Davlatning doiraviy aylanish modelidagi o`rni
Resurslar hamda tovarlar va xizmatlar oqimi jami taklifni, daromadlar va xarajatlar oqimi jami talabni ko`rsatadi. Davlat ishtiroki mavjud bo`lmagan yopiq iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi taklifning o`zaro teng bo`lishi firmalarnining yalpi sotuvi, yoki yalpi ishlab chiqarishi hajmi uy xo`jaliklarining yalpi daromadlari, yoki yalpi daromadlariga teng bo`lishi shaklida namoyon bo`ladi.
Bu ko`rsatkichlar o`rtasidagi tenglikning buzilishi ishlab chiqarishning pasayishi, inflyatsiya va ishsizlik darajalarining ko`tarilib ketishiga sabab bo`ladi. Davlat aralashuvi mavjud bo`lgan iqtisodiyotda bu model ancha murakkab ko`rinish oladi.
3-chizma. “Resurslar-tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar – xarajatlar”ning davlat aralashuvi mavjud iqtisodiyotdagi doiraviy aylanishi modeli.
Bunda:
Er, mehnat, kapital.
|
Iste`mol xarajatlari.
|
Resurslar.
|
Sotishdan tushgan daromad.
|
Tovar va xizmatlar.
|
Resurs xarajatlari.
|
Tovar va xizmatlar.
|
Soliqlar.
|
Resurslar.
|
Soliqlar.
|
Tovar va xizmatlar
|
Xarajatlar.
|
Transfertlar.
|
Xarajatlar.
|
Pul daromadlar (ish haqi, renta, foiz, foyda)
|
Subsidiyalar.
|
Bunday iqtisodiyotda resurslar - tovarlar va xizmatlar, daromadlar- xarajatlarning uzluksiz harakati ham bozor mexanizmlari orqali, ham davlat aralashuvi bilan ta`minlanadi. Bunda hukumat ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilarning harakatini bevosita boshqarmaydi, balki resurslar va tovarlar bozorlarida qatnashish orqali ularning iqtisodiy faoliyatiga qulay sharoitlar yaratadi. Davlat korxonalar va uy xo`jaliklarini soliqqa tortish bilan birga korxonalarga subsidiyalar berish, aholiga transfert to`lash orqali ularning ishlab chiqarish imkoniyatlari va xaridga qodir talablariga ta`sir etadi. Ayni paytda davlat resurslar bozoridan hamda tovarlar va xizmatlar bozorida sotib oluvchi sifatida ishtirok etadi. Davlat o`z ishtiroki bilan firmalarning ishlab chiqarish hajmlari va uy xo`jaliklarining tovarlar va xizmatlar xarid qilish miqdolari to`g’risidagi qarorlari o`zaro mos kelmagan hollarda ro`y beradigan iqtisodiy tebranishlarni tartibga solib turadi. Ochiq iqtisodiyot sharoitida doiraviy oqimlar modeli yanada murakkablashadi. endi unda to`rtinchi makroiqtisodiy sub`ekt - tashqi dunyo ham paydo bo`ladi. CHet el investitsiyalarinig kiritilishi va xorijga investitsiya qilish, eksport va import operatsiyalari shu jumladan moliyaviy bozor orqali jamg’armalarning investitsiyalarga oqib o`tishi va moliyaviy mablag’larning qayta taqsimlanishini e`tiborga olsak ko`rib o`tilgan model mukammal emasligiga iqror bo`lamiz. Ammo shu ko`rinishda ham bu model makroiqtisodiy jarayonlarni yaxlit holda tasavvur qilishga imkon beradi. Doiraviy oqimlar modelidan chiqariladigan xulosa shuki, davlat, firmalar, uy xo`jaliklari va tashqi dunyoning yalpi xarajatlari yalpi ishlab chiqarish hajmiga teng bo`lishi resurslar, tovarlar va xizmatlar oqimlari (ya`ni real oqim) bilan daromadlar va xarajatlar oqimlari ( ya`ni pul oqimlari) o`zaro teng bo`lishining asosiy shartidir YAlpi xarajatlar hajmining oshishi ishlab chiqarish hajmlari va ish bilan bandlilik darajasining o`sishiga olib keladi . Bu esa o`z navbatida yalpi daromadlarning oshishiga sabab bo`ladi. Kattaroq hajmdagi yalpi daromadlar unga mos hajmdagi yalpi xarajatlarni belgilab beradi. Sabab oqibat bog’lanishlari o`rin almashishi tufayli doiraviy oqimlar modeli doiraviy aylanish ko`rinishini oladi. Iqtisodiyot barqaror rivojlanib borishi uchun yalpi xarajatlar to`xtovsiz o`sib borishi shart. Bu vazifa byudjet-soliq siyosati vositalari bo`lgan soliqlarni hamda davlat xarajatlarini o`zgartirish hamda pul-kredit siyosati vositalari yordamida mul massasini o`zgartirish orqali bajariladi.
Hukumat (yoki davlat) iqtisodiyotning eng kuchli ta`sir etuvchi elementlaridan bo`lib, rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tizimning boshqa elementlari bilan asosan uch yo`l bilan bog’langan:
soliqlar orqali;
davlat xaridlari orqali;
davlat qarzlari orqali.
Qoloq iqtisodiyotda davlatning doiraviy aylanishda ahamiyati, mavqei juda katta bo`lib, unga ancha narsa bog’liq bo`ladi. U orqali O`tadigan oqimlar nisbatan juda katta bo`ladi. Hukumat uy xo`jaliklari bilan soliq hamda transfert to`lovlari orqali bog’langan. Aholi o`z daromadlarining bir qismini davlatga ajratadi, bu soliq hisoblanadi. Hukumat o`z navbatida davlat byudjetidan aholiga xilma-xil ijtimoiy yordamlar ko`rsatadi (nafaqa, stipendiya, posobiya). Bularni transfert to`lovlari deyiladi. Sof soliqlar deganda, butun soliqlardan davlatning aholiga qaytariladigan transfert to`lovlarini ayirib, qolgan qoldiqqa aytiladi.
Hukumat moliya bozorlari bilan davlat qarzi orqali bog’langan. Agar byudjet defitsitli bo`lsa, Hukumat aholidan, firmalardan moliya bozori orqali qarz oladi. Agar byudjet ijobiy sal’doga ega bo`lsa, hukumat aholiga, korxonalarga, moliya bozori orqali o`z qarzlarini qaytaradi. SHuning uchun oqim ikki tomonlama xarakterga ega. Hayotda ikkala tomondan ham oqib turadi.
Hukumat mahsulot bozorlari bilan davlat xaridlari orqali bog’langan. Hukumat o`z oldiga qo`yilgan vazifalarni bajarish uchun unga moddiy resurslar kerak. Bularni u byudjet hisobidan mahsulot bozoridan xarid qiladi. Hukumat firmalar bilan dotatsiya yoki subsidiya orqali bog’langan bo`ladi. qoloq iqtisodiyotda hukumat bilan firmalar o`rtasidagi oqim kattaligi bilan farq qiladi.
Hukumat davlat sektoriga ega bo`lganligi uchun, u resurslar bozori bilan ham aloqa qilib turadi.
Aholining iste`mol bozorida pulini ishlatmaydigan qismi - bu,
a) sof soliqlar, ular davlat ixtiyoriga kelib tushadi va
b) moliya bozoriga ishlatiladigan jamg’armalardir. Bular mahsulot va daromadlar doiraviy oborotidan «oqib ketuvchi» (utechka) deyiladi. «Utechka» va iste`molga ketadigan xarajatlar milliy daromadga barobar bo`ladi.
Bundan tashqari, oila xarajatlari bo`lmagan 2 tur tovar va xizmatlarga qilinadigan xarajatlar bor. Bular investitsiya va davlat xaridlaridir. Bu oqimlar doiraviy oborotga qilinadigan «in`ektsiya» lar deyiladi. Iste`molga qilinadigan butun xarajatlar va «in`ektsiya» doim milliy daromadga teng.
Milliy iste`mol barobar mahsulot iste`moli xarajarlari plyus investitsiya xarajati plyus davlat xaridi.
Bu nisbat iqtisodiy tizim muvozanat holatda bo`lganda ham muvozanat buzilganda ham to`g’ridir.
Davlat doiraviy aylanishga 3 xil yo`l bilan ta`sir qiladi:
a) soliqlarni manipulyatsiya qilib (bevosita ta`sir);
b) davlat xaridlarini ko`paytirish yoki kamaytirish yo`li bilan (bevosita ta`sir);
v) pul miqdorini o`zgartirish orqali (bilvosita ta`sir).
Do'stlaringiz bilan baham: |