoki bilvosita tashqi ta`sir bilan belgilanadi. Odamning ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan narsalar undan ijobiy hissiyotlar (qoniqish, quvonish, sevish va shu kabilar..) paydo qiladi. Bunga ehtiyojlarni qondirmaslik yoki unga to`sqinlik qilish bilan aloqador bo`lgan narsalar kishidan (norozilik, g`am, qayg`u, nafrat va shu singarilar) ni keltirib chiqaradi.

Odamning ijtimoiy turmushi oliy hissiyotlarni keltirib chiqaradi. Bularning negizidagi ehtiyojlar o`zaro munosabatga bo`lgan ehtiyoj, mehnat faoliyatiga bo`lgan ehtiyojlar yotadi.

Hissiyotlar axloqiy, intellektual (bilim) va estetik hissiyotlarga bo`linadi. Axloqiy hissiyotlar insonning odamlarga, ishga, mehnatga, hamda o`ziga bo`lgan munosabatida ifodalanadi. Axloqiy hissiyotlar insonning axloqiy xususiyatlari: vijdonlilik, rostguylik, iltifotlik, intizomlilik va boshqa xususiyatlariga bog`liqdir. Axloqiy hissiyotlar: vatanparvarlik, insonparvarlik, o`rtoqlik va do`stlik, jamoatchilik, odamning mehnatga munosabatini ifodalovchi hissiyotlar. Uyalish va vijdon hissi, diniy hissiyot. Axloqsiz hissiyotlar: g`arazguylik, yulg`uchlik, o`zgalardan ustunlik. Intellektual hissiyotlar: havasmandlik, qiziquvchanlik, hayratlanish, taajjublanish, sinchkovlik, e`tiborsizlik, ishonch, ikkilanish, yangilikni sevish yoki undan qurqish. estetik hissiyotlar: go`zallik-xunuklik, yuksaklik-tubanlik, fojialilik-komiklik. estetik hissiyotlar axloqiy hissiyotlar bilan chambarchas bog`liqdir.

His-tuyg`ularning xususiyatlaridan biri - ziddiyatliligi, ya`ni bir-biriga qarama-qarshiligidir. Masalan, quvonch uchun ziddiyatli tuyg`u- qayg`u, xursandchilik uchun - azob chekish, sevgi uchun nafrat, qurquv uchun mardlik, jangovor ruhga ega bo`lishdir.

His-tuyg`ularni biz uchun yoqimli va va yoqimsiz bo`lgan his-tuyg`ularga ajratish mumkin. YOqimli his-tuyg`ular, ularni boshdan kechirayotgan kishining nuqtai nazari bilan qaraganda ijobiy his-tuyg`ular, yoqimsizi - salbiy his-tuyg`ular bo`ladi. Ular o`rtasida birinchi va ikkinchi his-tuyg`ularga kiritilishi mumkin bo`lgan ko`pgina oraliq his-tuyg`ular mavjuddir. Masalan, qo`rquv ba`zan jangovor ruhni, o`zini himoya qilish uchun aktiv harakat qilishga tayyorlikni o`z ichiga oladi; qo`rquv hissi orqaga qaytishga ham, dadil hujum qilishga ham undashi mumkin. Muvaffaqiyat quvonchiga ba`zan ma`yuslik hamroh bo`ladi. Ayrim kechinmalar shu qadar murakkab, ko`p kirrali bo`ladiki, ularni yoqimli yoki yoqimsiz his-tuyg`ularga kiritish mumkin yoki mumkin emasligini aytish qiyin.

His-tuyg`ular aktiv yoki passiv bo`lishi mumkin. Agar kishi hayajonlangan, diqqati kuchaytirilgan bo`lsa (masalan imtihon oldida turgan talaba) yoki alohida ko`tarinkilikni (ijodiy ish davrida) his qilsa, uning tuyg`ulari aktiv bo`ladi. Aksincha kishining holati noaniq bo`lsa, his-tuyg`ulari ham sust o`tib boradi. His-tuyg`ularning aktivligi ularni stenik (g`ayrat o`yg`otuvchi) tuyg`ularga aylantiradi. Ular kishining kuch va g`ayratini oshiradi. Aksincha, his-tuyg`ularning passivligi shunda ifodalanadiki, ular astenik (bushashtiruvchi) tuyg`ularga aylanib, ishchanlikni, g`ayratni pasaytiradi. Stenik tuyg`ularga mardlik, jangovar ruh, g`alaba quvonchini kiritish mumkin. Astenik tuyg`ular qayg`u - xasrat, umidsizlik, loqaydlik va hokozolardir. His - tuyg`ular intensivlik va davomiylikning turli darajasiga ega bo`ladi. Ba`zan ular uzoq davom etsa ham, lekin sust bo`ladi. Boshqa vaqtda xuddi shu kishida ular juda kuchli davom etib, uni etarli o`ylab ko`rilmagan harakatlar qilishga undaydi. emosiyalar ko`pincha kishining xulq atvoriga alohida bir hissiy oxang bagishlaydi, ma`lum darajada davom etadigan ancha mustahkam kechinmalarni vujudga keltiradi. Ba`zan his-tuyg`ular birdaniga paydo bo`lib, shiddatli va nisbatan tez o`tadi. Ana shu uzoq davom etadigan yoki qisqa muddatli kechinmalar psixik yoki emosional holatlar deb ataladi. Ular jumlasiga kayfiyatlar, affektlar (qattiq hayajonlanish), hirslar, frustrasiya, stressli holatlar kiradi.

XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak boshlang'ich sinfda psixologik xizmatning o'rni juda beqiyos. Chunki bu davrda bola hayotida kata o'zgarishlar ro'y beradi, avvalo ularning maktab hayotiga moslashishi muhim o'rin tutadi. Bolaning maktabga yaxshi moslashib ketishida o'qituvchilarning va maktab psixologining xizmati katta.

Biz bola rivojlanishidagi negativ omillar, ya'ni «rivojlanmaganlik», «etishmovchilik» va boshqalarni tadqiq etish doirasida hal qilishga intildik.

Tizimda loyihalashning mantiqiy rivojlanishidagi ancha murakkab qarama- qarshi jarayonlarda mutaxassislar bolalarda ko'p uchraydigan muammolarning samarali echimi dasturini ishlab chiqishadi va shu asosda pedagoglar rivojlanish yo'lini belgilaydilar.

Kuzatish natijalarini baholash uchun esa tashxis modelini tuzish masalasi yuzaga keladi. Shuning uchun bolaga nisbatan tizimli yondoshuv va sub'ekt shaxsi kichik dunyosining tashqi muhit bilan o'zaro munosabatlari tavsifnomasi tahlilini tashxis tadqiqotlariga yo'naltirish zarur.

Demakki, mazkur sohada yangi yo'llarni izlashga yanada ko'proq ehtiyoj tug'ilmokda va bola muammolarini o'rganishning psixologik va pedagogik malakalari, tashxis ishlari darajasi asosiy ko'rsatkichi doimo diqqat markazida bo'lishi joiz.

Xullas, bola holatini o'rganishda bunday ko'p bosqichli psixologik tashxis tizimi nihoyatda qo'l keladi. U faqatgina bola holatining eng dolzarb fenomenlarini ko'rsatibgina qolmay, balki ishonchli istiqbol tashxisini ham ta'minlaydi, bolaning keyingi rivoji va o'qishi, korrektsion (tuzatish) ishlarining yanada samarali dasturlarini ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Bolalar bilan ishlashning zamonaviy tajribalari shuni ko'rsatadiki, ayrim hollarda bola holati faqatgina yaxshi tomonga emas, balki u yoki bu sabablari, o'qitish va sharoit rivojiga bog'liq tarzda yomon tomonga o'zgarishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.




  1. G`oziev E. Oliy maktab psixologiyasi. T. 1997

  2. G`oziev E. Psixologiya. T. 1994.

  3. Karimova V. M. Psixologiya. - T., 2002

  4. Karimova V. M., Akramova F. Psixologiya. Ma’ruzalar matni - T., 2000

  5. Nishanova Z., Qurbonova Z., Abdiev S., To'laganova Sh. Psixodiagnostika. - T.: 2008. - 314 b.

  6. Nishanova, D.Qarshieva, N. Atabaeva, Z.Qurbonova “Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya” Toshkent-2014.- 379 b.

  7. Nishanova Z.T. va boshqalar. Psixodiagnostika. -Т.: Fan va texnologiyalar markazining bosmaxonasi. 2008.- 314 b.

  8. Nishanova Z.T.,Qarshieva D.S. Eksperimental psixologiya- T.: Fan va texnologiyalar markazining bosmaxonasi. 2006.-91 b

  9. Nishanova Z.T. va boshqalar. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya.- T.:Tafakkur bo‘stoni.2011. -303 b.

  10. Nishanova Z.T., Komilova.N. G'., Abdullayeva D. U.,Xolnazarova M. X. Rivojlanish psixologiyasi. Toshkent. 2017.-438 b.

  11. Nishanova. Z.T.,Qurbonova. Z., Abdiyev. S., To'laganova. Sh., Psixodiagnostika. Toshkent. 2008.-314 b.

  12. Xaydarov. F. I., Xalilova N. I. Umumiy psixologiya. Toshkent-2010 -330 b.

  13. G'oziev E. Umumiy psixologiya T.: “O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashryoti, 2010 y. -444 b.

  14. G'oziev E. Yosh davrlari psixologiyasi. T.: O'qituvchi. 1994 -225 b.

  15. Internet saytlari.


























Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish