"makroiqtisodiyot"


 Iqtisodiy davrlarni yuzaga kelish sabablari



Download 3,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/199
Sana31.12.2021
Hajmi3,28 Mb.
#268622
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   199
Bog'liq
Nazarova MM uz 3d090 (1) unlocked

2. Iqtisodiy davrlarni yuzaga kelish sabablari 
Iqtisodiy  tebranishlarning  asosiy  sababi  sifatida  iqtisodchilar  uch  omilni 
ko’rsatadi. Birinchi guruh olimlar iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi texnika 
va  texnologiyalarda  ro’y  beradigan  o’zgarishlar  deb  hisoblaydilar.  Ularning 
fikricha fan-texnika yutuqlarini qo’llash natijasida  iqtisodiyotda o’sish ro’y beradi. 
Masalan  avtomobilning  yaratilishi  yoqilg’i  sanoati,  neft  qazib  chiqarish,  ximiya, 
yo’l  qurilishi  materiallari  sanoatlarining  jadal  rivojlanishiga  sabab  bo’ldi.  Yangi 
texnologiyalar  ishlab  chiqarish  unumdorligini  bir  necha  baravar  oshirish,  ilgari 
foydalanilmagan resurslarni ishga tushirish imkonini beradi. Texnik va texnologik 
yangiliklar  doim  ham  yaratilavermasligi  iqtisodiyotdagi  tebranishlarga  sabab 
bo’ladi. 
Olimlarning  yana  bir  guruhi  iqtisodiy  bosqichlarni  siyosiy  va  tasodifiy 
vaziyatlarga bog’lashadi. 
Bu  jarayonni  monetar  siyosatga  bog’laydigan  olimlar  ham  mavjud.  Ya’ni, 
davlat qanchalik ko’p pul bosib chiqarsa, uning qadri shunchalik kamayib boradi, 
va  aksincha,  pul  miqdori  qanchalik  kam  bo’lsa,  ishlab  chiqarish  ko’lamining 
pasayishi  va  ishsizlar  sonining  ortishi  shunchalik    tezlashadi.  Xullas,  iqtisodiy 
bosqichlarni narxlashga turli xil yondashuvlar mavjud. Ammo barcha iqtisodchilar, 
ishlab chiqarish va bandlilik darajalarini yalpi talab va boshqacha aytganda yalpi 
xarajatlar  miqdoriga  bog’liq,  degan  fikrni  qo’llab-quvvatlaydilar.  Chunki, 
korxonalar  o’z  tovar  va  xizmatlarini  ularga  talab  bo’lsagina  ishlab  chiqaradi. 
Boshqacha aytganda, talab katta bo’lmasa, korxonalarda tovar va xizmatlarni katta 
miqdorda  ishlab  chiqarish  foydali  emas.  O’z  navbatida,  ishlab  chiqarishda 
bandlilik  va  daromadlar  darajasi  ham,  aynan  shu  sababli,  past  bo’ladi.  Yalpi 


33 
 
xarajatlar  miqdori  qanchalik  ko’p  bo’lsa, ishlab  chiqarishning o’sishi  katta  foyda 
olib keladi. Shuning uchun ishlab chiqarish, bandlilik va daromadlar darajasi ortib 
boradi.  Iqtisodiy tebranishlar sabablarini, ularga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish, 
iqtisodiy tebranishlar amplitudasini qisqartirish barcha hukumatlar makroiqtisodiy 
siyosatining muhim maqsadlaridan biridir. 
Iqtisodiy  sikllarning  kelib  chiqish  sabablari  va  ularga  ta’sir  ko’rsatuvchi 
omillarning  chuqur  va  izchil  ravishda  tadqiq  etilishi  turli  ko’rinishdagi  iqtisodiy 
sikl nazariyalarining vujudga kelishiga olib keldi.   
Ko’pchilik hozirgi zamon iqtisodchilari iqtisodiy sikllarning ob’ektiv tavsifini 
tan olib, bu hodisani unga ta’sir ko’rsatuvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish 
orqali o’rganishni  tavsiya  qiladi.  Iqtisodiy  sikllarni tashqi  omillarning  mavjudligi 
bilan tushuntiruvchi nazariyani eksternal nazariya deb ataladi. 
Tashqi  omillarga  iqtisodiy  tizimdan  tashqarida  yotuvchi  va  iqtisodiy 
hodisalarning  davriy  takrorlanishini  keltirib  chiqaradigan  omillar  kiritiladi.  Bu 
tashqi omillar ichidan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: 
- urushlar, inqilobiy o’zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar
- oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi
- yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog’liq ravishda aholi migratsiyasi, 
er shari aholisi sonining o’zgarib turishi; 
-  ijtimoiy  ishlab  chiqarish  tarkibini  tubdan  o’zgartirishga  qodir  bo’lgan 
texnologiya, tadqiqotlar  va innovatsiyalardagi qudratli o’zgarishlar. 
Iqtisodiy  sikllarni  iqtisodiy  tizimning  o’ziga  xos  ichki  omillari  ta’sirida 
vujudga kelishini asoslovchi nazariya internal nazariya deb ataladi. 
Asosiy  kapitalning  jismoniy  va  ma’naviy  jihatdan  eskirib,  xizmat  muddati 
tugashi  va  uning  yangilanishi  ko’pchilik  iqtisodchilar  tomonidan  iqtisodiy  siklni 
keltirib chiqaruvchi muhim omillardan biri sifatida qaraladi. 
Agar  bir  yoki  bir  necha  tarmoqda  mashina-uskunalarga  talabning  keskin 
ortishini keltirib chiqaradigan iqtisodiy o’sish boshlansa, tabiiyki, bu hol mashina 
va  uskunalar  to’liq  eskiradigan  har  10-15  yildan  keyin  takrorlanadi.  Fan-texnika 
taraqqiyoti  natijasida  bu  muddat  qisqarib  boradi  va  inqirozlar  tez  takrorlanadi. 
Shuningdek, quyidagi boshqa ichki omillar ham ajratib ko’rsatiladi: 
- shaxsiy iste’molning o’zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi);  
- investitsiyalar, ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi 
ish joylarini vujudga keltirishga yo’naltiriladigan mablag’lar hajmi;  
-  ishlab  chiqarish,  talab  va  takliflar  hajmiga  ta’sir  ko’rsatishga  qaratilgan 
davlat iqtisodiy siyosatining o’zgarishi. 
Iqtisodiy  tsikllarning  kelib  chiqishini  faqat  eksternal  yoki  internal  nazariya 
orqali tushuntirish to’g’ri bo’lmaydi. Iqtisodiy tsikl va umuman iqtisodiy tizimdagi 
miqdoriy va sifat o’zgarishlar tashqi va ichki omillar birgalikdagi ta’siri oqibatida 


34 
 
kelib chiqishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiyotning tsiklli rivojlanishi sabablarini 
izohlashda bir qator nazariyalar ham ilgari suriladi.  

Download 3,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish