1.3. “Resurslar-tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar –
xarajatlar”ning doiraviy oqimi modeli
Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab chiqarish
umumiy jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar, daromadlar hamda xarajatlarning
doiraviy oqimi modeli ko„rinishida tasavvur qilish mumkin. Bu sodda model
makroiqtisodiy tahlil asosini tashkil etadi. Faqat xususiy mulkka tayangan (ya‟ni
davlat ishtiroki mavjud bo„lmagan) yopiq iqtisodiyotda bunday doiraviy oqimi
firmalar va uy xo„jaliklari o„rtasida amalga oshiriladi (1.2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |