Umumiy xulosa qiladigan bo‘lsak:
– Sizni yaqindan biluvchi insonlar – oila a'zolaringiz, do‘stlaringiz bilan maslahatlashgan holda, o‘zingizga qaysi kasb ko‘proq mos kelishi haqida so‘rab olishingiz mumkin.
– Ommaviy axborot vositalari yangi kasb sohalari haqida ko‘proq ma'lumot olishga yordam beradi. Maxsus manbalar (adabiyotlar, onlayn platformalar) talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar haqida ma'lumotlar beradi.
– Istaklaringiz va hayotdagi maqsadlaringizdan kelib chiqing.
– To‘plagan ma'lumotlaringizni chuqur tahlil qiling. «Hayotda menga nima kerak?» degan savolga javob berishga harakat qiling.
– Imkoniyat bo‘lsa, kasb tanlash bo‘yicha malakali mutaxassis bilan maslahatlashish maqsadga muvofiq
Qobiliyatlar kiziqish va mayllar bilan mahkam bog‘liq bo‘ladi hamda odamning kasbga layoqatini ko‘rsatuvchi belgilarning ajralmas kismi hisoblanadi.
Xo‘sh, qobiliyatning o‘zi nima? Odamning biror faoliyat sohasida muvaffaqiyat qozonishiga yordam beradigan har qanday individual psixologik xususiyatni qobiliyat deb hisoblash mumkin. Qobiliyatni faqat bilim va malakalardan iborat deb hisoblab bo‘lmaydi. Masalan, agar odam hidlarning bir-biridan farkini yaxshi bilsa va ularni esda saqlab qola olsa, u holda bunday fazilat ximik uchun, degustator uchun, oshpaz va boshqa shunga o‘xshash kasbdagi kishilar uchun juda zarur bo‘lgan qobiliyat hisoblanadi. Basharti, kishining xotirasida juda ko‘p raqamlar, harflar, so‘zlar yoki tashqi alomatlar yaxshi (mustahkam) saqlanib qoladigan bo‘lsa, u kishi mana shu o‘z xotirasidagi ma’lumotlarni kerak paytda ishlata olsa, u holda bu ham juda zarur fazilat, matematikka, dasturchiga, konstruktorga va boshqa shunga o‘xshash kasbdagi kishilar uchun zarur bo‘lgan qobiliyat hisoblanadi.
Har qanday faoliyat muayyan qobiliyatlar jamini ishlatishni taqozo etadi. Masalan, veterinariya feldsheri yoki shifokor kuzatuvchan yoki tashabbuskor kishi bo‘lishi, chuqur aqlidrokka ega bulgan chaqkon-epchil odam bulmog‘i, o‘z ishiga g‘oyat halol munosabatda bo‘lishi kerak.
Kasbga yaroqlylik tug‘ma sifat emas. U mehnat faoliyatida shakllanib boradi mehnat jarayonida faqat kasbiy idrok, xotira va tafakkur rivojlanibgina qolmay, odamda muayyan xulq-atvor tipi ham, uning jamoada ishlashga xos yo‘nalishi ham, talabchanligi ham, burchni anglash hissi ham, shaxsning boshqa shu singari fazilatlari ham rivojlanib boradi.
Ko‘pchilik kasblarda ularga yaroqlylik masalasida odamga mutlaq talablar qo‘yilmaydi; unda yetishmaydigam zarur fazilatlar, xususiyatlar, qobiliyatlar o‘rnini boshqalarini rivojlantirsh hisobiga qoplash mumkin.
Odamda mavjud bo‘lgan barcha fazilatlarni kasbiy jihatdan qimmatli, zararli yoki neytral (xolis) sifatlar deb bir necha turga ajratish mumkinmi? Yo‘q. Gap shundaki, hatto eng oddiy biror kasb to‘g‘risida gap ketganda ham kasbiy jihatdan yagona va shubhasiz qimmatli fazilatlar to‘g‘risida gapirib bo‘lmaydi. Misol uchun, ko‘p dastgohchi to‘quvchilar kasbini olib ko‘raylik. Ularning bir xillari tez harakat qilish hisobiga yuksak natijalarga erishadilar, boshqalari esa ehtiyotkorlik, puxta ishlash, ishning ko‘zini bilish hisobiga yutuqqa erishadilar, uchinchi bir xillari, esa, ishini bir maromda, bir xil sur’atda tashkil etish hisobiga muvaffaqiyatga erishadilar. Xodim qanchalik malakali bo‘lsa, u o‘zining kuchli tomonlaridan shunchalik ko‘proq (maksimal) darajada foydalanadi hamda o‘zining zaif tomonlarini yengib, har xil vositalar bilan ularning o‘rnini qoplaydi. Natijada ishda takrorlanmas individual uslub vujudga keladi. Shuning uchun ham: «Ish ustasidan qo‘rqar» - degan dono maqol to‘qilgan.
Odamning o‘z kasbiga yaroqli ekanini quyidagi asosiy fazilatlariga qarab belgilanadi: fuqoralilik fazilatlari (masalan, diniy e’tiqod, vatanparvarlik, jamoatchilik. umumfoydasi uchun mehnat qilish ehtiyoji va boshqalar); mehnatsevarlik, mehnatga halol munosabatda bo‘lish, mazkur sohadagi faoliyatga nisbatan ijobiy qiziqish amallarning mavjudligi, aql-idrokning keng va teranligi, puxtalik, intizomlilik, o‘z-o‘zini nazorat qilishning rivojlanganligi, tashabbuskorlik, salomatligining yaxshiligi va boshqa shunga o‘xshash sifatlar maxsus qobiliyatlar (masalan, royallarni sozlovchi kishi uchun musiqani tinglay olish qobiliyatining yaxshi rivojlangan bo‘lishi, Kamolot YoIH yetakchisi uchun ko‘pchilik bilan muloqotga kirishib, tezda til topishib keta olish qobiliyati zarur va hokazo).
O’z kasbingizga yaroqlilik uchun zarur bo‘ladigan ayrim fazilatlarni o‘zingiz muntazam ravishda shakllantirib borishingiz mumkin va lozim (etiqod, halollik, burch hissi, jamoa bo‘lib ishlash ana shunday shakllantirib borishni talab qiladigan fazilatlar hisoblandi).
Biz hozir «odam kasb» formulasidagi o‘zaro aloqadorlikning bir tomonini qarab chiqdik. Endi odam uchun kasbning o‘zi yaroqsiz bo‘lib qolishi mumkin bo‘lgan holat to‘g‘risida gaplashamiz. Buni quyidagi misolni qarab chiqish orqali tushuntirish mumkin.
Konstruktorlar qudratli ko‘tarish mashinasi yaratdilar, lekin buni qaraylik, bu mashinani boshqarish juda og‘ir ekan (tushirish, tormozlash, to‘xtatish richagini bosish, uni bir joydan ikkinchi joyga surish uchun haddan tashqari katta jismoniy kuch talab qilinar ekan). Bunday holda kishining, masalan, ayol kishining bu mashinada mashinist bo‘lib ishlash kasbiga loyiq emasligi to‘g‘risida gapirib o‘tirmasa ham bo‘ladi, bunda mashinani boshqarish usulini o‘zgartirish kerak bo‘ladi.
Yuqorida aytilganlardan shunday xulosa kelib chiqadiki, odamning kasbga yaroqliligi o‘zgaruvchan xarakterga egadir. Kasbga yaroqlilikni shakllantirish bu faqat odamdagi muayyan fazilatlarni (masalan, o‘z-o‘zini tarbiyalash vositalari bilan) rivojlantirishdangina iborat bo‘lib qolmay, shu bilan birga mehnat sharoitini, ishlab chiqarish vositalarini o‘zgartirishni ham taqozo etar ekan.
1. Kishining kasbga yaroqliligi to‘g‘risida uning qanday fazilatlariga qarab baho berish mumkin?
2. Siz kasbga yaroqlilikning qanday turlarini bilasiz? Mutlaqo yaroqlilikni talab qiladigan kasblarni sanab bering.
3. Kasbga yaroqlilikni shakllantirib bo‘ladimi? Misollar keltiring.
4. Siz o‘zingiz tanlagan kasb uchun qanday fazilatlarni muhim deb hisoblashingizni aytib bering?
O’z-o‘zini tarbiyalash va kasb tanlash
Siz o‘zingizning bo‘lg‘usi kasbingizni tanlash to‘g‘risida o‘ylar ekansiz, o‘z qiziqishlaringiz, mayllaringiz, imkoniyatlaringizga baho bera boshlaysiz. Xullas, siz o‘z fazilatlaringizning murakkab tomonini tahlil qilishni o‘rganasiz. Zero har bir kishi o‘zining bo‘lg‘usi mehnat yo‘li to‘g‘risida o‘ylayotgan vaqtda bu fazilatlarni etiborga olmay iloj yo‘q.
Kishi o‘z ustida ishlashini, o‘z xarakterini, iroda kuchini shakl1antiridigan, o‘zining kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirishni istasa, hech qachon kech bo‘lmaydi, lekin bu ishni yoshlik paytidan boshlagan ma’qul
Do'stlaringiz bilan baham: |