Maktab taʼlimi va ijodkorlik mundarija



Download 0,9 Mb.
bet3/14
Sana29.04.2022
Hajmi0,9 Mb.
#589827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Maktab taʼlimi va ijodkorlik

Tadqiqot maqsadi: umumta’lim maktablaridagi texnik ijodkorlik va texnologiya mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning grafik madaniyati va savodxonligini rivojlantiruvchi topshiriqlar variantlarini tuzib, ularni dars jarayonida qo‘llash usullarini ishlab chiqish.
Tadqiqot vazifalari:

  1. Umumta’lim maktablaridagi texnik ijodkorlik mashg‘ulotlarining mazmuni va unda o‘quvchilar bajaradigan amaliy ishlar hamda o‘rganishlari ko‘zda tutilgan nazariy ma’lumotlarni aniqlash.

  2. Umumta’lim maktablaridagi texnik ijodkorlik mashg‘ulotlari uchun o‘quvchilar bajaradigan loyihalash elementlari bo‘lgan topshiriqlar variantlarini tuzish.

  3. Umumta’lim maktablaridagi texnik ijodkorlik va texnologiya mashg‘ulotlari uchun o‘quvchilar bajaradigan konstruksiyalash elementlari bo‘lgan topshiriqlar variantlarini tuzish.

  4. Maktablardagi texnik ijodkorlik mashg‘ulotlari uchun amaliy yo‘naltirilgan ijodiy xarakterdagi topshiriqlar namunalarini ishlab chiqish.

Tadqiqot ob’yekti: Umumiy o'rta ta’lim maktablaridagi texnik ijodkorlik va texnologiya fani o‘quv mashg‘ulotlari.
Tadqiqot predmeti: Umumiy o'rta ta’lim maktablaridagi texnik ijodkorlik va texnologiya fani o‘quv mashg‘ulotlari mazmunini takomillashtirish.
Umumiy o'rta ta’lim maktablari texnik ijodkorlik va texnologiya fanlari bo‘yicha o'quvchilarning amaliy grafik ishlarining mazmunini takomillashtirish hamda qo‘shimcha nazariy ma’lumotlar bazasi namunalarini taklif qilish tadqiqotimizning muammosidir.
.
1 bob. TEXNIK IJODKORLIK VA GRAFIKA. O‘QUVCHILARNING
TEXNIK IJODKORLIK FAOLIYATINI TASHKIL QILISH

1.1. Grafika, uning shakllanishi va rivojlanishi. Grafikaning inson faoliyatida
tutgan o‘rni

Qadimgi zamonlardan to hozirgi kunlargacha kishilar o‘rtasidagi grafik muloqot eng oddiy va qulay aloqa vositasi sifatida qo‘llanilib kelinmoqda. Bekorga “yuz marta eshitgandan bir marta ko‘rgan afzal” deb aytishmaydi. “Bitta rasm mingta so‘zning o‘rnini bosadi” deb hisoblanishi ham asoslidir.
Kishilar atrofidagi buyumlarning rasmini solishni yozishni o‘rga-nishdan avval o‘zlashtirib olganlar. Ibtidoiy rassomlar qoyatoshlarda, g‘orlarning devorlarida, mamont tishlari, daraxt po‘stlog‘i, loy kabi ko‘plagan materiallarda hayvonlar, ov sahnalari, turmush va insonlar hayoti lavhalaridan manzaralarni tasvirlaganlar (1-shakl). Bunday qadimiy rasmlar Er sharining barcha qit’alarida, jumladan O‘zbekistonda ham uning janubidagi Zarautsoy, Samarqand atrofidagi Ilonsoy va Oqsoy, Farg‘onadagi Suratsoy kabi joylarda saqlanib qolgan.

O‘zbekiston hududidagi Zarautsoy qoyatoshiga ishlangan ov manzarasi


Qadimgi rassomlar sodda qo‘lbola asboblar: toshdan tayyorlangan keskich,
hayvonlarning o‘tkir suyaklari, jundan tayyorlangan qattiq mo‘yqalamlar va hattoki ayrim hollarda o‘zlarining barmoq va qo‘l panjalaridan foyda-lanib rasm solganlar. Vaqt o‘tishi bilan qadimgi rassomlarning asboblar to‘plami takomillashib, ko‘proq turli-tuman bo‘la boshlagan.
Murakkab bo‘lmagan rasm solish bo‘yicha ajoyib ko‘nikmalar qadimgi odamga yozuvni yaratishga imkoniyat yaratdi. Dastlabki yozma hujjatlar-hikoyalar manzarali - piktografik va ieroglifik shaklda bo‘lgan. 2 - shaklda qadimgi rassom tomonidan hayvon suyagiga kartinalar shaklida o‘yib “yozilgan” hikoyaga misol keltirilgan. Bunday yozuv mazmunini tushunib olish juda oson: hikoyachi eshkak bilan qayiqqa o‘tirib tyulen oviga jo‘naydi va o‘ljani ikkinchi ovchi bilan birgalikda o‘toviga olib keladi.

Ibtidoiy ovchining piktografik «kartinali» xat-hikoyasi

Misr ierogliflarining belgi-kartinkalari ko‘rsatilgan. Ular hozirgacha ham o‘zlarining ajoyib tushunarlilik xossalari hamda tasvirlanayotgan ob’ekt bilan tasviriy-ramziy o‘xshash- ligini yo‘qotmaganlar.



Quvonch kuylamoq ko ‘rmoq yig ‘lamoq quruvchi ilon harakat kuch

Misr ierogliflarining qadimgi belgi kartinkalari


Uzoq o‘tmishda ham kishilar o‘z turar-joylarini o‘ziga xos “reja-chizmalar” bo‘yicha qurishni bilganlar. Ularni qurilish rejalashtirilgan erning o‘zida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bajarganlar (4-shakl).

Qurilish texnikasining rivojlanishi bilan qadimgi arxitektor, quruvchi, rassom, olim va hattotlar chizg‘ich, maxsus tayoqcha, temir keskich va sirkul, pero, qalam va shunga o‘xshash asboblarni yaratib ulardan foydalana boshlaganlar. Qattiq materiallarda tasvir tirnash yoki kesish (o‘yish) usuli bilan, yumshoq materiallarda esa chizish yoki bosish yordamida bajarilgan.


Tasvirlarni tushirish uchun vatani Misr bo‘lgan papirus deb nomlangan materialni tayyorlab boshlaganlar. II asrda Xitoyda qog‘oz kashf qilingan. VII asrda arablar xitoyliklardan qog‘oz tayyorlash usullarini o‘rganib olganlar. Qog‘oz tayyorlash Markaziy Osiyoda dastlab Samarqandda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Samarqand qog‘ozi juda uzoq yillar nihoyatda qadrlanib kelgan. O‘rta asrlarda Buyuk ipak yo‘li orqali Samarqand qog‘ozi Evropaga ham etib kelgan va u XI-XII asrga kelib Evropada tarqala boshlagan. Samarqand qog‘ozi 3 turda tayyorlangan bo‘lib, uning birinchi turi faqat ipak tolasidan tayyorlanib, juda sifatli qimmatbaho qog‘oz ghsoblangan. 2-turdagi qog‘ozlarning sifati ham yuqori bo‘lib, yarim shoyidan tayyorlangan va 3-tur qog‘ozlari mahalliy aholiga hamda chetga chiqarishga mo‘ljallanib, paxta tolalaridan tayyorlangan. Nihoyatda qimmat bo‘lgan materiallar - papirus va pergamentlar o‘rniga XV asrdan kirib kelgan qog‘oz, barcha moddiy tasvir vositalari o‘rtasida asosiy o‘ringa chiqib oldi.
Eramizdan ko‘p asrlar avval ham Assiriya va Vavilonda shaharlarning rejalarini tuzishni bilganlar. Afsuski Qadimgi Misr, Gretsiya va Rimda bunyod qilingan ibodatxona va saroylarni tiklash uchun tayyorlangan grafik hujjatlar bizgacha etib kelmagan. Bizgacha etib kelgan chizmalar aksariyat xollarda reja deb nomlanadigan bitta tasvirdan iborat. Vaqt o‘tishi bilan rejaga buyumning olddan ko‘rinishi tasvirini qo‘shib boshlaganlar.
Bizgacha zamonaviy chizmalarga o‘xshash bo‘lgan XV asrda bajarilgan tasvirlar etib kelgan. Ularning ko‘pchiligi buyuk italyan olimi, muhandisi va rassomi Leonardo da Vinchi (1452-1519) tomonidan bajarilgan.
Hozirgi O‘zbekiston hududida ham qadimdan geografik kartalar, shaharlarning rejalari, er uchastkalarining tasvirlari, mudofaa inshootlari va boshqa turli xil chizma va tasvirlarni ustalik bilan bajarishgan

. Xonaqo rejasining qayta tiklangan chizmasi.


Buxorolik usta tomonidan XVI asrda bajarilgan.
Grafika taraqqiyotini tahlil qilib undagi grafik tasvirlarning badiiy, texnik, ilmiy va boshqa ko‘plagan sohalarga ajralish vaqti va joyini aniqlash qiyin. Badiiy grafika insonning ruhiy ta’sirchanligiga asoslanadigan bo‘lsa, texnik grafika ko‘pincha moddiy buyumlarni loyihalash va tayyorlash jarayonida qo‘llaniladi, ilmiy va ish yuritish grafikasi ma’lum jarayon, hodisa, vaziyatlarni tadqiq qilishga ko‘maklashadi.

7-shakl. Loyiha grafikasining mahsulot asosiy o‘lchamlarini aniqlash bosqichlarida qo‘llani- lishiga misol

6-shakl. Mashhur aviakonstruktor A.N.Tupolev tomonidan bo‘lg‘usi TU-16 dvigatelining eng qulay joylashuvini izlash jarayonida baja- rilgan texnik rasm - nabroskalar.

Mahsulot tayyorlashning loyihalash va konstruksiyalash bosqichlarida qo‘llaniladigan grafik tasvir turlari loyihalash grafikasiga kiradi. Uning ob’ektilariga sanoat, arxitektura va qurilish, dizayn, bezash, amaliy-bezak san’ati kabi ixtiyoriy sohalarning xilma- xil mahsulotlari bo‘lishi mumkin.


Ba’zi hollarda loyihalash grafikasining yakuniy ob’ektlari faqatgina moddiy mahsulotlar (metall, yog‘och, keramika va h.k.) bo‘lib qolmasdan, har xil xususiy logotiplar, tovar belgilari, ramzlar, reklamalarning grafik qismi kabilar ham bo‘lishi mumkin. Bunday grafika grafik dizayn (dizayn-grafika) deb ataladi.
Ma’lumki, o‘quvchilar 8-sinfda chizmachilik darslarini o‘rganishga kirishgunlarigacha ham maktabdagi texnologiya, geometriya, matematika, geografiya, biologiya kabi ko‘pchilik darslarda turli xil grafik tasvirlar bajaradilar. Texnologiya darslarida mahsulot tayyorlashning texnologik xaritasi chizma shaklida bajariladi. Lekin ushbu grafik tasvirlar hamda chizmalarni bajarishda ular ko‘proq “tasvirga o‘xshatish” ga harakat qiladilar. Bu fanlarda chizmalarni bajarishga qat’iy talablar ham qo‘yilmaydi. O‘quvchilar tasvirlarni bajarishda asosan qalam, chizghch (ayrim hollarda uchburchakliklar), o‘chirgich hamda har xil sirkullardan foydalanadilar. Ularda chizmachilik asboblari, ularni ishga tayyorlash hamda chizma asboblaridan ratsional foydalanish va chizma bajarish

texnikasi haqidagi tushunchalar aksariyat hollarda shakllanmagan bo‘ladi. SHunig uchun ham ushbu ma’lumotlarni o‘quvchilarga o‘rgatish, ularda chizma bajarish texnikalarini to‘g‘ri shakllantirilishi katta ahamiyatga ega. CHunki, bularning barchasi birinchidan grafik madaniyatning asosi bo‘lsa, ikkinchidan o‘quvchilar chizma asboblarini ishga to‘g‘ri tayyorlashni va chizma bajarish texnikalarini bilmasalar ularni sifatli va savodli chizma bajarishga o‘rgatishning o‘zi muammo bo‘lib qoladi. Bular bo‘yicha ma’lumotlar chizmachilik darsligining so‘zboshi, chizmachilik kursiga kirish, geometrik yasashlar, turli xil chiziqlar chizish mavzularida keltirib o‘tilgan.
Texnologiya fani o‘qituvchisi texnologiya mashg‘ulotlarida ham, jumladan texnik ijodkorlik mashg‘ulotlarida ham dastlabki mashg‘ulotlardan boshlab o‘quvchilarni grafik tasvirlarni savodli bajarishga ohgatishga harakat qilishi kerak. CHunki texnik ijodkorlik jarayonining o‘zi aksariyat hollarda bevosita chizma va grafik tasvirlar bajarish bilan bog‘liq bo‘ladi.
CHizmalarning sifatli bajarilishi chizmakashning mahorati bilan bir qatorda chizmachilik buyumlari, jihozlari va asboblarining to‘g‘ri tanlanishi va ishga tayyorlanishiga ham bog‘liq. O‘quvchilarni chizmachilikning xalq xo‘jaligi, turmushda va amaliy ahamiyati bilan tanishtirishda chizma bajarish jarayoni va undagi zamonaviy o‘zgarishlar bilan kengroq tanishtirishning ahamiyati katta. Bunda ular chizmalar faqat mavhum detallar chizmasi bilan ish ko‘rish emas, uning turmushning hamma sohalariga keng kirib borganligi, zamonaviy kompyuter grafikasi bilan bir qatorda qo‘lda chizma bajarishning ahamiyati va uning qo‘llanilish sohalari haqidag tasavvurlari kengayadi, chizmalarni to‘g‘ri bajarishga harakat qiladilar.
O‘quvchilarning grafik savodxonligi va grafik madaniyatini to‘g‘ri shakllantirish chizmachilik fani o‘qituvchisining bevosita vazifasiga hisoblanadi. Lekin texnologiya va texnik ijodkorlik fani o‘qituvchisi o‘quvchilarning chizmalarni to‘g‘ri bajarishlarini nazorat qilib borishi, chizma bajarishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ymasliklariga harakat qilishi kerak. O‘qituvchi grafik tasvirlar bajariladigan dastlabki mashg‘ulotlarda o‘quvchilarni asosiy chizma asboblari 15

mo‘ljallangan trafaret.

bilan tanishtirib, ulardan to‘g‘ri foydalanish tartiblarini tushuntirishi kerak. Bu bilan o‘quvchilar chizmalarni nisbatan tez va sifatli bajarishni o‘rganadilar.


O‘quvchilarga chizmachilik buyumlari, asboblari va jihozlari haqida ma’lumot berganda ularning har birining yaqqol tasviri va o‘zini ko‘rsatib, ulardan foydalanish tartiblari haqidagi qisqacha ma’lumotlarni berib borish kerak. Quyida shu yo‘nalishdagi ma’lumotlarni keltiramiz.

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish