54
3.Inflyatsiya sabablari
Inflyatsiya XVIII asrning o’rtalarida muomalaga ta’minlanmagan juda ko’p
miqdorda pul chiqarishi natijasida pul tizimidagi inqiroz holat asosida yuzaga
chiqqan. Inflyatsiya (lotincha «inflation» so’zidan olingan va shishish, ko’pchish,
ko’tarilish ma’nosini anglatadi) o’z mohiyagiga asosan pulning kadrsizlanishi,
tovar va xizmatlarga bo’lgan baholarning muntazam ravishda oshib borishi
jarayonini anglatadi. Shuni ta’kddlash lozimki, rivojlangan mamlakatlar
tajribasi inflyatsiya nisbatan me’yor darajasidagi pul massasi holatida ham
yuzaga chiqishi mumkin.
Hozirgi zamon inflyatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bo’lgan
baholarni muntazam o’sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi
bilan bir qatorda ishlab chikarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi,
moliya xamda kredit sohasidagi salbiy omillar Bilan tasniflanadi.
Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo’lib, iqtisodiyot tarmoklari,
jamg’arma va iste’mol, talab va taklif, daalat daromadlari va xarajatlari,
xo’jaliklarning pul massasi va unga bo’lgan talabi o’rtasidagi mutanosiblik hamda
markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu ta’kidlab o’tgan omillar
o’z mohiyatiga
asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta’sir etishi mumkin.
Xalqaro amaliyotda ikgisodchi olimlar inflyatsiyaning yuzaga chiqadigan
omillar asosan ikki guruxga: ichki va tashqi omillarga ajratadilar.
1. Ichki omillarni mohiyagiga asosan pullik (monetar) va pulsiz omillarga
ajratish mumkin. Pullik omillarga davlat moliyasining inqirozi, byudjetning
taqchilligini mavjudligi. davlat qarzdorligini ortishi, pul emissiyasi, kredit
dastaklarining aylanishini ko’payishi, pul aylanmasining tezligi va boshqalar
kiradi. Pulsiz omillarga milliy ikgisodiyog tarmoklari o’rtasidagi nomutanosiblik,
tarmoqlar iqtisodiy rivojlanishdagi bir maromsiz daraja, ishlab chiqarish va xizmat
ko’rsatish
sohalarida
monopoliyaning
(oligopoliya)
mavjudligi,
narx
shakllantirishdagi davlat monopoliyasi, markaziy bankning kredit ekspansiya va
boshqa omillarni kiritish mumkin;
2. Tashqi omillar o’z mohiyatiga asosan biron anik davlat rivojlanishiga ta’sir
etadigan dunyoda amalga oshayotgan jarayonlarni aks ettiradi. Ushbu omillarga
dune mamlakatlarida yuzaga chiqadigan soha inqirozlari hisoblanadigan xom-
ashyo, ensrgtetika, neft, valyuta inkirozlarni kiritish mumkin. Ushbu omillardan
tashkari biron-bir davlatning boshka davlatlarga nisbatan olib boradigan davlat
miqyosidagi valyuta siyosatini, yashirin holatda valyuta, oltinni eksportini amalga
oshirilishini ham kiritish mumkin. Biz quyidagi chizmada inflyatsiyani yuzaga
chiqish shakllarini taxlil etamiz. Ushbu chizma tahlilidan ko’rinib turibdiki,
ipflyatsiya asosan uch yo’nalishda yuzaga chikadi. Birinchi yo’nalishda