Makroiqtisodiyotga kirish Reja


Davlatning doiraviy aylanish modelidagi o`rni



Download 360,38 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana01.01.2022
Hajmi360,38 Kb.
#284423
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-mavzuga oid maruza

Davlatning doiraviy aylanish modelidagi o`rni 

Resurslar  hamda  tovarlar  va  xizmatlar  oqimi  jami  taklifni,  daromadlar  va 

xarajatlar  oqimi  jami  talabni  ko`rsatadi.    Davlat  ishtiroki  mavjud  bo`lmagan  yopiq 

iqtisodiyotda    yalpi  talab  va  yalpi  taklifning  o`zaro  teng  bo`lishi  firmalarnining  yalpi 

sotuvi,  yoki  yalpi  ishlab  chiqarishi  hajmi  uy  xo`jaliklarining  yalpi  daromadlari,  yoki 

yalpi daromadlariga teng bo`lishi shaklida namoyon bo`ladi. 

Bu ko`rsatkichlar o`rtasidagi tenglikning buzilishi ishlab chiqarishning pasayishi, 

inflyatsiya  va  ishsizlik  darajalarining  ko`tarilib  ketishiga  sabab  bo`ladi.  Davlat 

aralashuvi mavjud bo`lgan iqtisodiyotda bu model ancha murakkab  ko`rinish oladi.  

  

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Ресурслар бозори 



Уй хўжалиги 

Корхоналар  

Товар ва хизматлар бозори 

Давлат 






10 



11 

12 


13 

14 


15 

16 



 

 

 



3-chizma. “Resurslar-tovarlar va xizmatlar” hamda  “daromadlar – xarajatlar”ning 

davlat aralashuvi mavjud iqtisodiyotdagi doiraviy  aylanishi modeli. 

Bunda: 


1. 

Er, mehnat, kapital. 

a.  Iste`mol xarajatlari. 

2. 


Resurslar. 

b.  Sotishdan 

tushgan 

daromad. 

3. 

Tovar va xizmatlar. 



c.  Resurs xarajatlari. 

4. 


Tovar va xizmatlar. 

d.  Soliqlar. 

5. 

Resurslar. 



e.  Soliqlar. 

6. 


Tovar va xizmatlar  

f.  Xarajatlar. 

7. 

Transfertlar. 



g.  Xarajatlar. 

8. 


Pul  daromadlar  (ish  haqi,  renta, 

foiz, foyda) 

h.  Subsidiyalar. 

Bunday iqtisodiyotda resurslar - tovarlar va xizmatlar, daromadlar- xarajatlarning 

uzluksiz  harakati  ham  bozor  mexanizmlari  orqali,  ham  davlat  aralashuvi  bilan 

ta`minlanadi.  Bunda  hukumat  ishlab  chiqaruvchilar  va  iste`molchilarning  harakatini 

bevosita  boshqarmaydi,  balki  resurslar  va  tovarlar  bozorlarida  qatnashish  orqali 

ularning  iqtisodiy  faoliyatiga  qulay  sharoitlar  yaratadi.  Davlat  korxonalar  va  uy 

xo`jaliklarini  soliqqa  tortish  bilan  birga  korxonalarga  subsidiyalar  berish,    aholiga 

transfert  to`lash    orqali  ularning  ishlab  chiqarish  imkoniyatlari  va  xaridga  qodir 

talablariga  ta`sir  etadi.  Ayni  paytda  davlat  resurslar  bozoridan  hamda  tovarlar  va 

xizmatlar  bozorida  sotib  oluvchi  sifatida  ishtirok  etadi.  Davlat  o`z  ishtiroki  bilan 

firmalarning  ishlab  chiqarish  hajmlari  va  uy  xo`jaliklarining  tovarlar  va  xizmatlar 

xarid  qilish  miqdolari  to`g’risidagi  qarorlari  o`zaro  mos  kelmagan    hollarda  ro`y 

beradigan  iqtisodiy  tebranishlarni  tartibga  solib  turadi.  Ochiq  iqtisodiyot  sharoitida 

doiraviy oqimlar modeli yanada murakkablashadi. endi unda to`rtinchi makroiqtisodiy 

sub`ekt  -  tashqi  dunyo  ham  paydo  bo`ladi.  CHet  el  investitsiyalarinig  kiritilishi  va 

xorijga  investitsiya  qilish,    eksport  va  import  operatsiyalari  shu  jumladan  moliyaviy 

bozor  orqali  jamg’armalarning  investitsiyalarga  oqib  o`tishi  va  moliyaviy 

mablag’larning qayta taqsimlanishini e`tiborga olsak ko`rib o`tilgan model mukammal 

emasligiga  iqror  bo`lamiz.  Ammo  shu  ko`rinishda  ham  bu  model  makroiqtisodiy 

jarayonlarni yaxlit holda tasavvur qilishga imkon beradi. Doiraviy oqimlar modelidan  

chiqariladigan xulosa shuki, davlat, firmalar, uy xo`jaliklari  va tashqi dunyoning yalpi 

xarajatlari yalpi ishlab chiqarish hajmiga teng bo`lishi resurslar, tovarlar va xizmatlar 

oqimlari  (ya`ni  real  oqim)    bilan    daromadlar  va  xarajatlar  oqimlari  (  ya`ni  pul 

oqimlari)  o`zaro teng bo`lishining asosiy shartidir  YAlpi xarajatlar hajmining oshishi 

ishlab chiqarish hajmlari va  ish bilan bandlilik darajasining  o`sishiga olib keladi . Bu 

esa  o`z  navbatida  yalpi  daromadlarning  oshishiga  sabab  bo`ladi.  Kattaroq  hajmdagi 

yalpi daromadlar unga mos hajmdagi yalpi xarajatlarni belgilab beradi.  Sabab oqibat 

bog’lanishlari  o`rin  almashishi  tufayli  doiraviy  oqimlar  modeli  doiraviy  aylanish 




ko`rinishini  oladi.  Iqtisodiyot  barqaror      rivojlanib  borishi  uchun  yalpi    xarajatlar 

to`xtovsiz  o`sib  borishi  shart.  Bu    vazifa    byudjet-soliq  siyosati  vositalari  bo`lgan 

soliqlarni  hamda  davlat  xarajatlarini  o`zgartirish  hamda  pul-kredit  siyosati  vositalari 

yordamida mul massasini  o`zgartirish  orqali bajariladi.   

Hukumat  (yoki  davlat)  iqtisodiyotning  eng  kuchli  ta`sir  etuvchi  elementlaridan 

bo`lib, rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tizimning boshqa elementlari 

bilan asosan uch yo`l bilan bog’langan: 

-  soliqlar orqali; 

-  davlat xaridlari orqali; 

-  davlat qarzlari orqali. 

Qoloq  iqtisodiyotda  davlatning  doiraviy  aylanishda  ahamiyati,  mavqei  juda  katta 

bo`lib, unga ancha narsa bog’liq bo`ladi. U orqali O`tadigan oqimlar nisbatan juda katta 

bo`ladi.  Hukumat  uy  xo`jaliklari  bilan  soliq  hamda  transfert  to`lovlari  orqali 

bog’langan.  Aholi  o`z  daromadlarining  bir  qismini  davlatga  ajratadi,  bu  soliq 

hisoblanadi.  Hukumat  o`z  navbatida  davlat  byudjetidan  aholiga  xilma-xil  ijtimoiy 

yordamlar  ko`rsatadi  (nafaqa,  stipendiya,  posobiya).  Bularni  transfert  to`lovlari 

deyiladi.  Sof  soliqlar  deganda,  butun  soliqlardan  davlatning  aholiga  qaytariladigan 

transfert to`lovlarini ayirib, qolgan qoldiqqa aytiladi. 

 

Hukumat  moliya  bozorlari  bilan  davlat  qarzi  orqali  bog’langan.  Agar  byudjet 



defitsitli  bo`lsa,  Hukumat  aholidan,  firmalardan  moliya  bozori  orqali  qarz  oladi.  Agar 

byudjet ijobiy sal’doga ega bo`lsa, hukumat aholiga, korxonalarga, moliya bozori orqali 

o`z qarzlarini qaytaradi. SHuning uchun oqim ikki tomonlama xarakterga ega. Hayotda 

ikkala tomondan ham oqib turadi. 

 

Hukumat  mahsulot  bozorlari  bilan  davlat  xaridlari  orqali  bog’langan.  Hukumat 



o`z oldiga qo`yilgan vazifalarni bajarish uchun unga moddiy resurslar kerak. Bularni u 

byudjet  hisobidan  mahsulot  bozoridan  xarid  qiladi.  Hukumat  firmalar  bilan  dotatsiya 

yoki  subsidiya  orqali  bog’langan  bo`ladi.  qoloq  iqtisodiyotda  hukumat  bilan  firmalar 

o`rtasidagi oqim kattaligi bilan farq qiladi. 

 

Hukumat  davlat  sektoriga  ega  bo`lganligi  uchun,  u  resurslar  bozori  bilan  ham 



aloqa qilib turadi. 

 

Aholining iste`mol bozorida pulini ishlatmaydigan qismi -  bu, 



     a) sof soliqlar, ular davlat ixtiyoriga kelib tushadi va 

     b)  moliya  bozoriga  ishlatiladigan  jamg’armalardir.  Bular  mahsulot  va  daromadlar 

doiraviy  oborotidan  «oqib  ketuvchi»  (utechka)  deyiladi.  «Utechka»  va  iste`molga 

ketadigan xarajatlar milliy daromadga barobar bo`ladi. 

 

 Bundan  tashqari,    oila  xarajatlari  bo`lmagan  2  tur  tovar  va  xizmatlarga 



qilinadigan xarajatlar bor. Bular investitsiya va davlat xaridlaridir. Bu oqimlar doiraviy 

oborotga qilinadigan «in`ektsiya» lar deyiladi. Iste`molga qilinadigan butun xarajatlar 

va «in`ektsiya» doim milliy daromadga teng. 

Milliy iste`mol barobar mahsulot iste`moli xarajarlari plyus    investitsiya xarajati plyus 

davlat xaridi.  

 

Bu  nisbat  iqtisodiy  tizim  muvozanat  holatda  bo`lganda  ham  muvozanat 



buzilganda ham  to`g’ridir. 

 

Davlat doiraviy aylanishga 3 xil yo`l bilan ta`sir qiladi:  



 a)  soliqlarni manipulyatsiya qilib   (bevosita ta`sir);  


 b) davlat xaridlarini ko`paytirish yoki kamaytirish yo`li bilan (bevosita ta`sir); 

v)  pul miqdorini o`zgartirish orqali (bilvosita ta`sir). 




Download 360,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish