"makroiqtisodiyot"



Download 3,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/199
Sana31.12.2021
Hajmi3,28 Mb.
#268622
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   199
Bog'liq
Nazarova MM uz 3d090 (1) unlocked

3.Davlat qarzlari 
Byudjet  taqchilligi  vujudga  kelgan  paytda  uni  moliyalashtirishmanbalarini 
aniqlab olmoq zarur. Uni moliyalashtirishning asosiymanbalaridan biri davlatning 
qarz olishidir. 
Davlatning  qarz  olishi  jismoniy  va  yuridik  shaxslar,  xorijiydavlatlar,  xalqaro 
moliyaviy  tashkilotlardan  jalb  qilinadigan  zayomva  kreditlarni  olishdan  iborat 
bo’lib,  hukumat  oldida  qarz  oluvchiyoki  boshqa  qarz  olganlarning  qarzlarni 
qaytarishi bo’yichakafolatchi sifatidagi majburiyatlari vujudga keladi. 
Davlatning  ichki  qarz  olishi  jismoniy  va  yuridik  shaxslar,  xorijiydavlatlar, 
xalqaro  moliyaviy  tashkilotlardan  jalb  qilinadigan  zayomva  kreditlarni  olishdan 
iborat  bo’lib,  ular  bo’yicha  qarz  oluvchiyoki  boshqa  qarz  olganlarning  qarzlarni 
qaytarish  bo’yicha  hamkafolatchi  sifatida  hukumatning  o’z  milliy  valyutasida 
ifodalanganqarziy majburiyatlari paydo bo’ladi. 
Davlatning  tashqi  qarz  olishi  jismoniy  va  yuridik  shaxslar,  xorijiydavlatlar, 
xalqaro  moliyaviy  tashkilotlardan  jalb  qilinadigan  zayomva  kreditlarni  olishdan 
iborat  bo’lib,  ular  bo’yicha  qarz  oluvchiyoki  boshqa  qarz  olganlarning  qarzlami 
qaytarish  bo’yicha  kafolatchisifatida  hukumatning  xorijiy  valyutada  ifodalangan 


122 
 
qarziy majburiyatlarivujudga keladi. 
Byudjet  taqchilligini  moliyalashtirishning  barcha  manbalari  jalbqilingan 
mablag’larning  asosiy  turlari  bo’yicha  navbatdagi  moliyaviyyilga  mo’ljallangan 
byudjet to’g’risidagi qonunda qonunchilikhokimiyati organlari tomonidan, albatta 
tasdiqlanishi kerak. 
Byudjet  taqchilligini  moliyalashtirishning  manbai  sifatida  mamlakatMarkaziy 
bankining kreditlari va Markaziy bank tomonidanhukumatning sotib olingan qarziy 
majburiyatlari maydonga chiqishimaqsadga muvofiq emas. 
Byudjet  taqchilligini  moliyalashtirishning  barcha  manbalarini  ikkiguruhga 
bo’lish qabul qilingan: 
1) ichki manbalar; 
2) tashqi manbalar. 
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning ichki manbalari sifatidaquyidagilarni 
ko’rsatish mumkin: 
•  mamlakat  hukumati  tomonidan  shu  mamlakatning  milliyvalyutasida  kredit 
tashkilotlaridan olingan kreditlar; 
• mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarishorqali amalga 
oshirilayotgan davlat zayomlari; 
• davlat mulkiga tegishli bo’lgan mol-mulkni sotishdan olingantushumlar; 
•  davlat  zaxiralari  va  rezervlar  bo’yicha  daromadlaming  xarajatlardano’sgan 
qismi summasi; 
• 
byudjet 
mablag’larini 
hisobga 
oluvchi 
hisobvaraqlaridagi 
mablag’larqoldig’ining o’zgarishi; 
• va boshqalar. 
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning tashqi manbalari qatorigaquyidagilar 
kiradi: 
• mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarnichiqarish orqali xorijiy 
valyutada amalga oshirilgan davlat zayomlari; 
•  xorijiy  valyutada  taqdim  etilgan  va  mamlakat  hukumatitomonidan  jalb 
qilingan  xorijiy  davlatlar,  banklar  va  firmalar,  xalqaromoliyaviy  tashkilotlaming 
kreditlari. 
Yuridik va  jismoniy  shaxslar,  xorijiy  davlatlar,  xalqarotashkilotlar  va xalqaro 
huquqning boshqa  sub’ektlari oldidagi  (davlatkafolatlari bo’yicha  majburiyatlarni 
qo’shgan holda) mamlakathukumatining qarziy majburiyatlari hukumatning davlat 
qarzinivujudga  keltiradi.  Bu  qarz  davlat  xazinasini  tashkil  etadigan  davlatmulki 
bilan to’liq va hech qanday shartsiz ta’minlanishi kerak. 
Bunda 
davlat 
hokimiyati 
organlari 
mamlakat 
hukumatining 
qarziymajburiyatlari va davlat qarziga xizmat qilish uchun mamlakat byudjetining 
daromadlarini shakllantirish bo’yicha barchavakolatlardan foydalanadilar. 


123 
 
Mamlakatning qarziy majburiyatlari quyidagi shakllarda bo’lishimumkin: 
• qarz oluvchi sifatida mamlakat hukumati nomidan kredittashkilotlari, xorijiy 
davlatlar  va  xalqaro  moliyaviy  tashkilotlar  bilantuzilgan  kredit  bitimlari  va 
shartnomalari; 
• mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarnichiqarish orqali amalga 
oshirilgan davlat zayomlari; 
•  mamlakat  hukumati  tomonidan  davlat  kafolatini  berishto’g’risidagi 
shartnomalar; 
• 
o’tgan 
yillardagi 
mamlakatning 
qarziy 
majburiyatlarini 
restrukturizatsiyaqilish  va  muddatini  o’zgartirish  to’g’risidagi  mamlakathukumati 
nomidan tuzilgan (shu jumladan, xalqaro) bitimlar vashartnomalar; 
• va boshqalar. 
Mamlakatning  qarziy  majburiyatlari  o’zining  muddatiga  qarabqisqa  muddatli 
(bir yilgacha), o’rta muddatli (bir yildan ortiq vabesh yilgacha) va uzoq muddatli 
(besh yildan yuqori) bo’lishimumkin. Ular zayomning konkret shartlariga muvofiq 
ravishda(zayom 
shartlarini, 
jumladan, 
to’lov 
muddatlari, 
foiz 
to’lovlariningmiqdori, muomala muddatlarini o’zgartirmasdan) qaytarilishi kerak. 
Mamlakat  hukumatining  davlat  ichki  qarzlari  quyidagilardaniborat  bo’lishi 
mumkin: 
•  hukumatning  davlatni  qimmatbaho  qog’ozlari  bo’yichaqarzining  asosiy 
nominal summasi; 
• hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo’yicha asosiy qarzninghajmi; 
•  mamlakat  hukumati  tomonidan  berilgan  kafolatlar  bo’yichamajburiyatlar 
hajmi; 
• va boshqalar. 
O’z navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari: 
•  xorijiy  davlatlar  hukumatlari,  kredit  tashkilotlari,  firmalar  vaxalqaro 
moliyaviy  tashkilotlarga  mamlakat  hukumati  tomonidantaqdim  etilgan  davlat 
kafolatlari bo’yicha majburiyatlar hajmi; 
•  xorijiy  davlatlar  hukumatlari,  kredit  tashkilotlari,  firmalar  vaxalqaro 
moliyaviy  tashkilotlardan  hukumat  olgan  kreditlar  bo’yichaasosiy  qarz  hajmidan 
iborat bo’ladi. 
Davlat  qarzi  ichki  va  tashqi  qarzlardan  iborat  bo’ladi.  Davlat  ichki  qarzi  –  bu 
davlatning mamlakat ichida zayomlar va boshqa qimmatli qog’ozlarini chiqarish, turli 
nobyudjet  fondlari  (sug’urta  fondi,  ishsizlik  bo’yicha  sug’urtalash  fondi,  pensiya 
fondi)dan qarz olish ko’rinishidagi qarzlari.   
Byudjet taqchilligini moliyalashtirish (qoplash)ning muhim ko’rinishlaridan biri 
davlat krediti hisoblanadi. Davlat krediti – davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida 
maydonga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig’indisi. 


124 
 
Moliyaviy resurslarni davlat tomonidan qarzga olishning asosiy shakli – bu davlat 
qarz  majburiyatlari  (zayomlari)ni  chiqarish  hisoblanadi.  Ularni  joylashtirish 
jarayonida davlat aholi, banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining vaqtincha bo’sh 
turgan pul mablag’larini jalb qiladi. 
Davlat o’z majburiyatlarini nafaqat xususiy sektorda joylashtirishi, balki ularni 
Markaziy  bankda  hisobga  olishi  ham  mumkin.  Bunda  bank  muomalaga  pulning 
tovar  hajmining  ko’payishi  bilan  bog’liq  bo’lmagan  qo’shimcha  miqdorini 
chiqaradi.  Mazkur  holda,  davlat  byudjetini  moliyalashtirish  pul  muomalasiga 
to’g’ridan-to’g’ri  inflyatsion  ta’sir  ko’rsatadi.  Pul  massasining  o’sishi  jamiyat 
haqiqiy boyligining ko’payishi bilan birga bormaydi. 
Davlat  qarzlarining  to’xtovsiz  ko’payib  borishi,  milliy  daromadni  foiz 
to’lovlari shaklida tobora ko’proq qayta taqsimlanishga olib keladi. 
Katta byudjet taqchilligi va davlat majburiyatlari bo’yicha foiz to’lovlari o’sish 
sharoitida  davlat  qarzlarini  to’lash  vaqtini  imkon  darajada  cho’zishga  harakat 
qiladi.  Buning  uchun  turli  xil  usullardan  foydalanish  mumkin.  Jumladan  davlat 
o’zining  qisqa  muddatli  majburiyatlarini  o’rta  va  uzoq  muddatli  zayomlarga 
almashtiradi.  U  o’zining  qisqa  muddatli  majburiyatlarini  ancha  yuqori  foiz 
bo’yicha  yangi,  uzoq  muddatli  zayomlar  chiqarish  hisobiga  ham  sotib  olishi 
mumkin.  Bunday  turdagi  tadbirlar  qisqa  davrli  samara  berishi  va  vaqtincha 
davlatning moliyaviy ahvolini engillashtirishi mumkin, chunki u odatda kelgusida 
foiz stavkasining oshishi va qarzlar umumiy miqdorining o’sishi bilan bog’liq. 
Xo’jalik  hayoti  baynalminallashuv  jarayonlarining  tez  o’sishi,  xalqaro 
kreditning  jadal  rivojlanishi  natijasida  davlat  o’ziga  zarur  bo’lgan  moliyaviy 
resurslarni  jalb  qilish  uchun  bo’sh  pul  mablag’larining  milliy  chegaradan 
tashqaridagi manbalaridan faol foydalanadi. Buning natijasida tashqi qarz vujudga 
keladi.  Davlat  tashqi  qarzi  –  xorijiy  davlatlardan,  ulardagi  jismoniy  va  yuridik 
shaxslardan, shuningdek, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan olingan qarz.   
Tashqi qarzning me’yoridan oshib ketishi milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga 
salbiy  ta’sir  ko’rsatadi.  Agar  tashqi  qarz  bo’yicha  to’lovlar  mamlakat  tovar  va 
xizmatlari  eksportidan  tushumning  ahamiyatli  qismi,  masalan,  20-25% dan oshib 
ketsa,  bu  holat  mamlakatning  kredit  bo’yicha  reytingini  pasaytirib  yuboradi. 
Natijada,  chetdan  yangi  qarz  mablag’larini  jalb  etish  mushkullashadi.  Shunga 
ko’ra, davlatlar muntazam ravishda tashqi qarzni tartibga solish chora-tadbirlarini 
amalga oshirib boradilar. Bular qatoriga mamlakat oltin-valyuta zaxirasi hisobidan 
qarzlarni  to’lab  borish;  kreditorlarning  qarz  to’lov  muddatlarini  o’zgartirishlari, 
ayrim  hollarda  ularning  ma’lum  qismidan  voz  kechishlariga  erishish;  qarzlarni 
mamlakatdagi  ko’chmas  mulklar,  qimmatli  qog’ozlar,  kapitalda  ishtirok  etish  va 
boshqa  huquqlarni  sotish  hisobiga  to’lash;  xalqaro  banklar  va  boshqa  moliyaviy 
tashkilotlardan yordam olish va h.k.     


125 
 
Demak,  davlat  o’z  faoliyatini  moliyaviy  resurslar  bilan  ta’minlashda  ssuda 
kapitallarining ham milliy bozoridan, ham tashqi bozoridan qarz olishi mumkin. 
Xalqaro  kreditning  tez  o’sishi,  kapitalning  mamlakatlararo  migratsiyasi 
mamlakat  va  mintaqalar  iqtisodiy  o’zaro  bog’liqligi  chuqurlashuvining  muqarrar 
natijasi hisoblanadi. Xalqaro kredit moliyaviy resurslarni ham xususiy sektorning 
ehtiyojlarini qondirish, ham davlat byudjeti taqchilligini qoplash uchun jalb qilish 
imkoniyatini  sezilarli  kengaytiradi.  Shu  bilan  birga  tashqi  qarzlarning  o’sishi  bir 
qator  boshqa  muammolarni  keltirib  chiqaradi.  Bu  o’rinda  eng  asosiy  muammo 
milliy  iqtisodiyotning  kreditor  va  debitor  mamlakatlar    iqtisodiyotiga 
bog’liqligining  kuchayib  borishi  hisoblanib,  bu  jarayonni  mamlakatdagi  ichki 
moliyaviy dastaklar bilan nazorat qilish imkoniyati bo’lmay qoladi. 
 

Download 3,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish