Nimchorak yoki sakkiztalik nota - butun notaning 1/8 qismiga teng bo’lgan tovush cho’zimi.
O’n oltitalik nota - butun notaning 1/16 qismiga teng bo’lgan tovush cho’zimi.
Shtil - nota belgisining o’ng yoki chap tomonidan, pastga yoki yuqoriga qo’yiladigan - yarim, chorak, nimchorak, o’n oltitalik va h.k tovush cho’zimlarini yozishda ishlatiladigan tayoqcha.
Bayroqchalar - nimchorak, o’n oltitalik, va h.k tovush cho’zimlarini yozishda ishlatiladigan belgi.
Liga - bir xil balandlikdagi tovush cho’zimlarini birlashtiruvchi belgi.
Nuqta - tovush cho’zimini yarim baravar uzaytiruvchi belgi.
Qo’sh nuqta - tovush cho’zimini yarim va yana chorak baravar uzaytiruvchi belgi.
Fermata - tovush cho’zimini istagancha cho’zib turish mumkinligini bildiruvchi belgi.
Pauza - musiqada tovush eshitilishini vaqtincha to’xtalishi.
Pauza cho’zimlarining nomlari - butun, yarim, chorak, nimchorak, o’n oltitalik va h.k pauzalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |