Makroiqtisodiyot


  Biznes rejaning tadbirkorlikdagi roli va ahamiyati



Download 462,48 Kb.
bet116/300
Sana15.12.2020
Hajmi462,48 Kb.
#53203
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   300
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti makroiqtisodiyot kafe-fayllar.org

2.  Biznes rejaning tadbirkorlikdagi roli va ahamiyati 
 
Iqtisodiyotning  bozor  munosabatlariga  o„tishi  bilan  korxonalarda 
ishlab  chiqiluvchi  oldingi  texnika-sanoat-moliya  rejalari,  qurilish-moliya 
rejalari, transport-moliya rejalari  tarmoq xususiyatlaridan kelib  chiqib o„z 
o„rnini  biznes-rejalarga  bo„shatib  berdi.  Biznes-rejada  biznes  falsafasi, 
korxonaning joriy va istiqboldagi strategiyasi aks ettiriladi. 
Ko„ngildagidek  ishlab  chiqilgan  biznes-reja  ishlab  chiqarishni  faol 
rivojlantirish  va  shu  bilan  bir  paytda  uning  dinamikasini  nazorat  qilish, 
investorlar,  hamkorlar  va  kredit  resurslarini  jalb  qilishni  amalga  oshiradi. 
Eng  asosiysi  u  yoki  bu  ishlab  chiqarishga  pul  kiritish  joizmi,  barcha 
xarajatlarni  qoplaydigan  miqdorda  daromad  olinadimi  degan  savollarga 
javob  beradi.  To„g„ri,  biznes-reja  faqat  shu  bilan  cheklanib  qolmaydi, 
chunki  u  funksional  vazifalariga  ko„ra  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilish, 
texnika  va  texnologiyalar,  korxonaning  moliyaviy  rejalari  bilan  bog„liq 
muhim  masalalarni hal qilishga qaratiladi. Bu haqda biz keyinroq batafsil 
to„xtalib o„tamiz. 
Aytish  kerakki,  biznes-reja  xo„jalik  boshqaruvi  vositasi  sifatida 
mamlakatimizdagi  korxonalar  ish  amaliyotiga  ko„ngildagidek  tez  kirishib 
ketgani  yo„q.  Masalan,  oz  fursat  davomida  turli  yondashuv  va  nuqtai 
nazarlarning  mavjudligi  biznes-rejalarning  ahamiyati  va  mohiyatiga  ham, 
ularni ishlab chiqish usullariga ham aniqlik kiritmagan. Ayniqsa, iqtisodiy 
islohotlarning  dastlabki  yillarida  zarur  ilmiy-uslubiy  adabiyotlarning 
etishmasligi o„z ta‟sirini ko„rsatdi. Shu va boshqa sabablarga ko„ra ko„plab 
korxonalarning  biznes-rejalari  yuqorida  darajada  asoslanganlik  bilan 
ajralib  turmadi  va  ko„p  hollarda  bank  muassasalari  tomonidan  ularni 
moliyalashtirishda inkor qilindi. 
Biznes-rejalarning  ahamiyati  va  zarurligini  shubha  ostiga  qo„ymagan 
holda  aytish  joizki,  bu  hujjatni  ishlab  chiqish  xorijda  keng  qo„llanishi 
sababligina  urf-odatga  aylanib  qolmasligi  lozim.  Shuningdek  u  boshqa 


~ 80 ~
 


 
korxonalar  ham  shunday  qilayotganligi  uchungina  ishlab  chiqilmasligi 
kerak.  Biznes-rejani  tayyorlash,  uning  maqsad  va  vazifalarida  aniqlik 
bo„lishi zarur. Busiz yuqorida eslab o„tilgan V.P. Gruzinovning «Korxona 
iqtisodiyoti»  darsligida  ko„rsatilgan  holat  kelib  chiqishi  mumkin: 
«Korxona  biznes-rejasi  –  yangi  korxona  yaratishni  ko„zda  tutuvchi 
hujjatdir»
9

Bizningcha,  biznes-reja  ham  yirik  korxonalarda,  ham  kichik 
korxonalarda  ishlab  chiqilishi  lozim.  Bunda  uni  ishlab  chiqish  korxonani 
rivojlantirish  strategiyasidan  tashqari,  ularni  amalga  oshirish  uchun  ayni 
paytda  korxonadan  qo„shimcha  moliyaviy  resurslar  talab  qiluvchi  yangi 
loyihalarni  amalga  oshirish,  ishlab  chiqarishni  kengaytirish,  qayta 
ta‟mirlash va texnik jihozlash, mahsulot diversifikatsiyasi, ichki va tashqi 
bozorlarga  kirib  borish  bilan  bog„liq  bo„lishi  lozim.  Chunki  biznes-reja 
korxonaning kundalik faoliyatidan tashqari, bank  muassasalari tomonidan 
yuqorida  ko„rsatilgan  va  shunga  o„xshash  tadbirlarni  moliyalashtirishda 
muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Boshqa  hollarda  esa  korxona  o„z  biznes-
rejasini  nima  deb  atashining  unchalik  ahamiyati  bo„lmaydi,  bu 
korxonaning o„z ixtiyorida bo„ladi. 
Gap shundaki biznes-reja har qanday muammolardan himoya qiluvchi 
vosita  bo„la  olmaydi,  u  korxonaning  o„zi  bajarishi  lozim  bo„lgan 
vazifalarni  o„zidan-o„zi  hal  qilmaydi.  Amaliyotning  guvohlik  berishicha, 
reja  juda  yaxshi  ishlab  chiqilgan  bo„lsada,  undan  noto„g„ri  foydalanishda 
korxona zarar ko„rishi mumkin. Biroq bu biznes-reja umuman kerak emas 
degan fikrga olib kelmasligi kerak. Masalan, banklar, investitsiya firmalari 
va boshqa  muassasalar  aniq va to„g„ri tuzilgan biznes-rejani olmaguncha 
korxonalardan  moliyaviy  qo„llab-quvvatlash  bo„yicha  qaror  qabul 
qilmaslikka harakat qiladilar.  
Biznes-reja  birinchidan,  korxonaning  barcha  bo„lim  va  xizmatlari 
majburiyatlari  va  javobgarligini  aniqlashga  imkon  beradi,  ikkinchidan, 
ularni  korxona  istiqboli  bilan  shug„ullanish  hamda  korxona  maqsadlarini 
va  ularga  erishish  yo„llarini  aniqlashga  majbur  qiladi,  uchinchidan, 
korxona  faoliyatining  muhim  yo„nalishlari  bo„yicha  ko„rsatkichlarni 
belgilab  beradi,  to„rtinchidan    esa,  korxonaning  bozordagi  kutilmagan 
o„zgarishlarga yanada moslashuvchan va tayyor qilib qo„yadi. 
Biroq  shunday  bo„lsada,  biznes-rejani  bank  yoki  boshqa  muassasalar 
tomonidan  korxonaning  iqtisodiy  holatini  yaxshilash  va  uning  ishlab 
chiqarish  salohiyatidan  unumliroq  foydalanish  tashlangan  qutqarish 
                                                 
9
  Экономика предприятия.  Под ред. проф. Грузинова В.П.- М.: «ЮНИТИ», 1998 
 
 
 


~ 81 ~
 


 
vositasi  deb  tushunmaslik  kerak.  Gap  shundaki,  turli  maslahatchilar, 
bankirlar, huquqshunoslar, moliya xizmatchilari, buxgalterlar va boshqalar 
rejada biznesni ko„rsatish uchun turli nuqtai nazarga ega bo„ladilar. Aynan 
shu  jihat  biznes-rejani  korxonaning  oddiy  rejalaridan  farqli  qilib  qo„yadi. 
Shu  sababli  biznes-rejani  ishlab  chiqish  birinchidan,  qog„ozda  qolib 
ketmasdan  amaliyotda  qo„llanishi,  ikkinchidan,  ekspertiza  tomonidan  rad 
qilinmasligi  va  uchinchidan,  foydaning  o„sishi  va  korxonaning  umumiy 
moliyaviy  holati  yaxshilanishiga  xizmat  qilishi  maqsadida  o„ziga  alohida 
e‟tibor va chuqur o„ylab chiqilgan yondashuv talab qiladi. 
 

Download 462,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   300




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish