Intellektual tip. Bunday odamlar o’zining sezgir va boy xayolligi bilan
boshqalardan ajralib turadi. Ular amaliy mashg’ulotlarni bajarishdan ko’ra,
muammolarni nazariy hal qilish ustida o’ylashni yoqtiradilar. Biolog, botanik,
astronom, fizik kabi kasblarni tanlashadi:
Ijtimoiy tip. Bunday odamlar muammoni yechishda ko’proq o’zlarining
intellektual qobiliyatlaridan ko’ra shaxsiy hissiyot va tuyg’ularga asoslanadilar.
Mexanizmlar bilan shug’ullanishni yoqtirmaydilar. Ko’proq ta’lim va sog’liqni
saqlash sohasiga qiziqadilar: shifokor, psixolog, o’qituvchi kasblarini tanlashlari
mumkin, chunki ularda muloqotga kirishish, boshqaruv va san’atga ehtiyoj katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |