"makroiqtisodiyot"


- Mavzu. Xalqaro savdo nazariyasi



Download 3,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/199
Sana31.12.2021
Hajmi3,28 Mb.
#268622
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   199
Bog'liq
Nazarova MM uz 3d090 (1) unlocked

15- Mavzu. Xalqaro savdo nazariyasi 
Reja 
1. Xalqaro savdoning zaruriyati va uning asosiy ko’rinishlari 
2. A.Smitning mutlaq  ustunlik nazariyasi. 
3. Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasi. 
4. Xeksher – Olinning neoklassik kontseptsiyasi 
5. Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari  
 Tayanch so’z va iboralar: import, importga chegaralangan moyillik, 
devalvatsiya, demping 
1. Xalqaro savdoning zaruriyati va uning asosiy ko’rinishlari 
 
Hozirgi  zamon  iqtisodiyotining  ochiqlik  darajasi  ya’ni  mamlakatlarning 
ixtisoslashuvi va ular o’rtasida kooperatsiya chuqurlashib bormoqda.  Mamlakatlar 
o’z iqtisodiyotini rivojlantirish,iqtisodiy muammolarni hal qilish borasida tadbirlar 
ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda bu holatlarni etiborga olishi shart.  
Jahon savdosi tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shaklidir. Uning kengayishi 
va  chuqurlashuvi natijasida kapitalni  chetga  chiqarish  imkoniyatlari  yuzaga  keldi 
va unga bog’liq ravishda xalqaro moliya-valyuta, kredit munosabatlari rivojlandi. 
Tashqi savdoning vujudga kelishi ikki muhim ob’ektiv sabab bilan izohlanadi. 
Birinchidan,  bu  tabiiy  va  xom  ashyo  resurslarining  mamlakatlar  o’rtasida 
notekis taqsimlanganligi. Eng katta hududga ega bo’lgan yoki rivojlangan davlatlar 
ham barcha resurslar bilan o’zini to’liq ta’minlay olmaydi. Ular o’zlarida ortiqcha 
bo’lgan  resurslarni  eksport  qilishga  va  mamlakatda  taqchil  bo’lgan  resurslarni 
import qilishga majburlar. 
Xalqaro savdo rivojlanishining  zarurligini belgilovchi ikkinchi muhim sabab 
shundaki hamma mamlakatlar ham barcha turdagi mahsulotni bir xil samaradorlik 
bilan ishlab chiqara olmaydi. Ya’ni bir tovar Yaponiyada arzon ishlab chiqarilsa, 
ikkinchi  tovar  O’zbekistonda  arzon  ishlab  chiqarilishi  mumkin.  Shu  sababli  
resurslardan  samarali  foydalanish  maqsadida  mamlakatlar  ixtisoslashadilar  va 
o’zaro savdo-sotiqni yo’lga qo’yadilar.   
Bu  ikki  ob’ektiv  sabab  har  qanday  milliy  iqtisodiyotning  takror  ishlab 
chiqarishi  jarayonida  xalqaro  savdoning  ahamiyatini  aniqlaydi.  90-yillarning 
boshlarida xalqaro savdo hajmi AQShda yalpi milliy mahsulotning 16-18 foizini, 


203 
 
Germaniyada  30-39  foizini  tashkil  etdi.  Shu  davrda  O’zbekiston  yalpi  milliy 
mahsulotida tashqi savdoning ulushi 10-12 foiz atrofida bo’ldi. 
Tashqi  savdo  xalqaro  ayirboshlashning  an’anaviy  shakli  sifatida  quyidagi 
ko’rinishlarni o’z ichiga oladi: 
  mahsulotlarni  ayirboshlash:  yoqilg’i-xom  ashyo  mahsulotlari,  qishloq   
xo’jaligi mahsulotlari, sanoat mahsulotlari; 
  xizmatlarni ayirboshlash: muhandislik-maslahat xizmatlari; 
  transport  xizmatlari,  sayyohlik  va  boshqa  xizmatlar.  Hozirgi  vaqtda 
xizmatlarning jahon eksportidagi hissasi 30 foizdan oshib ketdi; 
  yangi  ilmiy-texnik  ma’lumotlarni  ayirboshlash:  litsenziyalar  va  «nou-
xou»lar.  Ular  hissasiga  xalqaro  savdo  aylanmasining  10  foiziga  yaqini 
to’g’ri keladi. 
Xalqaro  savdo  mahsulotlari,  xizmatlar  va  fan-texnika  ma’lumotlarini 
ayirboshlashning  barcha  ko’rinishlari  tashqi  savdo  operatsiyalari  yordamida 
amalga  oshiriladi.  Ular  o’z  navbatida  eksport,  import,  reeksport  va  reimport 
operatsiyalariga bo’linadi. 
Eksport operatsiyasi - mahsulotlarni chet mamlakatlarga chiqarish. 
Import  operatsiyasi  -  mahsulotni  xorijiy  sherikdan  sotib  olish  va  uni 
mamlakatga olib kelish. 
Reeksport  operatsiyasi  -  avval  import  qilingan  va  qayta  ishlov  berilmagan 
mahsulotni chet elga olib chiqib sotish. 
Reimport  operatsiyasi  -  avval  eksport  qilingan  va  u  erda  qayta  ishlov 
berilmagan mahsulotni chet elda sotib olish va mamlakatga olib kelish. 

Download 3,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish