III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Har qanday davlatning asosiy suverenlik belgisi uning aholisi yashab turgan hududning mavjud ekanligidir. Bilasizki, davlatning qonunlari har kimga tatbiq etiladi va har bir inson hayotining ko‘pgina tomonlarini tartibga solib turadi. Biroq davlat hududining har bir qismida - qishloqda, shaharda, tumanda va hokazolarda markaziy hokimiyat organlari hal qilishi mushkul bo‘lgan kundalik muammolar vujudga keladi. Shuning uchun ham davlat hokimiyati vakolatlarining muayyan qismi markaziy hokimiyat organlaridan mahalliy hokimiyat organlariga beriladigan bir tarzda taqsimlashga zaruriyat tug‘iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |